Posts of Eng Eng Eng...
#fakt Beliz bayrog‘i - odam tasvirlangan yagona rasmiy bayroq hisoblanadi. Unda ikki kishi, biri qora tanli, biri oq tanli kiyimsiz odam tasvirlangan. Ular milliy gerbni ushlab turgan holda ko'rinish bergan. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in Telegram#malumot "Kapalak bolalari" Kapalak bolalari (yoki “kapalak terililar”) atamasi epidermolizis bulloza deb ataladigan kam uchraydigan genetik teri kasalligi uchun ishlatiladi. Bu kasallikda bemorlarning teri qatlami juda nozik va mo‘rt bo‘ladi. Hatto eng kichik ishqalanish yoki teginish ham teri pufaklab, yorilishiga olib keladi. Shuning uchun bu bolalarning terisi kapalak qanotiga o‘xshash darajada nozik bo‘lgani sababli, ularni xalq orasida “kapalak bolalari” deb atashadi. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in Telegram#malumot "Umay ona" Umay ona - qadimgi turkiy xalqlarning mifologiyasida ayollar, bolalar, tug‘ilish va urug‘ning ko‘payishi bilan bog‘liq ilohadir. Uning nomi qadimgi asarlarda "homilani himoya qiluvchi qobiq, yo'ldosh" - "umay" so‘zidan olingan. Shu sababli u hayot beruvchi, himoya qiluvchi, ona timsoli sifatida hurmat qilingan. U bolalarni himoya qiladi - yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni yovuz ruhlardan asraydi. Ayollarga homiladorlik va farzand ko‘rishda yordam beradi. Qozoq va qirgʻiz ayollari biror muhim ish boshlashdan oldin “Bu mening qoʻlim emas, Umay onamning qoʻli” degan iborani aytishadi. Turkiy xalqlar orasida qizlarga haligacha "Umay" ismi qo'yiladi. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in TelegramOppoğoyga bugun bayram man Qarshidan Shahrisabzga keldim. U esa mani kutgani uchun mukofotlandi.
Open in Telegram#malumot "Hirsh indeksi" h - indeksi yoki Hirsh indeksi 2005 yilda San-Diegodagi Kaliforniya universitetida Xorxe Xirsh tomonidan olimlarning ilmiy unumdorligini baholash uchun qilingan ilmiy metrik ko'rsatkichdir. Hirsh indeksi - bu olimning nashrlar soni va ushbu nashrlarning iqtiboslar soniga asoslanib ish samaradorligining miqdoriy tavsifi hisoblanadi. Indeksi h bo'lgan olim kamida h ta maqola chop etgan, ularning har biriga kamida h marta havola qilingan bo'lishi kerak. Demak, agar biror tadqiqotchining 100 ta maqolasi chop etilgan bo‘lsa, ularning har birida bitta havola bo‘lsa, uning h - indeksi 1 ga teng bo‘ladi. 100 marta iqtibos keltirgan bitta maqola chop etgan tadqiqotchining H-indeksi ham aynan shunday bo'ladi. Eng muhimi har bir ilmiy tadqiqotchi H-index ega bo'lishi uchun uning maqolalari xalqaro bazalarda indekslangan bo'lishi lozim. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in Telegram#malumot Snowmanning - qish faslida romantik munosabat boshlash, lekin bahor kelishi bilan uni tugatib yuborish. Bu atama mavsumiy munosabatlarga nisbatan ishlatiladi. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in Telegram#fakt Klovn baliqlarida (masalan, Nemo turidagi baliqlarda) jins o‘zgarishi kuzatiladi. Guruhdagi eng katta urg‘ochi nobud bo‘lsa, dominant erkak urg‘ochiga aylanishi mumkin. Bu ularning tabiiy ko‘payish tizimining bir qismi. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in Telegram#malumot 1997-yil chiqarilgan "Sichqon ovi" nomli komedik kinoda bir nechta qo'lga o'rgatilgan sichqonlar suratga tushgan. Ularning nomlari "Ignatz", "Nibbles", "Sitchy" edi. Ularni maxsus hayvon o'rgatuvchi filmga tayyorlagan. Ularga kameraga qarash, sakrash, tishlash va yugurish kabi harakatlar o'rgatilgan. Reaksiya qoldirishni unutmang: Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in Telegram#malumot Cho'lpon nima uchun ba'zi she'rlarida "Quyon", "Quyoniy" taxalluslaridan foydalangan. Cho‘lpon (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li) ba’zan “Quyon” yoki “Quyoniy” taxalluslari bilan ham yozgan. Bu taxalluslar, ayniqsa, uning ilk adabiy faoliyati davrida, ya’ni 1910-yillarning oxiri - 1920-yillarning boshlarida ba’zi maqola va she’rlarida uchraydi. “Cho‘lpon” - uning eng mashhur taxallusi bo‘lib, “Tong yulduzi” ma’nosini bildiradi. “Quyon” yoki “Quyoniy” esa u ba’zan satirik yoki yumoristik ruhdagi asarlarda, gazeta maqolalarida ishlatgan boshqa taxallusidir. Bunday ko‘p taxallus ishlatish o‘sha davr matbuotida odatiy hol edi. Ayrim yozuvchilar siyosiy bosimdan saqlanish uchun yoki turli uslublarda yozganda boshqa taxallus tanlaganlar. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in Telegram#malumot "Yan Sten uyi" iborasi Yan Sten - mashhur golland rassomi bo'lib, u ranglar bilan juda mohirona ishlagan. Ammo u chizgan rasmlarda doim "tartibsizlik" hukmron bo'lgan. Shuning uchun "Yan Sten uyi" iborasi tartibsizlik hukmron bo'lgan holatni ifodalaydi. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in TelegramJiyanlarimga katta bo'lsang kim bo'lasan desam. Bittasi katta bo'lmiman, bittasi o'g'ri bo'laman dedi.
Open in Telegram#malumot "Yan Opletal va 17-noyabr kuni" Yan Opletal - (1914-yil 31-dekabr - 1939-yil 11-noyabr) Pragadagi Karl universitetining tibbiyot fakulteti talabasi bo‘lib, 1939-yil 28-oktabrda Chexoslovakiya mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mitingda otib tashlangan. Jarohati sabab 11-noyabrda vafot etgan. 1939-yil 28-oktabrda Chexoslovakiya mustaqilligi kuni munosabati bilan Yan Opletal va boshqa tibbiyot fakulteti talabalari nemis istilosiga qarshi qarshilik ko‘rsatishga chiqdilar va flayerlar tarqatdilar. Natijada shu kuni Opletal qornidan jarohat oladi. Shu yilning 11-noyabrida vafot etadi. 16-noyabrda esa dafn qilinadi. Hamda 1939-yil 17-noyabr kuni esa Yan xotirasi uchun Xalqaro talabalar ittifoqi tomonidan "Xalqaro talabalar kuni" sifatida belgilanadi. Yan Opletal natsizmga qarshi Chexiya qarshiligining ramziy figurasi sifatida ko'riladi. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in Telegram#malumot "Texas bolg'asi" Texas bolg'asi (London hammer) arxeologiya va geologiya tarixidagi eng ko‘p muhokama qilingan noodatiy topilmalardan biridir. 1936-yilda AQSHning Texas shtatidagi London shahri yaqinidagi daryo bo‘yida sayr qilayotgan bir oila toshga o‘xshash qattiq bo‘lakni topadi. Uning ichidan yog‘ochga o‘xshash qism chiqib turgan edi. Oila ushbu topilmani uyiga olib ketadi. Taxminan 10 yil o‘tgach, ularning o‘g‘li toshni yorib ko‘radi. Uning ichidan temir kallakli va yog‘och dastali bolg‘a chiqadi. Bolg‘aning atrofidagi tosh qatlami ayrim tadqiqotchilar tomonidan 100–140 million yillik geologik qatlamlar bilan bog‘langan. Bu esa qiziqarli savolni yuzaga keltirgan: Agar bolg‘a haqiqatan ham shu qadimgi geologik qatlam ichida millionlab yillar davomida saqlangan bo‘lsa, uni kim va qanday yasagan? Texas bolg‘asi - noodatiy arxeologik artefakt sifatida mashhur bo‘lgan, ammo yoshi va topilish sharoiti bo‘yicha ilmiy jihatdan isbotlanmagan topilma. Do'stlaringizga ham ulashing: @engengeng888
Open in Telegram