Posts of ℳ
Tavba qilib, gunohlarga gaytdim yana, Shukur emas shikoyatim aytdim yana, Uzrlarni dasta qilib keldim mana, Kechir meni saxovati buyuk Robbim! Oy uxlagan tunlar mijja qoqmaganman, Savob ishga yuzim burib boqmaganman, Kezi kelsa shaytonga ham yoqmaganman, Kechir meni rahmatlari cheksiz Robbim! Qazo bo'lgan namozlarning adog'i yo'q Gunohimning uyog'i-yu buyog'i yo'q, Vijdonim hech gapga kirmas qulog'i yo'q, Kechir meni halimligi tengsiz Robbim! Saodatga to'lgan umr bersang yetar, Tilarimga takror shukur bersang yetar, Ko'nglim uchun biror chimdim huzur yetar, Sen bariga qodirsanku go'zal Robbim! O'zing meni yomonlardan qutqar Robbim!
Open in TelegramBuyuk Rabbim, bugun Huzuringga kamtarlik bilan kelib, Sendan mag'firat va afv so'rayman. Men mukammal emasman, xato va kamchiliklar qiluvchi bir bandangman. Ba'zan dua qilishni unutaman, ba'zan esa menga in'om etgan ne'matlaring uchun Senga shukr qilishni unitaman, gohida g'azabim va nafsimga yengilib olaman. Qilayotgan har bir amalimni Ko'rib turishingni bilaman. Shunga qaramay, menga har kuni yangidan boshlash imkonini berayotganing uchun Senga cheksiz hamdu sanolar bo'lsin. Allohim, yangi kunni boshlar ekanman, meni yanada xayrli inson qil. Xulqimni, dunyoqarashimni, fikrlarimni va munosabatlarimni go'zal qil. Agar xato yollardan ketayotgan bo'lsam, meni to'g'ri yo'lga hidoyat qil. Allohim! Kunlarimni barakali, tunlarimni xotirjam qil. Uyimni baxt, tinchlik va fayz bilan to 'Idir. Mehnatlarimga baraka ber, qilayotgan har bir halol amalimni xayrli qil. Ey Rabbim, meni hech qachon yolg iz qoldirma. Sen mening eng buyuk suyanchim va umidimsan. Nafas olgan O har bir lahzamda, har bir kunimda, har bir soniyamda Senga muhtojman. Amin ❤️🩹
Open in Telegramفي بعض الليالي، نحتاج فقط أن نبكي بصمت وننام в некоторые ночи нам просто нужно тихо поплакать и уснуть.
Open in Telegram