Account

Posts of Dilyorbek | Biznes va Marketing

newest first

#603Photo
Views201−54%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#601Text
Views350−20%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#600Photo
Views486+10%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#599Text
Views415−6%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#598Photo

Marketing — bu faqat reklama yoki ijtimoiy tarmoq yuritish emas Ko‘pchilik biznes egalari marketing deganda SMM, target reklama yoki kontent tayyorlashni tushunadi. Aslida esa marketing ancha keng jarayon. Reklama — uning faqat bir qismi. MSD Marketing Agentligi sifatida biz marketingga biznesning A dan Ya gacha bo‘lgan jarayoni sifatida qaraymiz. Avval biznesni o‘rganamiz: mahsulot yoki xizmat, mijozlar, raqobatchilar va bozordagi imkoniyatlarni tahlil qilamiz. Keyin marketing strategiyasi, pozitsiyalash va mijozga taklif qilinadigan qiymatni ishlab chiqamiz. Shundan so‘ng mijozlarni jalb qilish kanallari, kontent, reklama va sotuv jarayonlarini yo‘lga qo‘yamiz. Zarur hollarda CRM tizimi orqali murojaatlar, mijozlar va sotuvlarni hisobga olish hamda nazorat qilishni tashkil qilamiz. Eng muhimi, ish reklama ishga tushirilishi bilan tugamaydi. Natijalarni kuzatamiz, tahlil qilamiz va kerakli o‘zgarishlarni kiritamiz. Nima uchun bunday yondashuv muhim? Chunki reklama mijoz olib kelishi mumkin, ammo uni kutib olish, taklifni tushuntirish, sotuvga aylantirish va qayta xaridga olib kelish uchun ham tizim kerak. MSD'ning asosiy vazifasi — biznesga shunchaki marketing xizmatlarini ko‘rsatish emas, balki marketing va sotuv jarayonlarini bir-biriga bog‘langan, o‘lchanadigan va boshqariladigan tizimga aylantirishga yordam berish. Biz uchun yaxshi marketing — bu chiroyli reklama emas, biznesning o‘sishiga xizmat qiladigan ishlaydigan tizimdir. Biz MSD'da aynan shu yondashuv asosida ishlaymiz. @dilyorbek_husanov

Open in Telegram
Views475+8%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#597Text
Views448+2%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#596Text
Views491+12%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#595Text
Views655+49%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#594Video
Views535+22%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#593Photo

Samaradorlikni oshirish uchun uchta bloknot... Biznesda har kuni o‘nlab fikrlar, yangi g‘oyalar, mijozlarning talablari, vazifalar va qarorlar paydo bo‘ladi. Ularning barchasini xotirada saqlash esa miyani keraksiz ma’lumotlar bilan band qiladi. Shuning uchun men o‘zim uchun oddiy tizim yaratganman: uchta bloknot, uchta vazifa. Kattasi — strategiya va qarorlar. Katta ishlar, biznes rejalar, muhim keyslar va qarorlarimni katta bloknotga yozaman. Bu menga ishlarimga kengroq qarash va avvalgi qarorlarimni qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi. Oʼrtachasi — bilim va tajriba. Marketing, biznes va shaxsiy brend bo‘yicha o‘rganganlarimni o‘rtacha bloknotga yozaman. Maqsadim shunchaki ma’lumot yig‘ish emas, foydali bilimlarni keyinchalik amaliyotda qo‘llash uchun saqlab borish. Kichigi — kundalik vazifalar. Mijozlar bilan uchrashuvlarda ularning ma’lumotlari, vazifalar, eslatmalar va chizmalarni kichik bloknotga qayd qilaman. Bu bloknot doim yonimda, shuning uchun kerakli ma’lumotni darhol yozib olishim mumkin. Nega bularni telefonda emas, bloknotda yozaman? Telefonda yozish ham qulay, albatta. Lekin bildirishnomalar, xabarlar va boshqa ilovalar diqqatni chalg‘itishi mumkin. Bloknotni ochib, fikrni yozish esa ko‘pincha diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, sahifalarni varaqlab, oldingi qaydlarimni ko‘rish, turli fikrlar orasidagi bog‘liqlikni topish va yoniga yangi g‘oyalarni chizib qo‘yish menga qulay. Samaradorlik har kuni ko‘proq ish qilish emas. Bu — muhim narsalarni unutmasdan, kerakli paytda to‘g‘ri ishga e’tibor qarata olish. Xotirangizga ortiqcha yuk tushirmang. Fikrlarni yozib boring, vazifalarni qayd qiling, qarorlaringizni saqlang. Chunki xotira fikrlarni saqlash uchun emas, ular ustida ishlash uchun ham kerak. @dilyorbek_husanov

Open in Telegram
Views534+21%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#592Photo
Views537+22%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#591Text
Views612+39%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#590Text
Views708+61%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#589Photo

Shaxmatda ham, biznesda ham shoshqaloqlik qimmatga tushadi Men shaxmat oʼynashni yaxshi koʼraman, bu mening xobbilarimdan biri. Shaxmat o‘ynaganimda bir narsaga alohida e’tibor beraman: ko‘zga tashlanib turgan yurish har doim ham eng yaxshi yurish bo‘lavermaydi. Ba’zan raqib donasini olish uchun qulay imkoniyat paydo bo‘ladi. Ammo shu yurishdan keyin o‘z shoxingiz himoyasiz qolishi mumkin. Ya’ni kichik yutuq ortidan kattaroq yo‘qotish kelib chiqadi. Biznesda ham bunday holatlar ko‘p uchraydi. Yangi mijoz paydo bo‘ldi — darhol shartnoma tuzishga shoshilamiz. Raqobatchi narxni tushirdi — biz ham narxni pasaytiramiz. Reklama kutilgan natijani bermadi — budjetni oshiramiz. Ammo bir muhim savolni berishni unutamiz: bu qarorning keyingi oqibati qanday bo‘ladi? Balki yangi mijoz bilan ishlash unchalik foydali emasdir. Balki narxni tushirish o‘rniga taklifni yaxshilash kerakdir. Balki muammo reklama budjetida emas, balki sotuv jarayonidadir. Shaxmatda yurishdan oldin vaziyatni tahlil qilishga odatlanasiz. Biznesda ham qaror qabul qilishdan avval ma’lumotlarni o‘rganish, variantlarni solishtirish va ehtimoliy yo‘qotishlarni hisoblash muhim. Shaxmat o‘ynash orqali siz nafaqat o‘yinda, balki biznesda ham strategiya va taktikalarni puxta tuza olasiz. Har bir yurishni oldindan ko‘ra bilish, xavflarni hisoblash va eng to‘g‘ri qarorni tanlash — biznesdagi katta ustunlikdir. Agar strategik fikrlash qobiliyatingizni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, shaxmatni o‘rganing 🔥 @dilyorbek_husanov

Open in Telegram
Views808+84%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#588Text
Views854+94%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#587Text

“Vaqt — pul” degan gap bugun avvalgidan ham qimmatroq Chunki bugun bozorda faqat katta biznes kichik biznesni yutib yubormayapti. Tez harakat qilgan biznes sekin qaror qilgan biznesdan mijozni olib qo‘ymoqda. Murod Nazarov aytganidek: “Oldinlari katta baliqlar kichigini yutib yuborardi. Hozir esa tez harakat qilgan qolganini yutib yubormoqda.” Buni yaqinda biznesimda ham his qildim. MSD marketing agentligimiz uchun CRM platforma tanlayotgandik. Vodiydagi bir firma bilan muzokara qildik. Ular taklif yuborishdi, biz esa ayrim shartlariga o‘zgartirish kiritib, olishga tayyor ekanimizni aytdik. Menejer: “Hafta oxirida javob beramiz”, dedi. Hafta tugadi — jimlik. Keyingi hafta ham tugadi — yana jimlik. Agar bu eski bozor bo‘lganida, balki yana kutardik. Lekin bugun kutishning o‘zi ham katta zarar. Biz esa aytilgan vaqtda aloqaga chiqmaganidan keyin bozordan boshqa alternativalar qidirdik. Keyin esa Rossiyaning "Bitrix24" platformasida ishlashga qaror qildik. Bu yerda masala faqat bitta CRMni sotib olishda emas. Hozirgi raqobat ko'p bozorda mijoz sizni kutayotgan paytda boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqadi. Siz “ertaga javob beraman” degan paytda raqobatchingiz “hozir qilamiz” deyishi mumkin. Shuning uchun biznesda tezlik — shunchaki shoshilish emas. Tezlik bu imkoniyatni yo‘qotmaslik. Mijoz sizni tanlaganida uning qiziqishi hali issiq bo‘ladi. Uni kutdirgan sari esa boshqa eshiklar ochilib boradi. Bugungi bozorda katta baliq kichigini yutmayapti. Tez harakat qilgan baliq sekin harakat qilganini ortda qoldiryapti. @dilyorbek_husanov

Open in Telegram
Views815+85%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#586Text
Views758+72%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#585Photo
Views718+63%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#584Photo
Views739+68%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#583Photo
Views731+66%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—