Account

Posts of CHQBT DARSLAR️️

newest first

#1415Photo
Views198−61%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#1414Photo
Views206−59%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1413Link preview

Bugun 29-noyabr 2026-yil, Yakshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT — Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik kuni. 🔺 MILLIY BAYRAMLAR: 🇮🇩 Indoneziya — Xodimlar Korpusining tashkil topgan yilligi 🇳🇫 Norfolk — Shukrona kuni 🇱🇷 Liberiya — Uilyam Tubmanning tug‘ilgan kuni 🇻🇺 Vanuatu — Birlik kuni 🇦🇱 Albaniya — Ozodlik kuni 👉 VOQEALAR: • 1284 — Bovedaje cherkov quladi. • 1394 — Choson sulolasi asoschisi I Son Ge Seul shahrini poytaxt qildi. • 1777 — Kaliforniyadagi San-Xose shahriga asos solindi. • 1781 — Britaniyaga qarashli afrikalik qullar chiqqan kemaning cho‘kishi natijasida 133 kishi halok bo‘ldi. • 1783 — “Yo” harfi rus alifbosiga qo‘shildi. • 1830 — Noyabr inqilobi: ruslar Varshavadan chiqib ketdi. • 1885 — Uchinchi Ingliz–Birman urushi yakunlandi. • 1890 — Yaponiyada parlament ish boshladi. • 1899 — “Barselona” futbol klubiga asos solindi. • 1929 — Richard Bert Janubiy qutbdan uchib o‘tdi. • 1932 — SSSR–Fransiya o‘rtasida hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. • 1939 — O‘zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. • 1944 — Albaniya Xalq-ozodlik armiyasi tomonidan ozod qilindi. • 1945 — Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi tashkil topgani e’lon qilindi. • 1945 — Tarixda ilk bor vertolyot yordamida qutqaruv amaliyoti o‘tkazildi. • 1946 — Belgiya YuNESKOga a’zo bo‘ldi. • 1947 — BMT Bosh Assambleyasi Falastinni bo‘lish rejasi­ni tasdiqladi. • 1963 — Monreal yaqinidagi DC-8 halokati, 118 kishi halok bo‘ldi. • 2007 — Karib havzasida 7,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi. • 2009 — Shveytsariyada referendum bo‘lib o‘tdi, natijada minoralar qurish taqiqlandi. • 2013 — Namibiya shimolida uchuvchining o‘z joniga qasd qilishi sababli Mozambikaning Embraer ERJ-190 samolyoti qulab tushdi, 33 kishi halok bo‘ldi. 👉 TAVALLUDLAR: • 1718 — knyaz Aleksandr Golitsin (1783), Rossiya general feldmarshali. • 1781 — Belo Anders, Venesuela shoiri va filologi. • 1797 — Gaetano Donizetti (1848), italiyalik bastakor, 68 ta opera muallifi. • 1803 — Kristian Dopler (1853), avstriyalik matematik va fizik. • 1814 — De Rada Ieronim, alban shoiri, olim, siyosiy arbob, alban romantizmining asoschisi. • 1874 — Antoniu Egash Monih (1955), portugal nevropatologi va neyroxirurgi, Nobel mukofoti sohibi (1949). • 1910 — Izzat Sulton (2001), adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg. • 1932 — Shirak Jak Rene (2019), Fransiya davlat arbobi, Fransiya Respublikasi prezidenti (1995–2005). • 1956 — Abdunabi Haydarov, publitsist yozuvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. • 1966 — Yevgeniy Mironov, sovet va rus kinoaktyori. • 1969 — Sobirjon Mo‘minov, xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2000). • 1973 — Rayan Giggz, uelslik futbolchi va murabbiy. • 1974 — Kamol Murodov, kurashchi, xalqaro toifadagi sport ustasi, “O‘zbekiston iftixori” (1999). • 1977 — Mariya Petrova, rossiyalik figurali uchuvchi, jahon chempioni (2000) va Yevropa chempioni (1999, 2000). • 1977 — Beatriz Rozen, fransuz-amerikalik kino va televidenie aktrisasi, model. • 1995 — Laura Mari Marano, amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi. Kanalga ulanish👇👇👇 💬https://t.me/chqbt_dars

Open in Telegram
Views213−58%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#1408Link preview

Bugun 28-noyabr 2026-yil, Şanba 👉 BAYRAMLAR: 🌎 Butunjahon shafqat kuni. 🔺 MILLIY BAYRAMLAR: 🇷🇴 Ruminiya - Bukovina kuni. 🇺🇦 Ukraina - Moliyaviy monitoring tizimi xodimlari kuni. 😀 Kongo - Respublika kuni. 🇮🇷 Eron - Dengiz kuchlari kuni. 🇹🇩 Chad - Respublika kuni. 🇧🇮 Burundi - Respublika kuni. 🇵🇦 Panama - Mustaqillik kuni. 🇲🇷 Mavritaniya - Mustaqillik kuni (1960). 🇹🇱 Sharqiy Timor - Mustaqillik kuni (1975). 🇦🇱 Albaniya - Mustaqillik kuni (1912); shuningdek Bayroq kuni. ➡️ VOQEALAR: - 936 - Xitoyda Jin sulolasi hukmronligi boshlandi. - 1520 - Ferdinand Magellan ilk bor Magellan bo‘g‘ozidan o‘tdi. - 1627 - Polsha-Shvetsiya urushi: Oliva jangi. Rech-Pospolitaning g'alabasi bilan yakunlandi. - 1660 - London qirollik jamiyati tuzildi. - 1812 - Berezina jangi. -1812 - bug‘ kuchi bilan ishlaydigan bosma mashinada «Times» gazetasi ilk bor chop etildi. -1821 - Panama Ispaniyadan mustaqillik oldi. -1843 - Gavayi Qirolligi mustaqilligi Britaniya va Fransiya tomonidan tan olindi. -1912 - Albaniya Usmonli Turklar davlatidan ajralib chiqdi. -1917 - Qo‘qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi o‘z ishini yakunladi. -1919 - Britaniya parlamenti a’zoligiga tarixda ilk bor ayol kishi saylandi. - 1943 - Tehron konferensiyasi boshlandi. - 1950 - "Plan Kolombo" xalqaro tashkiloti tashkil etildi. - 1958 - Chad, Kongo va Gabon Fransiyadan muxtoriyat oldi. - 1960 - Mavritaniya Fransiyadan mustaqillikka erishdi. - 1964 - Surami yaqinidagi IL-14 halokati (Gruziya SSR). 7 kishi halok bo'ldi. - 1964 - Marsga Amerikaning "Mariner-4" avtomatik stantsiyasi uchirildi. - 1975 - FRETILIN Sharqiy Timor Demokratik Respublikasining Indoneziyadan mustaqilligini e'lon qildi. - 1979 - Antarktidada DC-10 halokati, 257 kishi halok bo'ldi. - 1987 - Mavrikiy oroli yaqinida Boeing 747 halokati, 159 kishi halok bo'lgan. - 1989 - Baxmal inqilobi: Chexoslovakiya Kommunistik partiyasining yakkahokimligiga barham berildi. - 1992 - O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya bilan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga a’zo bo‘ldi. - 2000 - Ukrainada „kasseta janjali“. - 2014 - Nigeriyaning Kano shahridagi markaziy masjidda sodir etilgan portlashda 120 kishi halok bo‘ldi. - 2016 - Braziliyaning "Shapekoense" futbol jamoasining aksariyati aviahalokatda vafot etdi. ➡️ TAVALLUDLAR: - 1632 - Lyulli Jan Batist (1687) - fransuz kompozitori, musiqiy klassisizm uslubining yirik namoyandasi. - 1757 - Uilyam Bleyk (1827) - ingliz shoiri, rassom va gravyurachi. - 1820 - Fridrix Engels (1895) - nemis faylasufi, kommunistik mafkura asoschisi. - 1821 - Nikolay Nekrasov (1878) - rus shoiri (Eski taqvim bo‘yicha). - 1837 - Jon Hayat (1920) - amerikalik kimyogar, muhandis, selluloid ixtirochisi. - 1857 - Alfonso XII - Ispaniya qiroli. - 1880 - Aleksandr Blok (1921) - “Kumush asr” davri rus shoiri. - 1881- Sveyg Stefan (1942) - avstriyalik yozuvchi. - 1915 - Konstantin Simonov (1979) - sovet shoiri, nasr yozuvchisi va dramaturg, jamoat arbobi. - 1916 - Ramon Xose Velaskes - Venesuela prezidenti. -1927 - Abdulhalim Muazzamshoh (2017) - saylangan Malayziya sultoni (1900-1975), (2011-2016). Kun tarixi kanalidan olindi - 1932 - Malika Abdullaxoʻjayeva (2018) - patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). - 1950 - Rassel Xals - PSR B1913 + 16 ikkilik pulsarini kashf etgan amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1993). - 1967 - Anna Nikol Smit (2007) - amerikalik supermodel, aktrisa va teleboshlovchi. Kanalga ulanish👇👇👇 💬https://t.me/chqbt_dars

Open in Telegram
Views343−32%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1406Text

Bugun 27-noyabr 2026-yil, Juma. 👉 BAYRAMLAR: 🌎 Toshbaqalarni himoya qilish kuni. 🔺 MILLIY BAYRAMLAR: 🇱🇰 Shri-Lanka — Buyuk Qahramonlar kuni. 🇨🇺 Kuba — Tibbiyot talabalari uchun xotira kuni. 🇷🇺 Rossiya — Baholovchi kuni. 🇹🇭 Tailand — Milliy salomatlik kuni. 🇻🇪 Venesuela — Aviatsiya kuni. 🇪🇸 Ispaniya — O‘qituvchilar kuni. 🇷🇺 Rossiya — Dengizchilar kuni. 🇻🇬 Britaniya Virjiniya orollari — 1949-yil Buyuk mart va tiklanish kuni. ⸻ 👉 VOQEALAR: • 602 — Vizantiya imperatori Moris va uning 5 nafar o‘glining boshlari tanasidan olinib, jasadlari dengizga uloqtirildi va uzilgan boshlari Konstantinopolda namoyish qilindi. • 1095 — Rim papasi Urban II Klermont shahrida so‘zlagan nutqida Birinchi salib yurishlari boshlanganini e’lon qildi. • 1671 — Astraxan shahri qo‘zg‘olonchilardan ozod etildi. • 1895 — Alfred Nobel o‘z mulklarini Nobel mukofoti fondiga berilishini vasiyat qildi. • 1895 — Taniqli fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma 71 yoshida vafot etdi. • 1912 — Marokash Ispaniyaga qaram davlatga aylandi. • 1917 — Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi Turkiston muxtoriyati tashkil etilganini e’lon qildi. • 1918 — Ukraina Fanlar Akademiyasi tashkil etildi. • 1950 — Koreyada 4 kun davom etgan Kunuri urushi boshlandi. • 1971 — Sovet kosmik dasturining Mars sathiga yetib borgan ilk inson yasagan jism — Mars 2 kosmik kemasi ishga tushirildi. • 1978 — Turkiyada Kurdiston ishchilar partiyasi tashkil etildi. • 1983 — Madrid aeroportida Boeing 727 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 181 kishi qurbon bo‘ldi. • 1989 — Kolumbiya osmonida Boeing 727 samolyoti portlashi natijasida 107 kishi halok bo‘ldi. • 1991 — BMT Xavfsizlik Kengashi Yugoslaviyaga tinchlikparvar qo‘shinlarni kiritishga oid 727-sonli rezolyusiyani qabul qildi. • 1997 — Jazoirdagi Suhani qirg‘inida 25 kishi o‘ldirildi. • 1997 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‘g‘risida» Qaror qabul qildi. • 1992 — Helen Klark Yangi Zelandiya tarixidagi ilk ayol prezidentga aylandi. • 1992 — O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Jak Atali bilan uchrashdi. • 2002 — Prezident Islom Karimov Pragada NATO bosh kotibi Jorj Robertson bilan uchrashdi. • 2003 — Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavalludiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari o‘tkazildi. • 2006 — Moskva va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi Nevskiy Ekspress poyezdi portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi. • 2020 — Eron fizigi va IRGC zobiti Mohsen Faxrizoda o‘ldirildi. ⸻ 👉 TAVALLUDLAR: • 1701 — Andres Selsiy (1744) — shved astronomi, fizik va matematik olimi. • 1857 — Sherrington Charlz Skot — ingliz neyrofiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1932). • 1870 — Yuho Kusti Paasikivi — Finlandiyaning 7-prezidenti. • 1874 — Xaym Veysmann (1952) — Isroilning birinchi prezidenti. • 1894 — Konosuke Matsushita (1989) — Panasonic asoschisi. • 1903 — Lars Onzager (1976) — norvegiyalik va amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1968). • 1906 — Faysal ibn Abdul-Aziz al-Sa’ud (1975) – Saudiya Arabistoni qiroli (1964–1975). • 1939 — Lorann-Dezire Kabila (2001) — Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti. • 1940 — Bryus Li (1973) — mashhur kung-fu ustasi. • 1947 — Ismoil Umar Gueilloh — Jibuti prezidenti. • 1960 — Yuliya Timoshenko — Ukraina sobiq bosh vaziri. • 1964 — Roberto Manchini — italiyalik futbolchi va murabbiy. • 1965 — Rushana Sultonova — raqqosa, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti (1998). • 1981 — Bruno Alvesh — portugaliyalik futbolchi, Yevropa chempioni (2016). Kanalga ulanish👇👇👇 📱https://t.me/chqbt_dars

Open in Telegram
Views437−13%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1405Link preview
Views1,160+131%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1404File

✅ATTESTATSIYAGA TAYYORLANAYOTGANLAR UCHUN KASB STANDARTI 1️⃣ O‘QUV JARAYONINI REJALASHTIRISH 👉 Ta’rif: O‘quv jarayonini rejalashtirish — bu davlat standartlari, o‘quvchilarning ehtiyojlari va baholash natijalaridan kelib chiqib, darsning maqsadi, mazmuni, metodlari, shakllari va vositalarini oldindan aniqlash jarayonidir. 2️⃣. TA’LIM SAMARADORLIGINI TA’MINLASH 👉 Ta’rif: Ta’lim samaradorligini ta’minlash — bu dars jarayonida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va ehtiyojlariga mos metod va yondashuvlarni qo‘llab, ularni faol ishtirok etishga jalb qilish hamda bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonidir. 3️⃣. O‘ZLASHTIRISHNI BAHOLASH VA QAYTA ALOQA 👉 Ta’rif: O‘zlashtirishni baholash va qayta aloqa — bu o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini turli usullar orqali aniqlash, tahlil qilish va natijalarga asoslanib o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda o‘quvchilarga yo‘naltiruvchi fikr bildirish jarayonidir. 4️⃣. TARBIYAVIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISH 👉 Ta’rif: Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish — bu o‘quvchilarning yosh, individual va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning axloqiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tizimli faoliyatdir. 5️⃣. XAVFSIZ RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM MUHITINI YARATISH 👉 Ta’rif: Xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhiti — bu har bir o‘quvchi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan, hurmat, xavfsizlik va qo‘llab-quvvatlashga asoslangan, erkin fikr bildirish va rivojlanish uchun qulay sharoitdir. 6️⃣. O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH VA KASBIY O‘SISH 👉 Ta’rif: O‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish — bu o‘qituvchining o‘z faoliyatini tahlil qilib, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishi, yangi tajriba va metodlarni o‘zlashtirishi jarayonidir. 7️⃣. HAMKORLIK 👉 Ta’rif: Hamkorlik — bu o‘qituvchining ota-onalar, hamkasblar va boshqa mutaxassislar bilan birgalikda o‘quvchilarning rivoji va ta’lim samaradorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro faoliyati jarayonidir. Kanalga ulanish👇👇👇 📱https://t.me/chqbt_dars

Open in Telegram
Views514+2%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1403Video
Views539+7%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—