Forwarded from Kiberxavfsizlik markazi
Kiberhuquq: Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar malakasini oşiriş tartibi belgilanmoqda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori (594-son, 28.10.2026 y.) qabul qilindi. ➡️Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-noyabrdan boşlab Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi «Cyber university» davlat universitetida davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek, ustav fondida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarning kiberxavfsizlikka masʼul mutaxassislarini öqitiş tizimi yölga qöyiladi. ➡️ Yangi tartibga köra, mutaxassislar malakasini har ikki yilda kamida bir marta oşirib borişi lozim. Öquv dasturlari ikki yönalişda taşkil etiladi: Malaka oşiriş — 144 soat; Qayta tayyorlaş — kamida 576 soat. ➡️ Maşğulotlar anʼanaviy va masofaviy şakllarda ötkaziladi. Respublikada tan olinadigan xorijiy kiberxavfsizlik sertifikatiga ega mutaxassislar esa sertifikatining amal qiliş muddati davomida malaka oşiriş kurslariga jalb etilmaydi. ✅ Mazkur tartib kiberxavfsizlik sohasida malakali kadrlar tayyorlaş, mutaxassislarning bilim va könikmalarini zamon talablariga mos ravişda rivojlantiriş hamda taşkilotlarning axborot tizimlari himoyasini kuçaytirişga qaratilgan. 🌐 Website | 📝 Telegram | 🌐 Facebook | 📹 Youtube | 📱 Instagram
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 10 h | 218 |
| 34 h | 261 |
| 70 h | 308 |
- Total to date308