Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barokatuh!
B2management ETIHAD jamoasiga chuqur minnatdorchiligimizni bildirmoqchiman!🤗 Bu mani alhamdulillah to'rtinchi Umram, avvalgi tur agentlarni har hilini ko'rganman, lekin Ollohga behisob shukurlar bo'lsinkim, bu eng maqbuli, eng chiroylisi, eng zo'ri bo'ldi. Boshqa tur kompaniyaga pul to'lashga ketayotganimizda, yo'limizdan chiqib, Kel shungayam kirib ko'raychi?! degan joyimizda, rizqimiz shu kompaniyaga qo'shilganidan cheksiz hursandman!🤗
Vizamiz sohta bo'lib 45 kishi Madina eshigidan kirolmay qaytib ketgan kunlarim bo'lgan, 4☆ lik deb, bittayam yulduzi yo'q, sharoiti o'ta og'ir mehmonhonaga joylab aldashgan kunniyam ko'rganman.
Bu jamoa bilan hammasi boshqacha bo'ldi Alhamdulillah!❤️
Olloh SWT jamoangizni barcha a'zolariga baraka yog'irsin, bandalarini chiroyli ibodatlar qildirishda charchamelar, Inshaalloh Hajga yuborish vakolatini olish ham g'oyibidan nasib qilsin!
Qori akalar, opalardan Olloh rozi bo'lsin, hizmat sifati "top" darajada bo'ldi, mehmonhonalar, tashkil etilgan 3 ta shahardagi pikniklar alohida tahsinga loyiq!
Yana bir bor barchangizga katta raxmat! 🥹❤️