Views growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 185 |
| 2 h | 663 |
| 5 h | 1,050 |
| 8 h | 1,420 |
- After 6 hours1,050
- Total to date1,420
Hours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 185 |
| 2 h | 663 |
| 5 h | 1,050 |
| 8 h | 1,420 |
#SavolJavob 💬Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga izohlar 🗣️ Davlat maktablari va boğçalarida bu bepul amalga oşiriladi. Hozirgidek nodavlat maktabni tanlaganidek, ota-ona xususiy ta’lim taşkilotini tanlasa, şartnoma asosida borişi mumkin. Farmonda (07.02.2026-yil, PF-19-son) maktabgaça va umumiy örta ta’lim xizmatlarini körsatuvçi nodavlat ta’lim taşkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini taşkil etişga ruxsat berilgan. Farzandini xususiy boğçada maktabga tayyorlovga jalb qiliş yoki qilmaslik ota-onalarning ixtiyoridagi masala. 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 701 |
| 4 h | 1,050 |
| 6 h | 1,390 |
Akademik litsey o‘qituvchilariga ham 70 foizlik ustama to‘lanadimi? Savol: Assalomu alaykum! Men akademik litseyda matematika fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib boraman.Hammamizga ma'lumki, hozirda attestatsiya jarayonlarida birinchi(yetakchi oʻqituvchi )toifaga va oliy toifaga (bosh oʻqituvchi) davogarlik qilayotgan pedagoglar 86 va undan yuqori ball olsa 70% lik ustamaga ega boʻladi.Men 2026-yil bahorda oʻtqizilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida 89 ball bilan birinchi toifaga oʻtdim . Lekin muassasa rahbariyati ustama toʻlanmaydi deyishyapti (litsey oʻqituvchilariga).Bu fikr qanchalik asosli.Qarorning aynan shu holatni nazarda tutuvchi joyida ham faqat maktab uchun deyilmagan aksincha maktab va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotidagi oʻqituvchilar deyilgan!Qolaversa vazirliklar ham birlashdi.Iltimos shu masalani asosli ravishda aniqlashtirib bering! Javob uchun oldindan rahmat JAVOB: ✅ Ha, akademik litsey o‘qituvchilari ham 70 foizlik ustama olish huquqiga ega. Qonunchilikda ushbu ustama faqat umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga berilishi belgilanmagan. 📝 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 48-bandiga ko‘ra, attestatsiyaning ikkala bosqichida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball to‘plagan hamda birinchi yoki oliy malaka toifasiga erishgan yoxud uni saqlagan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama belgilanadi. Mazkur Nizom maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga tatbiq etiladi. Akademik litseylar esa o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari hisoblanadi. Siz 2026-yil bahorgi attestatsiyada 89 ball to‘plab, birinchi malaka toifasini olgan ekansiz. Demak, agar attestatsiyaning ikkala bosqichida qatnashgan bo‘lsangiz, Nizomning 48-bandida belgilangan ustama olish shartlariga javob berasiz. Ushbu ustama ikki yil muddatga belgilanadi. Shu sababli muassasa rahbariyatining faqat akademik litseyda ishlashingizni vaj qilib, ustama to‘lashni rad etishi 572-son qaror mazmuniga mos kelmaydi. Sizga litsey rahbariyatiga yozma ariza bilan murojaat qilib, attestatsiya sertifikatingiz asosida ustama belgilashni yoki rad etishning aniq huquqiy asosini ko‘rsatishni talab qilishni tavsiya qilamiz. ❗️Xulosa qilib aytganda, akademik litsey o‘qituvchilari ham 70 foizlik ustama olish huquqiga ega. Siz 89 ball bilan birinchi toifaga erishganingiz sababli, belgilangan boshqa shartlar ham bajarilgan bo‘lsa, ustamani talab qilishingiz mumkin. Masala hal etilmasa, Ta’lim va ilm-fan vazirligiga yoki Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qiling. 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 677 |
| 4 h | 931 |
| 7 h | 1,150 |
🇺🇿 BUXORO VILOYATIDA "2026-YILNING ENG FAOL VA YAXSHI BOG'CHASI" ijtimoiy so'rovnomasiga ovoz bering! Buxoro viloyatidagi bog’cha (DMTT)lar ro’yxati👇 1) Buxoro shahar bog'chalari 2) Buxoro tuman bog'chalari 3) Kogon tuman bog'chalari 4) Kogon shahar bog'chalari 5) G'ijduvon tuman bog'chalari 6) Shofirkon tuman bog'chalari 7) Qorako'l tuman bog'chalari 8) Olot tuman bog'chalari 9) Vobkent tuman bog'chalari 10) Qorovulbozor tuman bog'chalari 11) Peshku tuman bog'chalari 12) Jondor tuman bog'chalari 13) Romitan tuman bog'chalari Eng yaxshi va faol deb hisoblagan bog'changizga ovoz bering! ❗️ Ovoz berish 25-dekabr, soat 21:00 gacha davom etadi.
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 15 h | 1,780 |
| 25 h | 2,570 |
🇺🇿🇩🇪Özbekistonlik maktab öquvçilari Gamburgda feyklarni aniqlaşga örgatuvçi öyinlarni taqdim etdi Özbekistonlik bir guruh maktab öquvçilari “InfoÇeck Central Asia” mintaqaviy loyihasi doirasida Germaniyaning Gamburg şahrida bölib ötgan “PLAY – Creative Gaming Festival” festivalida iştirok etdi. Mazkur loyiha yoşlarning mediasavodxonligi va tanqidiy fikrlaşini oşiriş, şuningdek, raqamli muhitda axborotdan ongli va xavfsiz foydalaniş könikmalarini şakllantirişga qaratilgan. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/253383 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 15 h | 1,700 |
| 26 h | 2,220 |
🇨🇳 Хитойда имтиҳонда кўчиришнинг олдини олишнинг ғайриоддий усулини ўйлаб топишди. Ижтимоий тармоқларда хитойлик ўқувчилар имтиҳон топшираётган пайтда ўқитувчилар уларни синфнинг шаффоф шиша шифти орқали юқоридан кузатаётгани акс этган видео тарқалди. Бу усул ўқувчиларнинг ҳар бир ҳаракатини назорат қилиш ва кўчириш имкониятини деярли йўққа чиқаришга қаратилган. 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 17 h | 1,970 |
| 25 h | 2,290 |
🎓 BUXORODA 3 NAFAR O‘QUVCHISINI DUNYONING TOP-10 UNIVERSITETIGA KIRITGAN MARKAZ RAHBARI BYD AVTOMOBILIGA EGA BO‘LADI 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in TelegramУчта ўйинни яхши ўйнади, қараб турибмиз. Шавкат Мирзиёев жаҳон тожи учун курашаётган Жавоҳир Синдоров ҳақида 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in TelegramO‘qituvchilar xaftasiga va bir kunda necha necha soat ishlashi kerak? Savol: Assalomu aleykum. Men maxsus maktab internatida 1 stavkada o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Pedagog o‘qituvchilarni xaftasiga va bir kungi soati nechi soat ishlashi kerak. Oldindan raxmat. JAVOB: Mehnat kodeksining 184-moddasiga ko‘ra, pedagog xodimlar uchun haftasiga ko‘pi bilan 36 soatlik qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi. 3058-son Yo‘riqnomaga muvofiq, O‘qituvchining bir stavka ish yuklamasi quyidagicha hisoblanadi: · dars yuklamasi — haftasiga 18 soat; · metodik va tashkiliy-pedagogik yuklama — 18 soat; · jami haftalik ish yuklamasi — 36 soat; · yillik ish yuklamasi — 1548 soat. Demak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga tarifikatsiya bo‘yicha 18 soat dars berilgan bo‘lsa, bu bir stavkani tashkil etadi. Uning haftalik umumiy ish vaqti 36 soat bo‘lishi kerak. Dars soati o‘zgarsa, umumiy ish vaqti ham o‘zgaradi. Endi 7:30 dan 16:00 gacha bo‘lgan jadvalni hisoblaymiz. Agar o‘qituvchi haftaning olti kuni 7:30 dan 16:00 gacha maktabda bo‘lsa, bu jami 8,5 soatni tashkil etadi. Bir soatlik tushlik tanaffusi chiqarilganda kunlik ish vaqti 7,5 soat bo‘ladi: 7,5 soat × 6 kun = 45 soat. Demak, 45 soat o‘qituvchi uchun belgilangan qonuniy me’yor emas. Bu 7:30 dan 16:00 gacha bo‘lgan jadval natijasida kelib chiqayotgan amaldagi ish vaqtidir. Agar o‘qituvchida 18 soat dars bo‘lsa, u haftasiga 45 soat emas, 36 soat ishlashi kerak. 36 soat ÷ 6 kun = 6 soat. Agar ish vaqti soat 8:00 da boshlansa va bir soatlik tushlik tanaffusi berilsa, ish kuni soat 15:00 da yakunlanadi: 🔹 8:00–12:00 — 4 soat ish; 🔹 12:00–13:00 — tushlik tanaffusi; 🔹 13:00–15:00 — 2 soat ish. Jami 6 soatlik ish vaqti. Tushlik tanaffusi esa Mehnat kodeksining 204-moddasiga ko‘ra ish vaqtiga kiritilmaydi. ❓Shanba kuni ishlash shartmi? Shanba rasmiy ish kuni, chunki maktabda olti kunlik ish haftasi belgilangan. Xulosa qiladigan bo‘lsak, 18 soat darsi bor boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bir stavkada ishlaydi. Uning haftalik umumiy ish yuklamasi 36 soatni tashkil etadi. Uni olti kun davomida 7:30 dan 16:00 gacha ishlatib, haftalik ish vaqtini 45 soatga yetkazish belgilangan me’yorga mos kelmaydi. Ish soat 8:00 da boshlansa, bir soatlik tushlik tanaffusi bilan soat 15:00 da tugashi kerak. 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in Telegram#Söragan_edingiz #MaktabTaʼlimi ❓Men boşlanğiç sinf öqituvçisiman, ona tili fanidan milliy sertifikatga egaman. Agar boşlanğiç ta’lim yönalişi böyiça sertifikatni olsam, ikki sertifikat uçun ham ustama tölanadimi? Javob videoda👆 Matnli o‘qish 👈 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in Telegram🇺🇿 BUXORO VILOYATIDA "2026-YILNING ENG FAOL VA YAXSHI MAKTABI" ijtimoiy so'rovnomasiga ovoz bering! Buxoro viloyatidagi maktablar ro'yxati👇 1) Buxoro shahar maktablari 2) Buxoro tuman maktablari 3) Kogon tuman maktablari 4) Kogon shahar maktablari 5) G'ijduvon tuman maktablari 6) Shofirkon tuman maktablari 7) Qorako'l tuman maktablari 8) Olot tuman maktablari 9) Vobkent tuman maktablari 10) Qorovulbozor tuman maktablari 11) Peshku tuman maktablari 12) Jondor tuman maktablari 13) Romitan tuman maktablari Eng yaxshi va faol deb hisoblagan maktabingizga ovoz bering! ❗️ Ovoz berish 25-dekabr, soat 21:00 gacha davom etadi.
Open in TelegramYana bir 100 foizlik natija! 👏 Bugun yaxşi xabarlar ketma-ket kelyapti! 🗓 Toşkent viloyatining Böka tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab öquvçisi Nihola Yöldoşeva ham matematika fanidan yozma işda 50 balldan 50 ball olibdi! ➡️ Qoyil, Niholaxon! Qizlarimiz ham matematikadan mana şunday zo‘r natijalar körsatayotgani meni juda quvontiryapti. ✅Ertangi test sinovida ham omadingni bersin! Sendan yana yaxşi natija kutaman. Ustozlaringga, ota-onangga ming rahmat! 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in Telegram50 balldan 50 ball! Barakalla! 👏 Hozirgina bir yaxşi xabar eşitdim. 📍Vobkentlik öquvçimiz Durbek Öktamov bugungi Asosiy olimpiadada matematika fanidan yozma iş böyiça 100 foizlik natijani qayd etibdi! 👏Olimpiadaning hududiy bosqiçida maksimal ball oliş osonmas, albatta. Yaşavor, Durbekjon! ✅ Ertaga test sinovi ekan. Omadingni bersin, ertaga ham sendan şunday zo‘r natija kutaman! Ustozlaringga, ota-onangga ham rahmat. ⚡️Hali xalqaro olimpiadalardagi yutuqlaring bilan ham tabriklaş nasib qilsin! 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in Telegram50 balldan 50 ball! Barakalla! 👏 Hozirgina bir yaxşi xabar eşitdim. 📍Vobkentlik öquvçimiz Durbek Öktamov bugungi Asosiy olimpiadada matematika fanidan yozma iş böyiça 100 foizlik natijani qayd etibdi! 👏Olimpiadaning hududiy bosqiçida maksimal ball oliş osonmas, albatta. Yaşavor, Durbekjon! ✅ Ertaga test sinovi ekan. Omadingni bersin, ertaga ham sendan şunday zo‘r natija kutaman! Ustozlaringga, ota-onangga ham rahmat. ⚡️Hali xalqaro olimpiadalardagi yutuqlaring bilan ham tabriklaş nasib qilsin! 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in TelegramЎқувчи қиз унаштирилса, мактаб ИИБга хабар бериши шартли: Ўзбекистонда янги тартиб жорий этилди Ўзбекистонда аёллар ва болаларга нисбатан зўравонлик ҳамда вояга етмаганларнинг ҳуқуқлари бузилиши билан боғлиқ ҳолатларни аниқлаш бўйича янги талаблар белгиланди. Вазирлар Маҳкамаси 25 ноябрь куни тегишли низомни тасдиқлади. Энди масъул ташкилотлар бундай ҳолатларни аниқласа, дарҳол ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ва "Инсон" ижтимоий хизматлар марказларига хабар бериши керак. 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in Telegram#InsonFaxri2026 Shifoxonada ham ta’lim davom etadi 🌟 “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi “Mehr kuchi” nominatsiyasida “Inson faxri” milliy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Muassasa uzoq muddat davolanayotgan bolalarning ta’limdan uzilib qolmasligi uchun imkoniyat yaratmoqda. 84 nafar pedagog tomonidan 21 mingdan ortiq bolaga ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan. Mukofotni bokschi, ikki karra Olimpiya va ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov va xonanda Alsu topshirdi. Bugun bolalarning bilim olishi va orzulari ro‘yobga chiqishi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan pedagoglar jamoasi sharaflandi. 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in TelegramХалқаро мусиқа танловида 3-ўринни олган иштирокчига 100 миллион сўм мукофот тўланадими? Савол: Саволим шундан иборат. Мен В. Успенский номидаги Республика ихтисослаштирилган мусика мактабида ишлайман. Куни кеча биз 2026 йил 25-31 октябр кунлари Алмата шахрида бўлиб утган халкаро танловда иштирок этиб 3 урин лауреат дипломи билан такдирландик. Президентимизнинг 103 фармонларида 2026 йил 1 сентябрдан бошлаб халкаро танловларда урин олган иштирокчига 3 урин учун 100 000 000 бир маротабалик пул мукофпти ва укитучи ва журнавоз га бир йил давомида 100 фоизлик устама тўланиши айтиб утилган. Аммо бизнинг вазирликдагилар , хали бу ишга тугани йук дейишибди. Тугрироги сизларга бу пуллар тўлаб берилмайди дейишибди. Сиздан илтимос. Бизга шуни конуний ечимини топиб беринг. Бизга пул тулаб беришадими? Еки йукми? Олдиндан рахмат айтаман. ЖАВОБ: ✅ Ҳа, бундай мукофот қонунчиликда назарда тутилган. Бироқ ҳар қандай халқаро танловда 3-ўринни эгаллашнинг ўзи 100 миллион сўм олиш учун етарли эмас. Президентнинг 2026 йил 2 июндаги ПФ–103-сон Фармонининг 11-бандига мувофиқ, 2026 йил 1 сентябрдан бошлаб нуфузли халқаро танловларда 3-ўринни эгаллаган иштирокчиларга 100 миллион сўм бир марталик пул мукофоти берилиши белгиланган. Мазкур Фармон ижросини таъминлаш мақсадида Вазирлар Маҳкамасининг 2026 йил 11 ноябрдаги 617-сон қарори қабул қилинган. Ушбу қарор билан мукофот ва устамаларни тўлашнинг аниқ тартиби тасдиқланган. Қарорнинг 1-иловаси 9-бандига кўра, нуфузли халқаро танловда 3-ўринни олган иштирокчига 100 миллион сўм мукофот берилади. Бироқ ўқитувчи ва концертмейстер учун устама 100 фоиз эмас, 70 фоиз этиб белгиланган. Ушбу устама бир йил давомида лавозим маошига нисбатан тўланади. ❓Сизнинг ҳолатингизда асосий масала — Олмаотада ўтказилган танлов нуфузли халқаро танлов деб тан олинишими? 617-сон қарорнинг 1-иловаси 4 ва 7-бандларига мувофиқ, танлов Маданият вазирлиги тасдиқлаган рўйхатга киритилган бўлиши ёки Низомда белгиланган мезонларга мувофиқ деб топилиши керак. Рўйхатга киритилмаган халқаро танловлар учун 30 дан ортиқ мамлакат иштирок этиши, 20 дан ортиқ мамлакат ОАВларида ёритилиши, ЮНЕСКО ёки бошқа йирик халқаро ташкилот томонидан тан олиниши ёхуд қўллаб-қувватланиши ва камида 4 та саралаш босқичи мавжудлиги каби талаблар белгиланган. Шунинг учун танловнинг аниқ номи ва низомини ўрганмасдан сизларга мукофот албатта тўланади, деб бўлмайди. ❓Энди қандай ҳаракат қилиш керак? 617-сон қарорнинг 1-иловаси 10–11-бандларига мувофиқ, мукофот олиш учун танлов якунланганидан кейин 30 кун ичида Маданият вазирлиги ҳузуридаги «Иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш маркази»га ариза, диплом ва бошқа тасдиқловчи ҳужжатлар тақдим этилади. Сизларда танлов 2026 йил 31 октябрда якунланган. Демак, ариза беришни кечиктирмаслик керак. Ҳужжатлар 5 иш кунида кўриб чиқилади. Мукофот тайинлаш ҳақида вазирлик буйруғи қабул қилингач, пул 10 иш куни ичида тўланади. Ўқитувчи ва концертмейстерга устама эса Маданият вазирлигининг буйруғи ёки тегишли тақдимномаси асосида расмийлаштирилади. Бунда улар совриндорни камида олти ой давомида тайёрлаган бўлиши талаб этилади. Хулоса қилиб айтганда, танлов 2026 йил 1 сентябрдан кейин ўтказилгани сабабли унинг натижаларига ПФ–103-сон Фармондаги рағбатлантириш тартиби татбиқ этилиши мумкин. Агар Олмаотадаги танлов белгиланган талабларга жавоб берса, 3-ўрин совриндори 100 миллион сўм мукофот, уни тайёрлаган ўқитувчи ва концертмейстер эса бир йил давомида 70 фоизлик устама олиш ҳуқуқига эга. Вазирлик ходимларининг «бу тартиб ҳали ишга тушмаган» деган оғзаки жавоби етарли ҳуқуқий асос эмас. Чунки уни амалга ошириш тартибини белгиловчи 617-сон қарор қабул қилинган. ❗️Шу сабабли Маданият вазирлигига расмий мурожаат қилиб, танловнинг тегишли мезонларга мувофиқлигини баҳолашни ва мукофот ҳамда устамаларни тайинлаш масаласини кўриб чиқишни талаб қилинг. Рад этилса, аниқ ҳуқуқий асоси кўрсатилган ёзма жавоб олинг. 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in Telegram❓Ish vaqtidan tashqari ishlatishda qonunchilikda qanday talablar belgilangan? Xodimning belgilangan ish vaqti tugaganidan keyin ish beruvchi tomonidan ishga jalb etilishi ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi. ❗️Odatda, bunday ishga jalb qilish xodimning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. ⚠️ Quyidagi holatlarda xodimning roziligisiz ham ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish mumkin: ➖tabiiy ofatlar, avariyalar va favqulodda holatlarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etishda; ➖suv, gaz, elektr, aloqa va transport tizimlaridagi nosozliklarni bartaraf etishda; ➖smenadagi xodim ishga kelmay qolib, ish jarayonini toʻxtatib boʻlmaydigan holatlarda. 🚫12 soatlik smenada ishlovchilar hamda oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitidagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. 💵 Ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishlar uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi yoki kompensatsiya beriladi. 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in Telegram#Bilasizmi ⚡️Attestasiya jarayonlarini onlayn kuzatib boriş mumkin Pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş jarayonlarini şaffof taşkil etiş maqsadida test sinovlarini töğridan-töğri efir orqali (real vaqt rejimida) kuzatib boriş imkoniyati yaratilgan. 📹Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borişingiz mumkin: ➡️ https://cams.uzedu.uz/ 👍eMaktabuz 📙https://t.me/kundalikbuxoro 📗https://t.me/emaktabuz
Open in Telegram