🚨 YANGI ALDOV: STORIS ORQALI! Spamer guruhda oddiy yozadi, keyin "storisimni ko'ring" deydi. Storisda esa 18+, kazino yoki zararli .apk havola turadi. ❌ Bitta bosish — akkauntingiz va kartangizdagi pul ketadi. ✅ Notanish odam storisidagi havolani bosmang ✅ Shubhali havolani @ZIRH_BOT ga yuborib tekshiring 🛡 ZIRH BOT yangilandi: endi storislarni ham tekshiradi va spamerni guruhdan bloklaydi. 👇 Pastdagi tugma orqali botni guruhingizga qo'shing va /antispam yuboring. WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in TelegramPosts of CYBER HIMOYA | Rasmiy
⚠️ EHTIYOT BO'LING: MrBeast NOMIDAN ALDOV! MrBeast yaqinda O'zbekistonga keldi. Firibgarlar fursatdan foydalanib, internetda soxta video tarqatishyapti. ❌ Bu yolg'on! • MrBeast hech qanday sayt orqali pul tarqatmayabdi. • Videodagi "yangilik" ham, pul tushgani ham montaj. 🎣 Qanday aldashadi: Saytda hisobingizda "10 million" turgandek ko'rinadi. Uni olmoqchi bo'lsangiz, avval o'zingizdan pul to'lashni so'rashadi. Pul to'laysiz, lekin hech narsa ololmaysiz. Karta raqamingiz va SMS kodingizni yozsangiz, kartangizdagi pulingiz ham yo'qoladi. ✅ Esda tuting: 1. Hech kim internetda tekinga million bermaydi. 2. Notanish saytga karta raqami va SMS kodni yozmang. 3. Mashhur odam videoda gapirsa ham ishonmang, video soxta bo'lishi mumkin. 4. "Pul olish uchun avval to'lang" degan so'z — aniq aldov. 📢 Bu xabarni ota-onangiz va yaqinlaringizga ulashing, ular aldanib qolmasin! WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram🛡 Yangi ANTI-SPAM tizimimiz: 3,5 oyda natijalar Iyul oyida ishga tushirgan anti-spam tizimimiz guruhlarni spamer, firibgar va zararli ilova tarqatuvchilardan avtomatik himoya qilmoqda. Shu qisqa vaqt ichida: 🚫 7 223 ta spamer akkauntlar aniqlanib, bloklandi 🗣7 197 ta xavfli kanal aniqlandi: 📱 1 506 tasida APK fayl tarqatilgan 🔗 5 595 tasida shubhali havola 🔞 1 858 tasida 18+ kontent 👤 167 mingdan ortiq akkaunt tekshirildi ✅ 19 mingdan ortiq spam xabar guruhlardan tozalandi 💬 940 ta guruhda anti-spam yoqilgan 📈 ZIRH BOT umumiy natijalari: 988 mingdan ortiq havola va fayl tekshirildi, 15 406 ta xavf aniqlandi, 195 mingdan ortiq foydalanuvchi. Bunday tizim faqat ZIRH’da 💙 👇 Guruhingizni ham himoya qiling: ⚡ @ZIRH_BOT — guruhga qo‘shing, admin qiling va /antispam yuboring
Open in Telegram⚡️Зудлик билан барчага тарқатинг!!! Эндиликда фирибгарлар "APK Qoriqchi.apk" зарарли дастурини фуқароларга тарқатишмоқда! Огоҳ бўлинг! телеграмдан келган шу каби файлни асло ва асло очманг, ўрнатманг! "APK Qoriqchi" иловаси фақатгина Play Marketда бўлади. Гуруҳингизни ҳимоялаш учун @ZIRH_BOT ни гуруҳингизга қўшинг. Бот сизни гуруҳингизда хавфли ҳавола ва апк, ҳаттоки фирибгарлик аккоунтларини ҳам аниқлаб блоклайди. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram🛡 ZIRH BOT — 30 kunda 4 000 dan ortiq firibgarlik profillarini blokladi! Anti-Spam funksiyamiz yuqori aniqlikda ishlab, guruhlarni nomaqbul surat va yozuvlardan foydalanadigan firibgarlik profillardan tozalamoqda. Boshqa turdagi spam va firibgarlik profillari ham aniqlanib, bloklanmoqda. ❗️Muhim: bu raqam faqat profil tekshiruvi orqali bloklangan akkauntlarga tegishli. Zararli APK yoki xavfli havola tarqatgani uchun vaqtinchalik cheklangan foydalanuvchilar bu hisobga kiritilmagan — ular alohida hisoblanadi. Guruhingizni himoyalash uchun @ZIRH_BOT’ni administrator qiling va /antispamon buyrug‘i bilan Anti-Spam’ni yoqing. ➕ Botni guruhga qo‘shish: https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram🇺🇿🛡MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK! 35 yil — erkinlik, taraqqiyot va mustaqil kelajak sari yo‘l! Bugun mustaqillik nafaqat sarhadlarimiz, balki axborot makonimiz va raqamli dunyomiz xavfsizligi bilan ham chambarchas bog‘liq. 🌐 Raqamli dunyoda — xavfsiz, 🛡 Kiber tahdidlardan — himoyalangan, 🇺🇿 Real hayotda — tinch va farovon O‘zbekiston uchun! CYBERHIMOYA jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! 🔐 Mustaqilligimiz mustahkam, raqamli kelajagimiz xavfsiz bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram🚨 OGOHLANTIRISH: “OVOZ BERING — PUL OLING” DEGAN VA’DALARGA ALDANMANG! Internet va Telegram tarmoqlarida “Falon loyihaga ovoz bering va 20–100 ming so‘m pul oling” mazmunidagi e’lonlar ko‘paymoqda. ⚠️ Bunday takliflar ortida firibgarlar bo‘lishi mumkin. Ular ovoz berish bahonasida sizga soxta havola yuborishi, karta ma’lumotlaringiz, SMS-kod yoki boshqa maxfiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishga urinishi mumkin. ✅ “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish bepul. ✅ Rasmiy ovoz berish OpenBudget.uz orqali amalga oshiriladi. ❌ Shubhali havolalarga kirmang. ❌ Karta ma’lumotlari va SMS tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang. ❌ “Ovoz bering — pul olasiz” kabi va’dalarga ishonib, noma’lum bot yoki saytlarga ma’lumot kiritmang. 🛡 Ogoh bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring! 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram❌Bitta APK — katta zarar! “To‘y rasmlari”, “kredit to‘lovi”, “jarima” kabi nomlar bilan zararli APK fayllar tarqatilmoqda. Bunday faylni ochish telefoningizdagi ma’lumotlar va kartadagi pullarni xavf ostiga qo‘yishi mumkin. 🛡 @ZIRH_BOT guruhingizni himoya qiladi: 📁 Shubhali va zararli APK fayllarni aniqlaydi va guruhga o‘tkazmaydi. 🔗 Firibgarlik havolalarini aniqlaydi va xavfli linklarni o‘chiradi. 👤 Firibgar va shubhali profillarni aniqlab, guruhni ulardan himoya qiladi. 🚫 Keraksiz reklama va spamlarni tozalaydi. 👉 @ZIRH_Bot’ni guruhingizga qo‘shing va admin qiling.
Open in Telegram🔓Cyber Himoya MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ZIRH BOT orqali Telegram guruhlari va foydalanuvchilari (botning shaxsiy yozishmalarida ham) yuborgan jami 654 900 dan ortiq havola va fayllar tekshirildi. Tekshiruvlar natijasida, Telegram tarmog‘ida tarqalayotgan .apk va .exe fayllarning 84% qismi xavfli bo‘lib, ularning aksariyati phishing va firibgarlik dasturlari ekanligi aniqlandi. Eng ko‘p tarqalgan firibgarlik ilovalari: 🔴to’dan fotolar (15.jpg) 2026.apk 🔴Rasmlar_12.apk 🔴Kuyovlarning suratlari(07.08.26).apk 🔴To’y albomi.apk Baxtli Kun.apk 🔴Mening rasmlarim_2026.apk ➡️ZIRH BOT guruhlarda barcha xavfli havola, fayl va “spam” tarqatuvchi akkountlatni avtomatik ravishda aniqlab, o‘chirib boradi. Siz ham guruhingizni himoya qilish uchun @ZIRH_BOT ni guruhingizga admin qiling. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram⚠️ ШУБҲАЛИ ҲАВОЛАЛАРНИ БОСМАНГ! Фирибгарлар сохта ва зарарли ҳаволалар орқали шахсий маълумотларингиз, банк карта маълумотларингиз ҳамда маблағларингизни қўлга киритишга уриниши мумкин. 🔒 Ҳаволани босишдан олдин унинг манбасини албатта текширинг. Номаълум шахслардан келган ёки шубҳа уйғотган ҳаволаларга ишонманг. 🛡 ZIRH BOT СИЗНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШГА ЁРДАМ БЕРАДИ! Шубҳали ҳавола олдингизми? Уни босишга шошилманг — ҳаволани @ZIRH_BOT га юборинг. Бот ҳаволани хавфсизликка текшириб, зарарли ёки хавфли эканини аниқлашга ёрдам беради. 📎 ZIRH BOT орқали шубҳали файлларни ҳам текширишингиз мумкин. 🛡 Огоҳ бўлинг — кибержиноятчиларга имконият берманг! 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram⚠️ DIQQAT! Telegram'da yangi firibgarlik usuli keng tarqalmoqda. So‘nggi kunlarda firibgarlar Telegram guruhlari va kanallar muhokamalarida soxta akkauntlar orqali faol harakat qilmoqda. ❌Odatda ular: • yalang‘och yoki uyatsiz profil rasmlaridan foydalanadi; • odamlarni bio qismidagi kanalga kirishga undaydi; • kanalda esa zararli .apk fayllar yoki firibgar havolalarni tarqatadi. 📌 Bunday fayl yoki havolani ochish oqibatida: • telefoningizga zararli dastur o‘rnatilishi; • Telegram, bank ilovalari va boshqa akkauntlaringiz o‘g‘irlanishi; • shaxsiy ma'lumotlaringiz sizib chiqishi; • hatto nomingizga noqonuniy kreditlar rasmiylashtirilishi mumkin. 🛡 @CYBERHIMOYA tavsiya qiladi: ✅ Noma'lum akkauntlarga ishonmang. ✅ Bio qismidagi kanal va havolalarni ochmang. ✅ Hech qachon noma'lum .apk fayllarni yuklab olib o‘rnatmang. ✅ Shubhali akkauntlarni darhol bloklang va Telegram'ga shikoyat qiling. 🤖 Guruh administratorlari uchun: Guruhingizga @ZIRH_BOT'ni qo‘shing va /antispam buyrug‘ini yuboring. Bot sun'iy intellekt yordamida shubhali va spam akkauntlarni aniqlashga yordam beradi hamda guruhingizni bunday firibgar akkauntlardan himoya qilishga xizmat qiladi. ⚠️ Birgina noto‘g‘ri bosilgan havola yoki o‘rnatilgan fayl katta moliyaviy va shaxsiy zarar keltirib chiqarishi mumkin. 📣 Ushbu ogohlantirishni yaqinlaringiz bilan ham ulashing. Balki shu orqali kimnidir firibgarlar tuzog‘idan saqlab qolasiz
Open in Telegram⚙️ Texnik ishlar olib borilmoqda Hurmatli foydalanuvchilar! Texnik sozlash ishlari sababli ZIRH BOT'ning Anti-spam (spam akkauntlarni aniqlash) funksiyasi bugun soat 14:00 gacha biroz kechikish bilan ishlashi mumkin. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz. Sozlash ishlari yakunlangach, funksiya odatdagi tezlikda ishlashda davom etadi.
Open in Telegram🛡 ZIRH BOT’da yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi! So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda. Shu sababli ZIRH BOT uchun yangi Anti-Spam himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi. ⚙️ Yoqish: /antispam ⚠️ Eslatma: Funksiya hozircha BETA bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa, @zirh_support ga yozing. ➕ Botni guruhga qo‘shish: https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram⚡️ЯНГИЛИК: ZIRH BOT’да видео юклаб олиш функцияси қўшилди! Энди сиз Instagram, Tiktok ва Youtube видеоларини ҳеч қандай рекламасиз ва каналга аъзо бўлмасдан юклаб олишингиз мумкин. Функция ҳозирча ТЕСТ (БЕТА) режимида ишламоқда. 📥 Ҳаволани юборинг — видеони олинг. 🛡 ZIRH BOT – энди нафақат ҳимоя қилади, балки сизга қулайлик ҳам яратади. ФОЙДАЛАНИШ👉 @ZIRH_BOT 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram⚠️ ДИҚҚАТ! Прокуратура ва Мажбурий ижро бюроси (МИБ) номидан сохта хабарлар юборилмоқда. 📌 Сохта хабарда қўрқитиш усули қўлланилади: “Қарзингиз бор, мол-мулкингиз мусодара қилинади” — ва ҳавола ёки иловага ўтишга ундайди. ⏺ Расмий идоралар ҳеч қачон Телеграм орқали хабар юбормайди! ✅ Жавоб берманг. Ҳаволага босманг. Пул ўтказманг. Телеграмда келган номаълум файл ва ҳаволаларни @zirh_bot орқали текширишни унутманг! 📢 Дўстларингизга етказинг! 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram⚠️ APK файлни очдингизми? Фирибгарлар айнан шуни кутишмоқда! 📱 Номаълум манбалардан юкланган APK файллар қурилмангизга зарарли дастур ўрнатиши, шахсий маълумотларингизни ўғирлаши ёки банк ҳисобларингизга хавф туғдириши мумкин. 🔒 APK файлларни фақат ишончли ва расмий манбалардан юклаб олинг. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram#Диққат #Огоҳлик «Мен бу дунёни ўз хоҳишим билан тарк этяпман» Фрибгарларнинг яна бир янги найрангидан огоҳ бўлинг Яқинларингизга юбориб огоҳлантириб қўйинг!👇 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram🔓Cyber Himoya MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ZIRH BOT orqali Telegram guruhlari va foydalanuvchilari (botning shaxsiy yozishmalarida ham) yuborgan jami 485 000 dan ortiq havola va fayllar tekshirildi. Tekshiruvlar natijasida, Telegram tarmog‘ida tarqalayotgan .apk va .exe fayllarning 78.8% qismi xavfli bo‘lib, ularning aksariyati phishing va firibgarlik dasturlari ekanligi aniqlandi. Eng ko‘p tarqalgan firibgarlik ilovalari: 🔴Toydan fotolar(20.05.2026).apk 🔴To'ydan_shirin_xotiralar.apk 🔴Video_sharmanda_maktab.apk 🔴MIB_qarzdorlik_haqida.pdf.apk 🔴Shaxsiy_suratlar.apk ➡️ ZIRH BOT guruhlarda barcha xavfli havola va fayllarni avtomatik ravishda aniqlab, o‘chirib boradi. Siz ham guruhingizni himoya qilish uchun @ZIRH_BOT ni guruhingizga admin qiling. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram#киберогоҳлик ⚠️ Ўзини банк ходими деб таништирган номаълум шахсларга ишонманг! Агар суҳбат давомида: • карта маълумотлари, • СМС-код, • парол ёки шахсий маълумотлар сўралса - 📵 қўнғироқни дарҳол якунланг. ✅ Энг тўғри ечим: телефонни ўчириб, банкнинг расмий рақамига мустақил қайта боғланиш. 🔒 Ҳеч бир банк ходими телефон орқали махфий код ва паролларни сўрамайди. 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
Open in Telegram