Posts of CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi
📺 My5 telekanali "Gapiring" tok-shou sining "MA’LUMOTLARINGIZ KIMNING QO‘LIDA?!" mavzusidagi ochiq suhbatida, CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi rahbari Malik Qurbonov ishtirok etdi. To'liq suhbat: YouTube da X - Instagram - Telegram - Youtube - Linkedin
Open in Telegram💥 Tashkent International University va CYBER-BRO hamkorlik memorandumini imzoladi Tomonlar sun’iy intellekt (AI) va kiberxavfsizlik sohalarida kadrlar tayyorlash, amaliy tadqiqotlar va qo‘shma loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: - Kiberxavfsizlik: talabalar uchun penetration testing, SOC operatsiyalari, threat intelligence va incident response bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; - Sun’iy intellekt: machine learning modellarini tahdidlarni aniqlash, anomaliyalarni tahlil qilish va xavfsizlik jarayonlarini avtomatlashtirishda qo‘llash bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar; - AI xavfsizligi: LLM va ML tizimlarining zaifliklarini o‘rganish (prompt injection, data poisoning, model xavfsizligi); - Amaliyot: CTF musobaqalari, xakatonlar, laboratoriya (cyber range) muhitida real ssenariylar asosida mashg‘ulotlar; - Karyera: CYBER-BRO mutaxassislari ishtirokida master-klasslar, stajirovka va malaka oshirish dasturlari. Maqsad - nazariy ta’limni sanoat tajribasi bilan bog‘lash va AI hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash. X - Instagram - Telegram - Youtube - Linkedin
Open in Telegram📣 O‘zbekistonda sun’iy intellekt uchun etika qoidalari kuchga kirdi. Bu har birimiz uchun nimani anglatadi? Raqamli texnologiyalar vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 3787-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan ushbu qoidalar 2026-yil 17-iyundan boshlab amal qilmoqda. Ular sun’iy intellektni yaratadigan, joriy etadigan yoki undan foydalanadigan har bir jismoniy va yuridik shaxsga tegishli - ya’ni ish jarayonida ChatGPT’dan foydalanadigan oddiy xodimdan tortib, o‘z AI mahsulotini bozorga chiqarayotgan kompaniyagacha. 💥 Sun’iy intellekt tizimingiz yangi qoidalarga mos va xavfsizmi? CYBER-BRO AI REDTEAM xizmati LLM, RAG va AI agentlarini sakkizta xavf moduli bo‘yicha amalda sinovdan o‘tkazadi hamda aniq tuzatish rejasini taqdim etadi. Manba: lex.uz/docs/8083233 X - Instagram - Telegram - Youtube - Linkedin
Open in Telegram⚠️ DIQQAT: Silent Lynx APT guruhining mintaqadagi hujum harakatlari ortib bormoqda Qozog’iston bilan bog’liq bo'lgan APT guruhi AI agent yordamida Tojikiston davlat tizimlaridan 2 000 dan ortiq maxfiy hujjatni o’g’irlagan, O’zbekistonda va Turkmanistonda esa navbatdagi nishonlarga hujum qilgan. AI agent inson tasdig’isiz buyruq bajargan va izlarni o’zi o’chirgan. Batafsil: https://cyber-bro.uz/tadqiqotlar/silent-lynx-ai-kiberjosuslik/ CAWA - Kibertahdidlardan O'zbek tilida xabardor bo'ling X - Instagram - Telegram - Youtube - Linkedin
Open in Telegram💥 Microsoft har oyning ikkinchi seshanbasida - Patch Tuesday xavfsizlik yangilanishlarini chiqaradi. Toshkentda bu chorshanba tuniga to'g'ri keladi 2026-yil noyabr oyi holatiga ko'ra: Microsoft 1260 ta zaiflikni tuzatdi, shundan 46 tasi kritik (CVSS ≥ 9,0; Microsoft bahosi boʻyicha 68 ta «Critical»). 1 tasi hozir faol ekspluatatsiya qilinmoqda (CVE-2026-124194). Microsoft 43 ta zaiflik uchun ekspluatatsiya ehtimolini «yuqori» deb baholagan. Eng koʻp zaiflik aniqlangan mahsulotlari: Windows (745), Windows ESU (eski versiyalar) (658), Microsoft Office (204). Tahdid turlari: Imtiyozni oshirish (EoP) (536), Masofadan kod bajarish (RCE) (296), Boshqalar (165). Bu oy Oktyabr oyidan qariyb 1000taga kam zaiflik aniqlangan, Microsoft e'lon qilgan yangilanishlar va zaifliklarni bartaraf etish bo'yicha O'zbek tilidagi qo'llanmani CYBER AWARENESS Platformamizdan olishingiz mumkin https://cbro.online/patch-thursday?month=2026-Nov X - Instagram - Telegram - Youtube - Linkedin
Open in Telegram📌 2027-yil Yanvar oyida boshlanadigan 12 oylik o'quv dasturimizga qabul davom etmoqda, ba'zi yangilanishlarni e'lon qilamiz - Dasturga to'lovni oyma-oy to'lasangiz bo'ladi (6mln so'mdan) - To‘liq to‘lov qiluvchilarga 5–15% gacha chegirma beriladi - ikki kishi birgalikda ro‘yxatdan o‘tsa, har biriga 5% chegirma beriladi (bu oila yoki tanishlar uchun) - CYBER-BRO Scholarship: kirish imtihonida eng yuqori natija ko‘rsatgan 2 nafar talabaga 50% grant e'lon qilamiz - Young Talent Grant: moliyaviy imkoniyati cheklangan, lekin bilim va salohiyati yuqori nomzodlarga 25% grant e'lon qilamiz - Cyber Mock interview - ish suhbatiga tayyorlov - 12 oy davomida turli rejadagi maxsus tadbirlar amalga oshiriladi, asosiy urg'u, talabani ishga tayyorlash (1-3oy Junior Assessment, 6-oy Internship Readiness, 9-oy Recruitment Preparation, 11-oy Career Placement) - Student Startup Support - yil davomida o‘z loyihasini yaratgan talabalarga CYBER-BRO mentorligi, texnik infratuzilmasi va loyihani rivojlantirish imkoniyati taqdim etiladi - Certification Support - Eng yaxshi natija ko‘rsatgan bitiruvchilarga xalqaro sertifikat imtihoni xarajatining bir qismini yoki to‘liq summasini qoplab beriladi. 💥 CYBER-BRO LLC - Cybersecurity Talent Development Center X - Instagram - Telegram - Youtube - Linkedin
Open in Telegram