Xalqaro patentlaş: xorijiy davlatlarda patent oliş imkoniyatlari muhokama qilindi 26-noyabr kuni Innovatsion rivojlaniş agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi hamkorligida “Xalqaro patentlaş amaliyoti. Ixtirolar va foydali modellar uçun xorijiy patent oliş afzalliklari va xususiyatlari” mavzusida seminar taşkil etildi. Tadbir professor-öqituvçilarning ilmiy-tadqiqot natijalarini patentlaş böyiça bilim va könikmalarini oşiriş, xalqaro patentlaş tartiblari yuzasidan amaliy ma’lumot va tavsiyalar berişga qaratildi. Seminarda Innovatsion rivojlaniş agentligi va Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari, Intellektual mulk markazi vakillari, şuningdek, Nukus davlat texnika universiteti, Farğona davlat texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti professor-öqituvçilari iştirok etdi. Seminar davomida xalqaro patentlaş tartib-taomillari, ixtiro va foydali modellarni xorijiy davlatlarda patentlaş imkoniyatlari, patent olişning afzalliklari va mavjud imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, intellektual mulk obyektlarini xorijda huquqiy muhofaza qiliş hamda ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş masalalari körib çiqildi. Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr va tajriba almaşdilar. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 415 |
| 8 h | 476 |
- After 6 hours476
- Total to date476