Agar sizning ham shunday umr chekingiz boʻlganda bir kunda eng koʻp toʻlovni nima uchun qilgan boʻlardingiz, keling bugun hisoblaymiz?! ✨ 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Open in TelegramPosts of Deyl Karnegi | Psixologiya
#subektiv Insonlar nima uchun boshqa insonlardan koʻra ChatGPT bilan koʻproq suhbat quradi? Chunki : *️⃣ U sizning fikrlash uslubingizga moslashgan tarzda javob qaytaradi. U sizning tipingizga tushishga harakat qiladi. Unda aniq xarakter va his-tuygʻulari yoʻq. Shuning uchun siz unga moslashishingiz tuygʻulariga qarashingiz shart emas. Shu tufayli siz istagan emotsiyangizni unga namoyon qilsangiz boʻladi. *️⃣ChatGPT shunchaki aqlli maslahatgoʻy emas. U aniq qaror yoki maslahat aytmaydi. Balki oxirida qaror qabul qilishni yana oʻzingizda qoldiradi. Shuning uchun inson unga nisbatan "tushunadigan" ni topgandek hisga ega boʻladi va oʻzi bajarayotgan ishni toʻgʻri deb biladi. *️⃣ChatGPTda qat'iy qarshilik yoʻq. Balki u sizga yaxshiroq variantlarni ochib beradi. *️⃣Suhbat yakunida esa sizga har qanday vaziyatda javob berishga tayyor boʻlgan doimiy suhbatdosh modelini ochib beradi va miyangizda fikrlar yigʻilib ketganda ham doimo oshkor qilsa boʻladigan biri bor degan fikr uygʻonadi. *️⃣Uni sizga qanday ohangda javob qaytarishini boshqara olasiz. *️⃣ChatGPT bilan har qanday mavzuda gaplashsa boʻladi. Siz yana qanday sabablarni qoʻshgan boʻlar edingiz, izohlada qoldiring! 💬 @Deyl_Karnegi
Open in TelegramKimning maslahatlariga quloq solsa bo’ladi? Agar ular bilan hayotlarni almashishga tayyor bo’lmasangiz, unda ularni eshitmagan ham yaxshi. Baxtsiz odamning maslahatlari sizni baxtsiz qiladi. Semiz odamning maslahatlari sizni semiz qiladi. Sizga kerak narsa ularda bo’lmasa, ularga quloq solish shart emas. Do'stlarga ulashing 👉 @Deyl_Karnegi
Open in TelegramAdminkadan yumor bilan! - Ayol kishi sifatida nima deb oʻylaysiz aqlli erkak qanday ayol modelini qidiradi. 🤔 - Aqlli erkak oʻzini sevgan ayolni qidiradi. Chunki oʻzini sevgan ayol oʻziga nima kerakligini, tanasi miyasi nimani istashini bemalol aytadi. Aqlli erkak esa uning ichidagini topish uchun ortiqcha vaqt va energiya sarflab oʻtirmaydi. - Unda oqil erkak-chi? - Oqil erkak qidirib oʻtirmaydi boriga koʻnadi. - Iya nimaga 😃 - Chunki oqil erkak biladi-ki, ayol qaysi tipda boʻlmasin, u qiyshiq qovurgʻa va u baʼzan oʻzini sevgan taqdirda ham, rivojlangan ayol boʻlsa ham oʻzini oʻzi nima xohlashini bilmay qolishi mumkin ‼ Siz-chi, siz nima deb oʻylaysiz❓
Open in Telegram📌Oʻz hayotidan mamnunlar koʻproq baxtlidir. Hamisha noliydigan inson esa bir joydan siljiy olmay, qolib ketadi. Siz uchun mif yoki haqiqat?
Open in TelegramBir rassom go’zal rasm chizdi. Va uni ko’pchilik yig’iladigan joyga qo’yib, sinab ko’rmoqchi bo’ldi. Rasmni qo’yib, tepasiga yozib qo’ydi: «Kimda-kim bu rasmda ozgina bo’lsada kamchilik ko’rsa, ustiga qizil qalam bilan belgi qo’ysin!». Kechqurun kelib qarasa, rasm qizil bo’yoqqa to’lib ketibdi. U ustozi oldiga borib rasmdan voz kechmoqchiligini aytadi. ⸺Yo’q. ⸺ dedi ustozi unga. ⸺Sen yaxshisi iborani o’zgartir: kim rasmda kamchilik ko’rsa, uni tuzatsin, deb yozib qo’y. Rassom ustozining aytganini bajardi. Buni qarangki, oradan bir necha kun o’tsa ham, rasmga hech kim yaqinlashmadi. ⸺ Ko’rdingmi, ⸺ deb kuldi rassomning ustozi. ⸺ Bu hayotda hamma narsadan xato topadiganlar ko’p, biroq shu xatoni tuzatadigan ⸺ isloh etadiganlar juda kam. Xulosa oʻzingizdan. 📘 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Open in TelegramKo‘pchilik manipulyatsiyani insonlarni boshqarish uchun o‘rganish kerak, deb biladi. Bugun esa uning ikkinchi tomoniga nazar tashlaymiz. 🧐 Manipulyatsiyani avvalo kimnidir Boshqarish uchun emas, uning qurboni bo‘lib qolmaslik uchun o‘rganishimiz kerak. Chunki siz manipulyatsiya qanday ishlashini bilmasangiz, qachon sizni boshqarishga urinayotganlarini ham anglamasligingiz mumkin. 📚 Sizga nisbatan eng ko‘p qo‘llaniladigan manipulyativ usullar: ✔️Aybdorlik hissini uyg‘otish — “Agar meni chindan yaxshi ko‘rsang, buni qilarding.” ✔️Gaslighting — odamning o‘z xotirasi yoki fikriga shubha uyg‘otish: “Bunday voqea umuman bo‘lmagan, sen o‘ylab topyapsan.” Bu toʻgʻridan toʻgʻri zoʻravonlik hisoblanadi. ✔️Qo‘rqitish — qo‘rqinchli oqibatlarni aytib, qaror qildirish: “Buni qilmasang, keyin pushaymon bo‘lasan.” ✔️Jimlik bilan jazolash — muammoni gaplashish o‘rniga ataylab sukut saqlab, bosim o‘tkazish. ✔️Shoshiltirish — o‘ylashga imkon bermaslik: “Hozir qaror qil, keyin kech bo‘ladi.” ✔️O‘zini qurbon qilib ko‘rsatish — mas’uliyatni boshqasiga yuklash: “Men sen uchun shuncha narsa qildim, sen esa…” ✔️Taqqoslash — boshqa odamlarni misol qilib, sizni kerakli qarorga undash: “Boshqalar buni allaqachon qilishgan.” ✔️Haddan tashqari maqtov — ishonchni qozonib, keyin undan foydalanish. "Chin koʻngildan aytyapman siz yaxshi insonsiz" deya sizdan foydalanish. ✔️Haqiqatni qisman aytish — faqat o‘ziga foydali qismini aytib, muhim ma’lumotni yashirish. ✔️“Hamma shunday qiladi” usuli — noto‘g‘ri ishni odatiydek ko‘rsatish. ✔️Emotsional bosim — mehr, achinish, rashk, qo‘rquv yoki uyat kabi hislardan foydalanish. ✔️Ultimatum qo‘yish — “Buni qilasan yoki munosabatimiz tugaydi” kabi tanlovni majburlash. 💭 Eng qiziq tomoni: manipulyatsiya har doim qo‘pol ko‘rinmaydi. Ba’zan u mehr, g‘amxo‘rlik, maslahat yoki hatto hazil ko‘rinishida keladi. 📌Har bir aybdorlik hissi, jim qolish yoki qo‘rqish — manipulyatsiya degani emas. Oddiy jarayonlarda farqli jihati ko‘pincha maqsad va harakatlarning takrorlanishida bo‘ladi. ☑ Sizga qiziq bo‘lsa buni biror vaziyat ustida tahlil qilamiz. Xohlasangiz vaziyatni yozib qoldiring birgalikda bu manipulyatsiya yoki oddiy harakat ekanligini aniqlaymiz! 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Open in Telegram📌 Baʼzi insonlar sizning mehribonligingizni xarakteringiz deb emas, cheksiz imkoniyatingiz deb qabul qilishadi. Doim tinglaysiz, chunki sabrlisiz. Doim tushunasiz, chunki mehribonsiz. Doim yon berasiz, chunki janjalni yoqtirmaysiz. Ammo bir kun charchab, oʻzingizni tanlay boshlasangiz, birdan oʻzgarib qolgan odamga aylanasiz. Qiziq, shundaymi? Shuning uchun ham atrofdagi insonlarni tanlashda eʼtiborli boʻlish zarur. Chunki doimo noliydigan inson sizni noshukurga, doim agressiv yuradigan inson badjahlga aylantiradi. Inson energiyasi yuqumlidir. Baʼzida oʻzingizni taniy olmay boshlasangiz. Shu joyda toʻxtang, oʻzingizga juda koʻp savollarni berishni bas qilib, atrofingizdagi insonlarni qayta saralang. 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Open in Telegram📌 Aqlli erkak "Menga itoat qilsang baxtli yashaymiz" demaydi. "Allohga itoat qilsak baxtli yashaymiz" deydi. Alloh esa, erga itoatli boʻlishni buyuradi...
Open in TelegramUygʻoning ... Baxtni qabul qilish uchun Yana sevish uchun Kun boʻyi xursand yurish uchun Hayotdan yanada zavqlanish uchun ... Uygʻoning Nonushta tayyor. Bu sizga 🩷 Kuningiz ajoyib va mazmunli oʻtsin azizlarim! 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Open in TelegramSiz ham "yashil ruchka" metodidan foydalanayapsizmi? Oʻzi aslida bola xatosini eslab qolishi kerak boʻlmasa, tekshirish nima uchun kerak? Shaxsan menda qizil ruchka bilan bogʻliq hech qanday travmalarim yoʻq. Sizda-chi? Bizning davrimizda oq varoqqa qizil ruchka tegmasligining oʻzi oʻqishga motivatsiya boʻlgan, hech qanday yashil ruchkadagi ajratib olingan yozuvlarsiz! Nima deb oʻylasiz oʻzi bu metod bizga kerakmi?
Open in TelegramMeni doimo bir savol oʻylantirardi 😁 Nega doim oʻqituvchilar daftarimizni qizil ruchkada tekshirishadi 🤔 Buning bir nechta sabablari bor: Oʻquvchilar odatda koʻk yoki qora rangda yozishgani sababli, qizil rang xatolar va izohlarni darhol koʻzga tashlanadigan qiladi. Qizil rang miyaga ogohlantirish ham beradi: diqqatli boʻl, xavf kabi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, ovqatlanish joylari, yoʻl belgilarining koʻpchiligida qizil rang mavjud. Bu miyaning faolroq ishlashiga yordam beradi. Dunyo miqyosida qizil rang tuzatishlar uchun pedagogikaning standartlariga aylanib boʻlgan. Lekin soʻnggi yillarda psixologik tekshirishlar qizil rang bolada salbiy tuygʻularni uygʻotishi mumkinligini aniqladi. U bolaning fotoxotirasida saqlanadi va bola togʻri yozilgan jumladan koʻra koʻproq xatolarini eslab qoladi, bolada bunga nisbatan salbiy his tuygʻular paydo boʻladi. Buni yaxshilash maqsadida "Yashil ruchka" metodi ishlab chiqilgan: unga koʻra bolaning xatolaridan koʻra eng toʻgʻri bajargan joylarini yashil ruchka yordamida ajratib belgilash bolaning muvaffaqiyatlarini ragʻbatlantiradi va unda ijobiy his-tuygʻu hamda darsga nisbatan motivatsiyani uygʻotar ekan. Jahonning koʻplab mamlakatlarida aynan ushbu metod qoʻllanila boshlabdi.
Open in TelegramLEKIN ULAR HALI HAM BUNI TUSHUNISHMADI ... Admin barchaga oʻxshagan inson, shunchaki u siz qidirib vaqt sarflashingizga toʻgʻri kelishi mumkin boʻlgan narsalarni oʻz vaqtini ketkazib bir joyda jamlaydi va sizga yetkazadi. Bu sizga qulaylik yaratadi. Rivojlanish uchun yozilgan postlarning har biri foydali. Chunki uning har biri qilingan xatolarni qayta tahlil qilishga , dangasalik ortidan kelgan xavflarni tushunishga asoslanadi. Munosabat, muloqot va oilaviy muammolarga yechimlarni bilish zarar qilmaydi. Chunki ularning har biri tajribaga asoslanadi. Tashlangan toʻgʻri yoki notoʻgʻri qadamdan xulosalarni koʻrsatadi. Kitoblardan maʼlumotlar, qiziq faktlar sizga aynan qay biri yoqishi mumkinligi haqidagi tanlov qilishning imkonini beradi. Adminkaning toʻxtab qolgani, yoki natijalari sizga taʼsir qilmaydi. Chunki berilayotgan har bir maʼlumot yoki maslahatni hamma har xil talqin qiladi. Siz bundan oʻzingizning yangi versiyangizni yaratishingiz mumkin. Life styledagi bloglarni kuzatish orqali esa faqat toʻgʻri xulosalar qiling, ulardan ham manfaat olish mumkin solishtirish, afsuslanish va noroziliklarsiz faqat kuchli tomonlarni talqin qilgan holda. Aslo unutmang, oynaning narigi tomonida nimalar boʻlayotgani siz-u bizga nomaʼlum. Bu kanalni kimningdir rivojlanishini olqishlash uchun emas, oʻzingiz uchun kuzating — axir bu kanalning maqsadi mukammal insonni ko‘rsatish emas, sizga yaxshiroq inson bo‘lish uchun kerakli narsalarni bera olishdir. 🎯 Oʻzingizning eng yaxshi versiyangizni yarating! ⭐️ 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Open in Telegram💡Men rivojlanish haqida postlar yozaman, lekin yutuqlarim kanaldagi ayrim obunachilarnikidan kam va ayrimlariga nisbatan dangasaroq boʻlishim mumkin. Men insonlar bilan munosabatga kirishish, muloqot sirlari, oilaviy muammolarni bartaraf etish boʻyicha maslahatlar beraman, lekin men ham hamma inson bilan kelisha olmayman va menda ham oilaviy muammolar boʻlib turadi. Men hammani kayfiyatini koʻtaradigan hazillar yozaman, lekin mening kayfiyatim biroz horgʻin boʻlishi mumkin. Men koʻp kitob oʻqiyman va ulardan tavsiyalar beraman, lekin har doim ham oʻzim amal qilmasligim mumkin. Obunachilarda motivatsiya oʻldi, harakat toʻxtadi. OBUNACHILAR BUNI TUSHUNISHDI ... Va ular endi foydali maslahat va qiziqarli faktlar beradiganlardan koʻra koʻproq oʻz hayoti: sotib olgan narsasi, yangi olgan uyi, pishirgan taomi yoki mashinasi, kosmetikalari yoki ish joyi va kiyimlari, turmush oʻrtogʻi bilan shaxsiy munosabatlari haqida kontent yuritadiganlarni kuzata boshlashdi. Kimlardir tezroq uylanish dardida, ayrimlar u boshqacha bardoshli men buncha narsani eplay olmayman deya tushkun kayfiyatda, kimlardir u boy oilada tugʻilgan va bunga oson erishgan menda esa boshqacha deb solishtirish bilan band, yana kimlardir esa kuzatayotgan insoni turmush oʻrtogʻidan gul olgani unda esa bu yoʻqligidan norozi boʻlib janjal koʻtarmoqda, kimlardir esa shunchaki tomosha qilib hamma narsani oʻz holiga tashlab qoʻygan... Obunachilar yana norozi yana motivatsiya oʻlgan.
Open in TelegramOdamlar meni "bajara olmayman, buni bilmayman" deyishimni istashadi. Lekin mening lugʻatimda "bajara olmaslik" degan soʻz yoʻq. Ishtiyoqingiz tugagan joyda qatʼiyatingiz boshlansin. Bajara olmaslik degan narsaning oʻzi yoʻq. Hammasi qayta qayta harakat ustiga quriladi. ⚡️ 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Open in TelegramVaqt oʻtadi, atrofingizdagi insonlar, muhit sizga nisbatan oʻzgaradi. Ularga qarshi turaman deb, oʻzligingizni unutasiz. Lekin asil gʻalabangiz vaqt oʻtsa ham, insonlar oʻzgarsa ham, aynan siz oʻzingiz boʻlib qolganingizdadir! 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Open in Telegram