Account

Posts of 𝗠𝗮𝗿𝗷𝗼𝗻𝗮𝘅𝗼𝗻 || 𝗘𝘀𝘀𝗲—𝘆𝗼𝘇𝗺𝗮 𝘀𝗮𝘃𝗼𝗱𝘅𝗼𝗻𝗹𝗶𝗸

newest first

#2679Text
Views2,430+148%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#2678Text
Views2,340+139%vs avg
Forwards—
Reactions18
Comments—
#2675Text
Views2,110+115%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#2668Text

Mavzu: Ayrimlar oilaviy muammolar aks etgan videolavhalarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi jamiyat maʼnaviyatiga va ruhiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi deb bilishsa, ayrimlar aksincha fikrda. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy hayotga oid videolarning tarqalishi keng tus olmoqda.Ba’zi kishilar bu holat jamiyat ma’naviyati va ruhiyatiga zarar yetkazadi deb o‘ylashsa, boshqalar bu orqali muammolarni ochiq muhokama qilish mumkinligini ta’kidlaydi.Aslini olib qaraganda, qaysi tomon fikrlari oilalarning mustahkam boʻlishini taʼminlaydi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan oilaviy mojarolarni aks ettiruvchi videolar jamiyat ma’naviyatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi deganlarning ham yetarlicha asos va dalillari bor. Birinchidan,bu kabi lavhalar insonlarda hayotga bo‘lgan ishonchni susaytiradi, oilaga nisbatan hurmat tuyg‘usini kamaytiradi.  O‘zbekiston Yoshlar agentligi 2023-yilda o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yoshlarning 64 foizi “Oilaviy janjallar aks etgan videolar axloqiy qadriyatlarga salbiy ta’sir qiladi” degan fikrni bildirgan.Ikkinchidan, bunday videolar bolalar va o‘smirlarning ruhiyatiga jiddiy zarar yetkazadi. Yosh tomoshabinlar oilaviy bahs va urushlarni odatiy hol deb o‘ylab qolishadi, bu esa ularning shaxsiy hayotiga yomon taʼsir qiladi. Shu bilan birga, bu turdagi kontent ko‘pincha shaxsiy hayot daxlsizligini buzadi va inson sha’nini toptaydi.  Axborot xavfsizligi markazining 2024-yilgi hisobotida keltirilishicha, 1500 dan ortiq shaxsiy videolar ruxsatsiz tarzda tarqatilgan, bu esa ko‘plab oila a’zolarining obro‘siga putur yetkazgan. Ba’zi insonlar ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy muammolarga oid videolar tarqalishini foydali holat deb bilishadi. Ularning fikricha, bunday videolar jamiyatda mavjud muammolarni yashirmasdan, ularni ochiq muhokama qilish imkonini beradi. Bu esa odamlarning muammolarga jiddiy qarashiga va o‘z oilasida xatolarni takrorlamaslikka yordam beradi. 2024-yilda “Oila va jamiyat” markazi o‘tkazgan so‘rovda ishtirokchilarning 52 foizi bunday videolar tufayli oilaviy munosabatlarda sabr, tushunish va mehr muhimligini anglaganini bildirgan.Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar ko‘plab yashirin oilaviy zo‘ravonlik holatlarini fosh etadi. Bu esa jabrlanuvchilarga yordam so‘rash imkonini yaratadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor choralar ko‘rishiga sabab bo‘ladi. Shu yo‘l bilan jamiyatda adolat hissi kuchayadi va inson huquqlari himoyasi mustahkamlanadi.  Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda 400 dan ortiq oilaviy zo‘ravonlik holatlari aynan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar orqali fosh etilgan. Mening fikrimcha, oilaviy muammolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish jamiyat uchun zararli holatdir.Bu nafaqat insonlarning shaxsiy hayotiga aralashish, balki yoshlar ongiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Oila sirini saqlash — har bir insonning axloqiy burchi hisoblanadi.Shunday ekan dono xalqimiz: “Oila tinchligi — Vatan tinchligining garovi" deb bejizga aytmagan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oilaviy muammolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish jamiyatda salbiy kayfiyat va axloqiy tanazzulga sabab bo‘ladi.Bunday holatlar insonlarning ruhiyatiga, ayniqsa,  yoshlarning dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Shuning uchun har bir oila o‘z sirlarini asrab, muammolarni shaxsiy muloqot orqali hal etishi eng to‘g‘ri yo‘ldir. Manzil: @esse_namunalari1🍂

Open in Telegram
Views2,500+155%vs avg
Forwards—
Reactions23
Comments—
#2664Text
Views1,400+43%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#2663Text
Views2,290+133%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—