BOLALI OILALARGA IJTIMOIY YORDAM TAYINLASH TARTIBI O‘RGANILDI 🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Sh. Botirovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. 🔎 O‘rganish davomida Chinoz tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mazkur yo‘nalishga mas’ul xodimi faoliyati, oilalarning ijtimoiy reyestrga kiritilishi, nafaqa tayinlash mezonlari hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi tahlil qilindi. 📌 O‘RGANISH DAVOMIDA QUYIDAGI MASALALARGA E’TIBOR QARATILDI: 🔹 Bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi; 🔹 Oilalarning ijtimoiy reyestrdagi maqomini aniqlash va nafaqa tayinlash mezonlariga rioya etilishi; 🔹 Arizalarni qabul qilish, elektron tizim orqali qayta ishlash hamda natijalar yuzasidan fuqarolarni xabardor qilish holati; 🔹 Nafaqa tayinlash yoki uni rad etish bo‘yicha qarorlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi; 🔹 Fuqarolarga ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berish ishlari. 🎯 ASOSIY MAQSAD — MANZILLI VA ADOLATLI IJTIMOIY HIMOYA! O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning qonuniy huquqlarini ta’minlash, bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda shaffoflik hamda adolatlilikka rioya etilishini o‘rganish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishdan iborat. 📍 Deputatlik nazorati doirasida ijtimoiy himoya sohasidagi qonunchilik ijrosi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganishlar davom ettiriladi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 36 |
| 2 h | 421 |
- Total to date421










