Bolaga «meniki» emas, «bizniki» hissini berish Agar ota-ona oilada hamma narsani faqat o‘zi tasarruf etsa, bolaning fikri, o‘yinchoqlari yoki mayda-chuyda ishlarida uning ishtirokini hisobga olmasa, bola ham o‘z mulkini meniki deb boshqalar bilan bo‘lishishni xohlamaydi. Ota-ona bolani faqat buyruq bilan boshqarmasdan, u bilan birga o‘ynasa, birga biror ish qilsa yoki uning fikrini so‘rasa, bola hamkorlik madaniyatini o‘rganadi. Bola ota-onasidan hamma narsa o‘ziga qaytib kelishini, kerak bo‘lsa bo‘lishish mumkinligini anglasa, qo‘rquv va hasad «menikini olib qo‘yishadi» degan xavotir kamayadi.
Open in TelegramPosts of ERTAKTERAPIYA
Bolaning qalbi — ota-onaning ko‘zgusi ✔️ Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi? Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz! ✔️ Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi? Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz! ✔️ Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz! ✔️ Farzandingiz o‘g‘rilik qilyaptimi? Demak, siz unga sovg‘a-salom bermayotgan ekansiz! ✔️ Farzandingiz qo‘rqoqmi? Demak, siz uni ko‘p himoya qilarkansiz! ✔️ Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi? Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz! ✔️ Farzandingiz qizg‘anchiqmi? Demak, siz u bilan o‘zaro hamkorlik qilmas ekansiz! ✔️ Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi? Demak, siz unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘larkansiz! ✔️ Farzandingiz zaifmi? Demak, siz unga ko‘p do‘q-po‘pisa qilar ekansiz!
Open in TelegramPodkastni 2 .3 ga bòlmasdan tòliq eshting ‼️✅✅ Farzandlarimizni tarbiyalash masalasi bòyicha juda foydali mavzu ochilgan.
Open in TelegramKattalarning rejasiga sig‘magan kichik qiziqishlar — aslida bolaning ichki dunyosiga ochilgan eshik. Uni «behuda» demang, shunchaki yonida bo‘lib, kuzating va qo‘llab-quvvatlang.Bu siz uchun oddiydir lekin bolalar kòzi bilan qaraganda bir olam quvonch òziga bòlgan ishonchni his qilishdir.
Open in TelegramQiziqishlari qabul qilinmagan bola o‘z qiziqishlarini kattalarnikiga moslashtiradi. Qobiliyati qabul qilinmagan bola esa onasi xohlagan mavzularda ko‘zga ko‘rinishni xohlaydi. Yig‘lashi va kulishi qabul qilinmagan bola his-tuyg‘ularidan uzoqlashadi... Shunday qilib, vaqt o‘tishi bilan o‘zligini yo‘qotadi. Rol o‘ynashni hamda boshqalar kabi harakat qilishni boshlaydi. ©️ Xadicha Kubro Tongar («Men bolamni urmayman») kitobidan
Open in TelegramShayx Sa’diy Sheroziy yoshliklarini eslab shunday deydi: “Maktabga birinchi borayotgan kunim otam menga qalam-daftar berdilar, o‘g‘lim maktabga borib yaxshi o‘qing, deb qo‘limga bir kumush uzuk ham taqib qo‘ydilar. Dars tugab ko‘chaga chiqsam bir odam holva sotayotgan ekan. Qornim ochqab, yegim kelib turganimda bir odam so‘radi: “Ha bolakay, holva yeging kelyaptimi?” “Ha”, dedim. “Puling bormi?” so‘radi haligi odam. “Yo‘q”, dedim sekingina. Endi ketmoqchi bo‘lib turgan edim haligi odam kelib: “Uzugingni bersang senga ikkita holva olib beraman”, dedi. Shoshilib uzugimni berdim. Xursand bo‘lib, og‘zimda holva yuqi bilan uyga kirib bordim. Otam bu holatdan xabardor bo‘lgach: “Ey o‘g‘lim, agar uzukning qadrini bilganingizda edi, ikkita emas, ikki tog‘ora holvaga ham alishtirmagan bo‘lar edingiz”, dedilar. Shundan keyin yoshim ulg‘ayganda ham bu hol esimdan chiqmadi, meni to‘lqinlantirdi va: “Umring bahosini bilmagan mahal, Ishrat lazzatiga etasan badal.” deb yozib qo‘ydim, bu mening hayotimda katta dars bo‘ldi”, dedilar. Sizda ham shunday vaziyatlar bòlganmi? Bòlgan bòlsa hammaga manfaatli bòlishi uchun izohlarda qoldiring !
Open in TelegramTarbiyaga aralashuv qachon yahshiyu qachon yomon? Kimlar aralashishi mumkin deb hisoblaysiz- u kimlar aralashishi notògri Har biringizning qarashingiz fikringiz muhim! Izohlarda bòlishamiz...👇👇👇
Open in TelegramQadim zamonda bir bogʻbon boʻlgan ekan, uning yakkayu yagona tantiq oʻgʻli bor ekan. Bogʻbon bolasiga tanbeh bersa, xotini oʻrtaga tushib: “Qoʻyavering, katta boʻlsa esi kirib qoladi”, der ekan. Bogʻbon xotinining gapi xato ekanini tushuntirish uchun shunday yoʻl tutibdi: bogʻga ikkita bir xil mevali daraxt niholini yenma-yen ekibdi. Ularni bir vaqtda sugʻorib, bir xil oʻgʻit solib parvarishlabdi. Lekin, nihollardan birini ortiqcha shohlarini kesib, ikkinchisiga esa, umuman tegmabdi. Oradan uch yil oʻtibdi, nihollar daraxtga aylanib, meva beradigan payti kelibdi. Shoxlari kesilib turilgan nihol baland va chiroyli, mevalari xam koʻp ekan. Qaychi tegmagan niholning shoxlari esa, har tomonga tarvaqaylab, oʻzi tanasi qiyshiq bir daraxt boʻlibdi. Bir-ikki mevasi boʻlib, maydaligidan koʻzga ham koʻrinmas ekan. Bogʻbon xotini chaqirib, daraxtlarni koʻrsatibdi va tushuntiribdi: “mana bu daraxtning ortiqcha shoxlarini kesib turganim uchun, butun kuchi asosiy shoxlariga borib, serhosil boʻldi. Bunisi esa, oʻz xoliga tashlab qoʻyganim uchun meva bermaydigan, foydasiz daraxt boʻldi. Uning ortiqcha shoxlarini endi kesgan bilan foydasi kam. Toʻgʻri parvarishni niholligida qilish kerak edi”, debdi. Hulosani izohda bòlishamiz olgan hulosamiz barchamiz uchun manfaatli bòlishi uchun...👇👇👇👇
Open in TelegramBolani ruhini sindirmasdan to‘g‘ri tarbiya qilishning 5 oltin qoidasi Ko‘pincha ota-onalar "to‘g‘ri tarbiyalayman" deb, bolaning shaxsiyatini sindirib qo‘yishadi. Ertakterapiya nuqtayi nazaridan, bola buyruq orqali emas, balki metafora, tanlov va mehr orqali o‘zgaradi. Mana, bolaning ichki dunyosiga zarar yetkazmaydigan 5 ta aniq qadam: 1. ✅✅Shaxsni emas, xatti-harakatni baholang "Sen yomon bolasan" yoki "Sen dangasasan" deyish bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini (samootsenkasini) o‘ldiradi. Buning o‘rniga: "Sening bu ishing menga yoqmadi" yoki "Xonang yig‘ishtirilmagani meni xafa qildi" deng. Bola o‘zini emas, xatosini yomon deb bilsin. 2. ✅✅Tanlov imkoniyatini bering Buyruq bolada qarshilik uyg‘otadi, tanlov esa mas'uliyatni o‘rgatadi. "Tez kiyin!" deyish o‘rniga: "Qaysi ko‘ylagingni kiyasan: ko‘kinimi yoki yashilinimi?" deb so‘rang. Bola qarorni o‘zi qabul qilganini his qiladi va injiqlik qilmaydi. 3. ✅✅Ertaklar orqali tarbiyalang (Ertakterapiya) Bolaga "qo‘rqoq bo‘lma" yoki "yolg‘on gapirma" deb nasihat qilish foydasiz. Uning muammosiga o‘xshash vaziyatga tushib qolgan qahramon haqida qisqa ertak to‘qib bering. Bola qahramonning xatosi va yechimini ko‘rib, o‘ziga kerakli xulosani o‘zi chiqarib oladi. 4. ✅✅His-tuyg‘ularini tan oling Bola yig‘layotganda yoki jahli chiqqanda "Yig‘lama!", "Uyat bo‘ladi!" demang. Bu uning hislarini bo‘g‘ishdir. Avval uning holatini qabul qiling: "O‘yinchog‘ing sinib qolganidan juda xafa bo‘lganingni tushunib turibman". Tushunilganini his qilgan bola tez tinchlanadi. 5. ✅✅Chegaralarni xotirjam, lekin qat'iy qo‘ying Ruhini sindirmaslik — hamma narsaga ruxsat berish degani emas. "Yo‘q" so‘zini baqirmasdan, qisqa tushuntirish bilan ayting: "Hozir shirinlik yeyish mumkin emas, chunki kechki ovqat vaqti bo‘ldi. Uni ertaga tushlikdan keyin yeymiz". Bola — loy emas, u urug‘. Bizning vazifamiz unga o‘zimiz istagan shaklni majburlab berish emas, balki uning ichidagi bor salohiyat o‘sib chiqishi uchun to‘g‘ri sharoit yaratishdir. Post manzur bo‘lgan bo‘lsa, yaqinlaringizga ham ulashing! 🌿
Open in Telegram“Singan ruh” o‘zi nima? va uni bolalikda qanday sindirib qo‘yamiz? Kўpchiligimiz: «Bolani urmagan, so‘kmagan ekanman, demak uning ruhi butun» deb o‘ylaymiz. Aslida esa ruh jismoniy kaltakdan ko‘ra, juda nozik va sezilmaydigan muomalalar bilan osonroq sinadi. Bolaning ruhi qachon sinadi? Doimiy solishtiruvlar: «Falonchining bolasi unday, sen unday emassan nimayam qila olarding shu kabi..» soʻzlarda bola o‘zini past darajadagidek his qila boshlaydi. Shaxsni kamsitish va e'tiborsizlik Bolaning fikri pisand qilinmaganda, uning "men" degan shaxsi yanchiladi. Qo‘rquv va aybdorlik dasturi: O‘z fikrini erkin ayta olmagan, doimiy tanqid ostida ulg‘aygan bola kelajakda o‘ziga ishonmaydigan, birovlarning bahosiga qaram bo‘lib qoladigan inson sifatida shakllanadi. ✨✅ Asosiy haqiqat: Chinakam sog‘lom ruh — bu nafaqat o‘ziga bo‘lgan hurmat, balki ichki xotirjamlik va ma'naviy tayanchdir. Katta yoshda ham har bir ishni o‘ziga ishonch bilan oxiriga yetkazadigan avlodni tarbiyalash uchun bolani hech kim bilan solishtirmaslik, uning mustaqil fikrlashiga va erkinligiga yo‘l qo‘yish kerak. Baland ovoz bilan emas, mehr bilan, shaxsiyatiga tegmasdan qilingan tarbiyagina bolaning ruhini butun qiladi Yana sabablar koʻp bu haqda Yana postlarda berib boramiz.
Open in Telegram«Biz ko'pincha farzandimizga "kim bo'lishi kerakligini" o'rgatamiz-u, lekin u o'sha muvaffaqiyatlar ortidan yugurib yurib, o'zining aslida kimligini yo'qotib qo'yayotganini sezmaymiz. Bolaga buyuk kelajak qilib berishdan oldin, uni baxtli his qiladigan ichki dunyosini asrab qolaylik; chunki sinmagan ruh — har qanday diplomdan qimmatroq.» Singan rux deganda nimani tushunamiz? izohlarda qoldiring
Open in Telegram✨ ✅✅To'g'ri yondashuv qanday? Psixologlar «shaxsni emas, harakatni maqtashni» maslahat berishadi. Ya'ni, natijaga emas, protsessual mehnatga e'tibor qaratish kerak: Noto'g'ri:❌ «Sen dahosan!» To'g'ri: ✅«Qara, shu rasmni chizish uchun qanchalik ko'p vaqt sarflabsan, rang-barang chiroyli chiqibdi, mehnatingga qoyil!» Bola o'z mehnati qadrlanganini ko'rganida, unda haqiqiy ishonch va yanada yaxshiroq qilishga ishtiyoq uyg'onadi. 💬 Hurmatli ota-onalar, siz farzandingizni maqtayotganda ko'proq nimaga e'tibor berasiz — natijasigami yoki harakatiga? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
Open in Telegram🎯 Maqtashning ham chegarasi bormi yoki bolamizni nima bilan «zaharlayapmiz»? ‼️✅Ko'pchiligimiz farzandimiz biror ishni uddalasa yoki rasm chizsa, darhol: «Voy, dunyodagi eng aqlli bola sensan!», «Hammadan zo'r chizibsan!», «Senikiga yetadigani yo'q!» deb yuboramiz. Niyatimiz yaxshi — bolamizning ruhini ko'tarish, uni rag'batlantirish. Lekin hech o'ylab ko'rganmisiz, bunday cheksiz va asossiz maqtovlar bolani qayoqqa yetaklamoqda? Zamonaviy psixologiya ko'rsatishicha, har qadamda «Sen eng zo'rsan!» degan maqtovni eshitib ulg'aygan bola katta hayotda jiddiy to'siqqa uchraydi. Nega deysizmi? Xato qilishdan qo'rqish hissi: Bola doim «eng zo'r» bo'lib ko'rinishi kerak degan bosim ostida yashaydi. U biror marta yanglishsa yoki birinchi chiqolmasa, buni fojia sifatida qabul qiladi — chunki uning fikricha, u endi «eng zo'r» bo'lmay qoldi. Tashqi bahoga qaramlik: Bunday bolalar keyinchalik har bir qilgan ishi uchun boshqalarning maqtovini kutib yashaydigan bo'lib qolishadi. Ular o'zlari uchun emas, kimningdir roziligi uchun harakat qilishadi.
Open in TelegramMelanholik.✅✅ Uyatchang va sezgir bolalar ko'pincha o'ychan va qayg'uli kayfiyatda. Ularda qat'iyat kam va tashabbussiz, yangi odamlar bilan tanishishi qiyinroq. Yangi jamoaga ko'nikish uchun ancha vaqt kerak bo'ladi.
Open in TelegramFlegmatik ✅✅ Sokin va muvozanatli flegmatik odamlar hech qachon shoshilmaydilar, ular juda sekin. Qat'iy - agar ular biror narsaga ishtiyoqli bo'lsa, ular bu haqda hamma narsani bilishga harakat qilishadi. Ularga mashaqqatli ishni ishonib topshirish mumkin - ular buni eng yaxshi tarzda qilishadi. Har doim buyruqlarga rioya qilishadi. Biror kishi bilan do'stlashishdan oldin, ular diqqat bilan o'ylab, tekshirib keyin do'stlashadi.
Open in TelegramXolerik. ✅✅ Xolerik bolalar o'zlarining his-tuyg'ulariga bo'ysunmaydilar,. Xolerik odamlar ham xuddi sangviniklar kabi faol va xushmuomala. Ular rahbarlik qilishni va boshqarishni yaxshi ko'radilar.
Open in TelegramSangvinik. ✅✅ Ushbu turdagi temperamentli bolalar har qanday sababga ko'ra hamma bilan suhbatdosh bo'la oladi. Sangvinik odamlar hech qachon bir joyda o'tirmaydilar. Ularning o'yinlari ko'pincha faol bo'lib, kayfiyati tez o'zgaradi.
Open in TelegramUshbu 4 temperamentdagi bolalarning barchasiga ertakterapiya ijobiy tasir qiladi, Hattoki Melanholik temperamentidagi uyaluvchan bolalarga mos ertaklar ham bor. Eslatma uchun! Ertakterapiya kanali 6oy uchun 200ming 1yil uchun 350ming.
Open in Telegram