📢 BEKOBOD SHAHRIDA TEZKOR ISHCHI GURUHI TASHKIL ETILDI Ta’lim tizimi tashkilotlarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, favqulodda holatlarning oldini olish, ta’lim sohasi xodimlari, o‘quvchi va talabalarni majburiy mehnatga jalb etish, shuningdek, ta’lim tizimiga aloqasi bo‘lmagan turli yig‘ilishlarga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Bekobod shahrida Tezkor ishchi guruhi tashkil etildi. Ishchi guruh tomonidan ta’lim muassasalarida mavjud muammolarni o‘rganish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, pedagoglar va ta’lim oluvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib boriladi. 📩 Murojaat va takliflar uchun: https://t.me/talim_tezkor_ishchi_guruh_bot
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 5 h | 236 |
| 12 h | 266 |
- After 6 hours236
- Total to date266