❗️ Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga ham o‘quv ta’tili berilishi mumkin Oliy ta’lim tashkilotida masofaviy shaklda o‘qiyotgan xodimlarga har yili sessiya uchun kamida 15 kalendar kunlik, o‘rtacha ish haqi saqlanadigan o‘quv ta’tili berilishi mumkin. Ish beruvchi masofaviy talaba bo‘lgan xodimga ham sessiyaga borib kelish uchun yiliga bir marta yo‘l kirasining kamida yarmini to‘laydi, davlat attestatsiyasi uchun ham shunday miqdor to‘lanadi. Hozir bu to‘lov faqat sirtqi o‘qiyotganlar uchun belgilangan. Bundan tashqari, masofaviy o‘qiyotgan xodimlarga o‘qish davrida moslashuvchan ish vaqti rejimini qo‘llashga ruxsat beriladi. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in Telegram
EDU.UZ | INFO
— Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda ✍️ Reklama uchun: @Minbarga_murojaatbot
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 3, 2026 | 10,700 |
| Nov 5, 2026 | 10,200 |
| Nov 6, 2026 | 9,710 |
| Nov 9, 2026 | 8,870 |
| Nov 10, 2026 | 7,225 |
| Nov 12, 2026 | 7,500 |
| Nov 13, 2026 | 6,980 |
| Nov 14, 2026 | 6,190 |
| Nov 16, 2026 | 7,530 |
| Nov 17, 2026 | 6,475 |
| Nov 19, 2026 | 6,570 |
| Nov 22, 2026 | 4,900 |
| Nov 23, 2026 | 4,780 |
| Nov 24, 2026 | 3,980 |
| Nov 26, 2026 | 2,510 |
Most viewed this month
- 01Views11KForwards—Reactions9Comments—
- 02Views10.4KForwards—Reactions13Comments—
- 03Views10.2KForwards—Reactions8Comments—
- 04Views9.97KForwards—Reactions17Comments—
Latest posts
❗️ Aytishlaricha, talabalar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanib, 10-yanvargacha davom etadi. Ta’til jami 14 kun davom etishi kutilmoqda. https://www.instagram.com/reel/DgFM0w9MjJW/?fqnt=MTVoZGhvaXNpb3ludg== Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in Telegram#Soʻragan_edingiz ⚡️Oʻqishni koʻchirishda kurs pastlamasligi uchun qoʻyilgan 2 ta asosiy talab 1) Fanlar farqi 4 tadan oshmasligi lozim; 2) GPA bali kamida 2,4 va undan yuqori boʻlishi lozim. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda talabaning arizasiga muvofiq quyi kurs (yoki semestr)dan oʻqishini davom ettirishga ruxsat beriladi. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in Telegram❗️Muddatli harbiy xizmatni namunali o‘tagan ayrim askarlar oliy harbiy ta’lim tashkilotlariga test sinovlarisiz qabul qilinadi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Prezidentning 2026-yil 7-apreldagi PQ–134-son qarori ijrosi doirasida muddatli harbiy xizmatchilar uchun yangi imtiyoz tartibi belgilandi. ✅ Unga ko‘ra, muddatli harbiy xizmatni namunali o‘tagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari yoki fan olimpiadalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilar orasidan mas’ul vazirlik va idoralarga ajratilgan yillik kvota doirasida saralab olingan nomzodlar quyidagi oliy ta’lim tashkilotlariga test sinovlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi: 🔹 DXX akademiyasiga — DXX tizimida xizmat o‘tagan, dastlabki saralab olish va maxsus kasbiy tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar; 🔹 Jamoat xavfsizligi universitetiga — Milliy gvardiya tizimida xizmat o‘tagan va dastlabki saralab olishdan o‘tgan nomzodlar; 🔹 Oliy harbiy ta’lim tashkilotlariga — mas’ul vazirliklar tizimida xizmat o‘tagan, harbiy-professional yo‘naltirish va dastlabki saralab olish natijalariga ko‘ra tavsiya etilgan nomzodlar. ℹ️ Imtiyozli kvotalar Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning umumiy soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in Telegram❓ Kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talaba to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi? Ko‘plab talabalarni qiziqtiradigan savol: 🔹 Kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq stavkada ishlay oladimi? 🔹 Mehnat qonunchiligida bunga qandaydir cheklovlar bormi? Bu savolga Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, advokat Muhammadamin Karimjonov videoda javob beradi 👆 Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in Telegram❗️ 17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni! Barcha talabalarni «Xalqaro talabalar kuni» munosabati bilan tabriklaymiz! Kontraktingiz kamayib, stipendiyangiz koʻpaysin! Bayramingiz muborak boʻlsin! Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in Telegram❗️Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan imtihonlar 21–24 va 28–30-noyabr kunlari o‘tkaziladi. 📅 Jadval: • 21 va 23-noyabr — biologiya; • 22 va 24-noyabr — kimyo; • 23-noyabr — fizika; • 28–30-noyabr — matematika. 🆔 Ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olish mumkin. Unda sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan. 🪪 Binoga faqat pasport yoki ID-karta bilan kiritiladi. Kechikkanlar imtihonga kiritilmaydi, qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in Telegram❓3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar masofaviy ta’lim olishi mumkinmi? ✅ JAVOB: Hozircha bunday tartib mavjud emas. Joriy yilning 28-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilgan edi. Ushbu muloqotda Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator TAKLIFLARni ilgari surgan edi. Jumladan, kelgusida uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilishi aytilgandi. Bu taklif maqomida bo‘lib, hozircha bu borada biron hujjat qabul qilinmadi. Ya’ni uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar qaysi holatda masofaviy ta’lim oladi, buning uchun nimalar qilishi kerak, kimga qanday ariza beradi, bunda ta’lim shaklini masofaviyga ko‘chirish tarzida bo‘ladimi yoki kunduzgida qolaverib, vaqtincha masofaviy o‘qib turadimi, hozircha bu savollarning birontasiga rasmiy javob yo‘q. Shunga oid biron rasmiy hujjat qabul qilinsa, undan keyingina aytish mumkin. Xullas, bugungi kunda uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar oliygoh ma’muriyatidan masofaviy o‘qishni talab qilishi befoyda. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in Telegram❗️ Maqsadli davlat granti kvotalari bo’yicha o’tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi 📌 O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlash uchun o’tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar o’z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali ko’rishlari mumkin. Tanlov natijalari qaydnomalari tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in Telegram❗️Nodavlat OTM diplomi ham davlat OTM diplomi kabi ishlash va o‘qishni davom ettirish huquqini beradi! “Xususiy universitetning diplomi o‘tmaydi”, degan gaplarni eshitganmisiz? Bu umumiy fikr noto‘g‘ri. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasiga ko‘ra, davlat namunasidagi diplom ham, nodavlat ta’lim tashkilotining O‘zbekistonda tan olinadigan diplomi ham mutaxassislik bo‘yicha ishlash va ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi. Demak, nodavlat OTM bitiruvchisi ham belgilangan talablar asosida davlat tashkilotlariga ishga kirishi yoki davlat OTM magistraturasiga hujjat topshirishi mumkin. ❗️Muhim shart: diplom qonunchilikka muvofiq berilgan va O‘zbekistonda tan olinadigan bo‘lishi kerak. O‘qishga kirishdan oldin OTMning litsenziyasi va tegishli ta’lim dasturining akkreditatsiya holatini tekshiring. Asos: “Ta’lim to’g’risida”gi qonuning 31 va 40-moddalari. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Open in TelegramConnections
Similar channels
Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari@otm_minbariEducation104K
Maktabgacha ta'lim Rasmiy kanal@maktabgacha_ttEducation46.2K
EDU | INFO@eduinfo_talimEducation45.6K
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari@nodavlat_otmEducation45.3K
Abituriyent - BaholashUz@abituriyentuzEducation47K
Ta'lim Live@talim_liveEducation47.5K
2-3-DEKABR MILLIY SERTIFIKAT | ONA TILI | Eshmurodov bilan@ona_tili_milliy_sertifikatiEducation44.7K
Abituriyent ²⁴@abitur24Education48.1K