Assalomu alaykum, aziz kitobxonlarim! 📚 Yil oxirida ko‘pchilik anchadan beri ro‘yxatida turgan kitoblarini buyurtma qilyapti. Shu sabab buyurtmalar ko‘payib, kitoblaringizni tayyorlash odatdagidan 1–2 kun ko‘proq vaqt olyapti. Har bir kitobni sifatli va chiroyli qilib chiqarishga vaqt ajratyapmiz. Shanba va yakshanba kunlari barcha buyurtmalarni tayyor qilib qo‘yamiz. Sabr bilan kutayotgan har biringizga kattakon rahmat! 🤍 @ash9294
Open in TelegramPosts of City Books
📚 Oq qog‘ozmi, sariq qog‘ozmi? Qaysi biri sizga qulayroq? 🤍 Oq qog‘oz — qora matn va rangli belgilaringiz yaqqol ko‘rinadi. Kitob o‘qiyotganda tagiga chizishni, marker bilan belgilashni yoki chetiga izoh yozishni yaxshi ko‘rsangiz, oq sahifa qulay. 💛 Sariq qog‘oz — yumshoq, iliq tusli sahifalar. Agar oppoq sahifa yorug‘likda ko‘zingizga juda yorqin tuyulsa, sariq qog‘ozda uzoqroq mutolaa qilish sizga yoqimliroq bo‘lishi mumkin. Bizdagi ikkala variantning ham qog‘oz sifati va narxi bir xil. O‘qish odatingizga mosini tanlayverasiz 😊 Siz-chi, marker bilan o‘qiydiganlardansizmi 🤍 yoki «yana bitta bob» deb tun yarmigacha o‘qiydiganlardanmi? 💛😊
Open in TelegramOxirgi marta qaysi kitobni qo‘lingizdan qo‘ya olmay o‘qigansiz? 📚 Ba’zi kitoblarda «yana bitta bet o‘qiyman» deysiz-u, qarabsizki, bir bob tugabdi. Ba’zilarida esa bitta gapni ikki marta o‘qib, kitobni yopasiz. O‘sha gap kun bo‘yi xayolingizdan ketmaydi. Menimcha, kitob o‘qishning eng mazza joyi ham shu. Ba’zan bitta sahifada o‘zingiz anchadan beri his qilib yurgan, lekin so‘z bilan aytolmagan narsani topasiz. ❤️ Sizda shunaqa bo‘lganmi? Kitob nomini izohda yozib qoldiring.
Open in TelegramXitoy tilini o‘rganayotganlar uchun! 📚 HSK Standard Course kitoblari tayyor holatda mavjud! ☑ A4 formatda — katta va o‘qishga qulay 🎨 Rangli chop etilgan 📖 Rasmdagi darajalar mavjud 💰 Narxlari: 40 000–50 000 so‘m. 📩 Kerakli kitobingizni tanlab, buyurtma uchun yozing @ash9294
Open in TelegramDetektiv asarlarga qiziquvchilar uchun judayam ajoyib va sirlarga boy kitoblarimiz sizlar uchun😎😎😎 Murojaat uchun @ash9294
Open in TelegramSanoqli daqiqalar qoldi! Soat 23:59 da 11% chegirmamiz tugaydi ⏳ Ertaga kitoblar qoladi, lekin bugungi chegirma qolmaydi 😉📚
Open in TelegramYaxshi kitob olish uchun katta pul sarflash shart emas 📚 Biz kitoblarimizning sifatiga ham, narxi hamyonbop bo‘lishiga ham e’tibor beramiz. Bugun esa ularni odatdagidan ham qulayroq narxda olishingiz mumkin 🤎 11% chegirmamiz tugashiga oz vaqt qoldi. Bu shunchaki «aksiya» degan yozuv emas: narxlarni oldindan oshirmadik, chegirmani doimiy narxlarimizdan hisoblayapmiz. Xaridingizdan ko‘nglingiz to‘lsin, tejaganingiz ham sezilsin dedik 😊 🕛 Bugun 23:59 da aksiya yakunlanadi. 💌 Tanlagan kitobingizni bizga yuboring — buyurtmangizni rasmiylashtiramiz. @ash9294
Open in Telegram🤫 Sirni ochamiz: 11.11 — Build Your English Library! 📚🍂 Javoningizdan joy ochib qo‘yishni bejiz aytmagandik 😉 🔥 Bugun, 11-noyabr kuni kanalimizdagi ISTALGAN KITOBGA 11% CHEGIRMA! Romantika, detektiv, fantastika yoki shaxsiy rivojlanish — janrni siz tanlaysiz, chegirma bizdan 🤎 Aytgancha, bizda aksiya oldidan narxlar oshirilmaydi. 11% chegirma o‘zingiz bilgan doimiy narxlarimizdan hisoblanadi. Kichik bo‘lsa ham, haqiqiy tejash bo‘lsin dedik 😊 Anchadan beri rasmini saqlab yurgan kitobingizni endi javoningizga ko‘chirish vaqti! ⏳ Aksiya faqat 11-noyabr, soat 23:59 gacha. 💌 Buyurtma uchun tanlagan kitobingiz rasmini bizga yuboring @ash9294 @CityBooks_Official
Open in Telegram👀 Javoningizdan joy ochdingizmi? Ertaga kerak bo‘ladi! Kecha aytgan sirimizni sal ochamiz… 🤫 📚 Ertaga inglizcha kitoblarimizni chegirma bilan olishingiz mumkin! Qaysi kitoblar deysizmi? Ko‘zingiz tushgan istalgan kitob 😉 Chegirma miqdorini esa ertaga e’lon qilamiz. Hozirdan yoqtirgan kitoblaringizni tanlab, rasmini saqlab qo‘ying 🍂 Bu safar «keyin olaman» demaslik uchun sabab bor 🤎
Open in Telegram