Posts of Kutubxona™
Mantiqiy fikrlash to'g'ri, lekin mantiqiy yashash to'g'ri emas. ©Erix Mariya Remark @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramBa’zi tanishuvlar tasodif emas😊 — Tibbiyot yoʻnalishida karyera va oʻqishim bilan birga, hobbi sifatida oʻz blogimni ham yuritib kelyapman. Oʻn mingdan ortiq insonga manfaat ulasha oldim. Aynan nimalarda? • Shaxsiy rivojlanishda • Intizomni kuchaytirishda • Sogʻlom hayot tarzida boʻlishda Xalqaro va respublika olimpiada yutuqlari, davlat mukofotlariga laureatlik, grant yutish, qizil diplomlar, sayohatlar va qimmatli tajribalar yoʻlimning bir qismi boʻldi. • Sizni ham blogimda kutaman: https://t.me/+Xwfnb6nIIxFlOTJi https://t.me/+Xwfnb6nIIxFlOTJi https://t.me/+Xwfnb6nIIxFlOTJi
Open in TelegramBir soniya ham xotirjamlikka erishilmadi, men hech narsaga erishmadim. Men dunyoni yelkamda ko‘tarolmayman, chunki ular qishki kiyimimni zo‘rg‘a ko‘taradi. ©Frans Kafka @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramFaqat moddiy boyliklar ilinjida ishlash orqali biz oʻzimizga qamoqxona quramiz… ©Antuan de Sent-Ekzyuperi (Insonlar sayyorasi) kitobidan @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramRossiyada hamma goʻyo ertaga ertalab joʻnab ketadigan mehmonxonada yashayotgandek yashaydi. Hamma faqat oʻzini oʻylaydi. ©Fyodor Dostoyevskiy (Oʻsmir) kitobidan @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramAyting-chi, meni bu baxtga nima loyiq qiladi? Atrofimizga qarang: qanchadan-qancha ko'z yoshlar, dardlar va bayramlarni bilmaydigan qayg'uli, qora kunlar..! ©Fyodor Dostoyevskiy @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramMenimcha, inson qanchalik ko‘proq sevsa, shuncha kuchli harakat qiladi. Faqat his-tuyg‘ularda qolib ketadigan sevgini men haqiqiy sevgi demagan bo‘lardim. ©Vinsent van Gog (Do‘stlarimga xat) kitobidan @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramNazarimda Nazarimda, nazarim ojiz, Ehtimolki, ehtimolim sust. O‘ylashimcha, o‘ylovim olis, Kelmasimdan ketganim durust. Siz baribir o‘zga bir ochun, Men ham o‘zga dunni xushlayman. Undan ko‘ra borib kuz uchun, Yomg‘ir bo‘lib yerni mushtlayman. Yarim tunda botaman terga, Yuragimni aldar she'rlarim. Bizning sevgi Quyoshning Yerga, Yetib kelmay qolgan nurlari. Yulduzga qars urilar ohim, Dildan oqqa tushar bir o‘lan. Baxtni o‘lchab ko‘raman gohi, Yelkangizga bosh qo‘yish bilan. Men qaytaman bor bo‘lib yo‘qdan, Men qaytaman Xudoyim guvoh. Izg‘irinda tushaman ko‘kdan, Siz yurasiz yo‘lingiz oppoq. ©Shukrillo Sheraliyev @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramSevgi edi u qizning ismi... Sevgi edi u qizning ismi, Ko'zlariga tun edi shaydo. Siz ish tomon shoshardingiz, u Qarshingizda bo'lardi paydo. O'tardingiz yonidan sassiz, Portfelni qattiqroq quchib. Sevgi yo'lda etardi davom, Shabbodada sochlari uchib... Qadamlari tong musiqasi, Silab yerni uyg'otar edi, Negaligin bilmadim o'zi Gul ediyu gul sotar edi. Har kun ishdan qaytishingizni, Kutar edi Sevgi intizor. Shoshib uyga kirardingiz siz, Gullarga hech bo'lmay xaridor. Sevgi edi u qizning ismi, Gul edi-yu, gul sotar edi... ©Parizoda Ro'ziboyeva @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramIkki erkak qarama-qarshi kelishganda ikkalasi ham oʻng tomonga chekingani uchun toʻqnashib ketishmaydi. Ayollar esa goʻyo sizni koʻrmayotgandek, siz albatta chetga chiqishga, unga yoʻl berish va buni shaksiz bajarishga majbur ekaningizni yuzingizga hayqirayotgandek ustingizga bostirib kelaverishadi. ©Fyodor Dostoyevskiy (Oʻsmir) kitobidan @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramAfsuski biz ermaklar uchun hamisha pul topamiz. Foydali va eng zarur narsalarga esa xasislik qilamiz. ©Onore de Balzak (Sagʻri teri tilsimi) kitobidan @Elektron_Kutubxona
Open in TelegramDeyarli hamma qizlar, tashqi qiyofasi bilan maftun etuvchi oʻktam yigitlarning lazzatbaxsh va’dalariga laqqa tushib qoʻya qoladilar… ©Onore de Balzak (Yevgeniya Grande) kitobidan @Elektron_Kutubxona
Open in Telegram— ... U hech narsani tushunmaydi, knyaz, butunlay, butunlay tushunmaydi, farosati yo‘q! Tushunish uchun odamning qalbi bo‘lishi kerak! ©Fyodor Dostoyevskiy (Telba) kitobidan @Elektron_Kutubxona
Open in Telegram“Hozir qo‘limga miltiq berib qo‘yishsa-yu, darvozadan otam bilan onam kirib kelishsa, shartta otardim. Ana undan keyin o‘zimni ham otib yuborishsa mayli. Yo‘q, avval sud bo‘lishi kerak. Sudda gapirishim shart. “Bolasini tashlab ketgan ota-onaning jazosi shu”, deyman. “Tirik yetimlar, hammangiz ablah ota-onalaringizni topib, otib yuboring. Yolg‘on gaplar to‘qib, ularni yaxshi odam qilib ko‘rsatmang bir-birlaringizga. Ayamay, otib tashlang!” deyman. “Tirik yetimlarga miltiq beringlar!” deyman! Ana shundan keyin meni otishsa ham mayli...” ©Alvido bolalik @Elektron_Kutubxona
Open in Telegram