Forwarded from Dilshodbek Istamov
Toshkentda O‘zbekiston parrandachilarining IX xalqaro forumi boshlandi Bugun, 25-noyabr kuni Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida Chorvachilik va yaylov xoʼjaligini rivojlantirish agentligi, «Parrandasanoat» uyushmasi tashkilotchiligida O‘zbekiston parrandachilarining IX xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. Xalqaro tadbirda davlat idoralari vakillari, xorijiy va mahalliy kompaniyalar mutaxassislari, olimlar, investorlar hamda soha tadbirkorlari ishtirok etmoqda. Forumda xorijiy kompaniyalarning 170 nafardan ortiq mutaxassisi qatnashishi ko‘zda tutilgan. Tadbir doirasida parrandachilik sanoatining rivojlanish istiqbollari, naslchilik va genetika, inkubatsiya texnologiyalari, veterinariya, biologik xavfsizlik, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, raqamlashtirish va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. , 🌐 Telegram |🌐 Instagram | 🌐YouTube | ✔️WebSay
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 179 |
| 2 h | 280 |
| 8 h | 388 |
- After 1 hour179
- After 6 hours388
- Total to date388