Account

Posts of ELCOM

newest first

#5067Photo
Views232−82%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#5057Photo
Views1,570+19%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#5055Video
Views1,290−3%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#5054Text

Kuchlanish stabilizatorini to‘g‘ri tanlashga yordam beradigan ba’zi maslahatlar: Biz elektr iste’molchilarini quvvatini vattda (W) o‘lchashga o‘rganib qolganmiz. Stabilizator sotib olayotganimizda to‘la va aktiv quvvatni farqlash kerak. Stabilizatorlarining texnik xarakteristikalarida odatda ularning umumiy quvvati ko‘rsatiladi, o‘lchov birligi (VA) Volt-Amperdir. Istalgan elektr jihoz va maishiy texnika qurilmalari iste’mol qilgan elektr quvvatni hisoblashda elektr tokining to‘la quvvatini hisobga olinadi. To‘la quvvat tushunchasi deganda elektr toki iste’molchisi ishlatgan aktiv va reaktiv quvvat nazarda tutiladi. Аktiv quvvat (Vt) o‘lchanadi. To‘la quvvat odatda volt-amper (VА) Аktiv energiyamiz bu - foydali ish bajargan elektr toki quvvatiga aytiladi. Masalan isitish, eritish, ovoz, tasvir shunga o‘xshash. Dazmol, chiroq, isitgichlarni ishlashi va x.kazo.. Reaktiv energiyamiz, bu - elektr toki zanjirida (induktiv va sig‘imli) iste’molchi bo‘lganda sarflanadi. Odatda elektr o‘tkazgichlarni qizdirganda sarflanadigan foydasiz energiya hisoblanadi. Bu ikkala aktiv va reaktiv quvvatlar bir-biri bilan o‘zaro quvvat koeffitsiyenti cos (fi) bilan bog‘lanadi. Cos (fi) odatda 0.5 - 1 oraliqda bo‘ladi, Uy ro‘zg‘or qurilmalarda cos (fi) ko‘rsatilmagan bo‘lsa taxminan 0.8 to‘gri keladi. Iste’mol qilingan aktiv quvvatni topish uchun to‘la quvvatni, koeffitsiyent cos (fi) ga ko‘paytirish kerak. Masalan: Stabilizator to‘la quvvati quvvati 5000 VA ko‘rsatilgan. Cos φ = 0.8 bu yerda aktiv quvvat 5000 VA * 0.8 = 4000 Vt ga teng bo‘ladi. @elcom_group

Open in Telegram
Views1,460+10%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#5052Photo
Views1,530+16%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#5050Text

#Savol: (Temurmalik) Mis chulg'amlik generatorlar va alyuminiy chulg'amlik generatorlarni qanday ajratsa bo'ladi? #Javob: Mis va alyuminiy o'ramlarni aniqlashning bir nechta usullari bor. Og'irligi: Misning zichligi alyuminiynikidan 3 baravar yuqori. Bir xil quvvatga ega bo‘lgan dvigatel yoki mis o‘ramli generator sezilarli darajada og‘irroq bo‘ladi. O'ramlar qalinligi: alyuminiyning o'tkazuvchanligi mis o'tkazuvchanligining taxminan 61% ni tashkil qiladi. Xuddi shu tokni o'tkazish uchun alyuminiy sim kesimi taxminan 1,6-1,7 baravar qalinroq bo'ladi, bu esa o'ramni yanada katta ko'rinishga olib keladi. Ulangan joyini tekshirish: mis oddiy qalay yordamida oson ulanadi.  Alyuminiy qalay ushlamaganligi sabablik ulanadigan joylari odatda qisqichlar (gilza, СИЗ) bilan siqiladi. Tashqi ko'rinishi: Mis va alyuminiy o‘ramlar tashqi ko‘rinishida yaqqol farqlanadi. Ularni odatda rangi va tashqi yaltiroqligi orqali ajratish mumkin. Mis o‘rami qizg'ish/pushti rangda, yaxshi mustahkamlik va egiluvchanlikka ega, yuzasida yaltiroqlik  va silliqlik darajasi yuqori. Alyuminiy sim ham, huddi mis kabi lak bilan qoplangan bo'ladi. Alyuminiy o‘rami oq sarg'ish rangda va lak yuzasi nisbatan zaif yaltiroqlikka ega. O'ram materialini aniqlashning eng ishonchli usuli simning kichik qismida izolyatsiyani ehtiyotkorlik bilan tozalash. Alyuminiy ko'pincha mis rangli lak bilan qoplanganligi uchun  vizual tekshirish aldamchi bo'lishi mumkin. Izolyatsiyasini tozalash: o'ramni foydalanilmaydigan joyidan (masalan chiqishlar)  pichoq yordamida ehtiyotkorlik bilan qirib yoki igna yordamida tilib  lakini ko'chirib aniqlash mumkin. O'ram materialini ko'rib olgandan keyin, simni laklab qo'yish kerak. @elcom_group

Open in Telegram
Views1,820+38%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#5049Text
Views1,720+30%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#5046Voice message

Forwarded from XISLATBEK PIRMANOV

No text

Open in Telegram
Views3,190+141%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—