Ovoz orqali xabar yozish bo'yicha ancha oldin har xil sinovlarini amalga oshirib ko'rgandim. Odatda iPhoneda Blue Diktation ishlatardim, ya'ni boshqa ilovalar bilan solishtirib ko'rganimda o'zbek tilini qo'llab-quvvatlash bo'yicha eng yaxshi natijani o'sha ilova bergandi. Lekin u faqat iPhone uchun ishlaydi. Mac uchun muqobil variantlar bor, faqat ular birinchidan pulli, ya'ni nisbatan qimmatroq, lekin o'zbek tili sifati juda ham yomon. Ba'zilariga feedbacklar yozgandim, kamchiliklarni to'g'irlaymiz deyishgandi. Ya'ni harakat qilishyapti, o'zgarishlar bo'lyapti, lekin kundalik foydalanish uchun yaroqsiz deb topgandim. Oxirgi payt shunday xizmatlardan biri borgan voice lab ilovasini ishlatib ko'rdim. Orada xatoliklar ko'payganini hisobiga bir vaqt ishlamay qoldi. Lekin kechadan beri bug uchun o'rnatib, sinab, ishlatib yuribman. Hozircha natijalari yaxshi, judayam yaxshi. Ya'ni meni to'liq qondiryapti ehtiyojlarimni. Shuning uchun sizlar bilan ham bo'lishgim keldi. Quyida link qoldiraman. Bu link orqali kim obuna sotib oladigan bo'lsa, registratsiya bo'lganlardan summasidan menga o'n foiz balansimga tushadi. Ya'ni buni ochiq-oydin aytib qo'yishim kerak. Menimcha, sizga ham foydali bo'ladi deb o'ylayman, chunki hozirgi kunda hamma shu ovoz orqali yozishga o'tyapti. Boshqa tillarda bu ancha ilg'irlashib ketgan. O'zbek tilida ham mana shunaqa servis paydo bo'lganidan xursandman va bu juda katta imkoniyatlar beradi. Foydani ko'ring, yoqsa pullik obuna sotib olib, ishlatishingiz mumkin.
https://voicelab.uz/app/sign-up?ref=D3NGKWIRZUQTJ2K5&lang=uz-Latn-UZ