ÇIRÇIQDA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLIŞ VA OILALARNI YARAŞTIRIŞGA QARATILGAN TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Noyabr — oilalar mustahkamligini ta’minlaş, er-xotin örtasidagi kelişmovçiliklarning oldini oliş hamda oilaviy ajrimlarni kamaytiriş oyligi doirasida Çirçiq şahrida qator tarğibot va amaliy tadbirlar taşkil etilmoqda.
Oylik doirasida Oila va xotin-qizlar maskani hamda mahallalarda ajrimlarning oldini oliş, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yaraştiriş, ularning muammolarini örganiş va bartaraf etişga qaratilgan uçraşuvlar ötkazildi.
Tadbirda Çirçiq şahar hokimi M.Abdurahimov, şahar Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Y.Jumayeva, şahar IIB XPB XQMB katta inspektori F.Mirxaitiva, şahar komissiyasi a’zolari, deputatlar, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari hamda mas’ul taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Uçraşuv davomida oilaviy munosabatlarda özaro hurmat, işonç va bağrikenglikni mustahkamlaş, er-xotin örtasidagi nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, murosa va sabr-toqatning ahamiyati yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.
Şuningdek, oilalardagi muammolarni öz vaqtida aniqlaş, nizoli vaziyatlarning oldini oliş, oilalarga manzilli kömak körsatiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Suhbatlar va körilgan yaraştiriş çoralari natijasida ikki oila yaraştirildi.
Oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularning mustahkamligini ta’minlaş va ajrimlarning oldini oliş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site