Account

Posts of Uskunalar.uz

newest first

#5730Video
Views197−38%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#5729Photo
Views324+1%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#5727Video
Views422+32%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#5726Video

Forwarded from Uskunalar.uz | Rasmiy kanal

🇺🇿 Jizzax va Sirdaryoda USKUNALAR.UZ savdo shourumlari ochildi! Bu quvonchli xabarni sizlar bilan baham ko‘rishdan mamnunman. Ikki kun davomida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida birin-ketin yangi shourumlarimizni ochdik. Har ikki viloyat mutasaddilari, tadbirkorlari va aholisi oldida bu ishni uddalash jamoamiz uchun katta sinov bo‘ldi. Jipslashib mehnat qilganimiz tufayli bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdik. Korporatsiyamiz O‘zbekistonda sanoat uskunalari savdosi bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega. Endi Jizzax va Sirdaryo tadbirkorlari o‘z viloyatidagi shourumimizga kelib, uskunalarni yaqindan ko‘rishi, taqqoslashi va ishlab chiqarishiga mosini xarid qilishi mumkin. Jizzax va Sirdaryo ahlini chin qalbimdan tabriklayman! Yangi ish boshlayotgan yoki ishlab chiqarishini kengaytirayotgan har bir tadbirkorga shourumlarimiz orqali ko‘mak berishdan mamnunmiz. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi tashabbuslari, korporatsiyamizga ko‘rsatayotgan ko‘maklari va hududlarda ishlashimiz uchun yaratib berayotgan sharoitlari uchun jamoamiz hamda shaxsan o‘z nomimdan chuqur minnatdorchilik bildiraman. Hamkorlarimiz — Agrobank, Ipak Yo‘li Bank va Mikrokreditbank jamoalariga ham alohida rahmat aytamiz. Sizlar bilan olib borayotgan hamkorligimizni va qo‘llab-quvvatlashingiz tufayli yaratilgan imkoniyatlarni yuksak qadrlaymiz. Hurmat bilan, Bekhzod Ismailov “CHINA LEASING IMPEX” MChJ va “USKUNALAR GROUP” MChJ ta’sischisi Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan “UZ CHINA TRADE HOUSE LIMITED” Co., Ltd xorijiy kompaniya asoschisi USKUNALAR.UZ brendi asoschisi Mazkur korxonalarni birlashtiruvchi korporatsiya ta’sischisi

Open in Telegram
Views346+8%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#5725Video
Views289−10%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#5715Photo

Forwarded from Jizzax viloyati hokimi

JIZZAXDA ZAMONAVIY IŞLAB ÇIQARIŞ USKUNALARI ŞOURUMI ÖZ FAOLIYATINI BOŞLADI Jizzax viloyatida aholi bandligini ta’minlaş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, xonadonbay işlab çiqarişni kengaytiriş hamda aholi daromadlarini oşiriş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbarining bevosita taşabbuslari asosida Jizzax viloyati hokimligi va «Agrobank» ATB bilan viloyatda zamonaviy işlab çiqariş uskunalari şourumi taşkil etildi va öz faoliyatini boşladi. Şourumning oçiliş marosimida Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev iştirok etib, tadbir qatnaşçilarini uşbu maskanning iş boşlagani bilan samimiy tabrikladi. Viloyat hokimi öz nutqida mazkur şourum öz tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan yoki mavjud biznesini kengaytirişni rejalaştirayotgan fuqarolar uçun muhim amaliy imkoniyat ekanini ta’kidladi. Şuningdek, bunday şaroitlar aholini işlab çiqarişga keng jalb etiş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş va yangi iş örinlarini yaratişda muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi. Endilikda tadbirkorlar va öz biznesini yölga qöyiş istagidagi fuqarolar turli xil işlab çiqariş uskunalarini bevosita köriş, ularning işlaş jarayoni bilan tanişiş, sinovdan ötkaziş hamda öz ehtiyoj va imkoniyatlariga mos uskunalarni tanlaş imkoniyatiga ega böladilar. Şourumda qadoqlaş, oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari işlab çiqariş, sovutiş, plastmassa buyumlari tayyorlaş, metall va şişaga işlov beriş, lazer texnologiyalari hamda poligrafiya sohalariga möljallangan zamonaviy uskunalar namoyiş etilmoqda. Uskunalarning narxi ularning quvvati va texnik imkoniyatlaridan kelib çiqib, 2 million sömdan 100 million sömgaça bölişi belgilangan. Şuningdek, qimmatroq va maxsus uskunalarni Xitoy hamda Turkiya davlatlaridagi işlab çiqaruvçilardan buyurtma asosida yetkazib beriş imkoniyati ham mavjud. Tadbirkorlar va öz biznesini boşlaş istagidagi fuqarolar şourumning özida bank mutaxassislaridan moliyalaştiriş şartlari, kredit mablağlarini oliş tartibi va mavjud imtiyozlar haqida uskunalar.uz saytida batafsil ma’lumot olişlari mumkin. Şu bilan birga, şourum faoliyati faqat uskunalarni namoyiş etiş bilan çeklanmaydi. Bu yerda mijozlarning ehtiyojlarini örganiş, ular uçun maqbul texnologik yeçimlarni tanlaş, uskunalardan xavfsiz foydalaniş böyiça amaliy körsatmalar beriş, şuningdek, uskunalarni yetkazib beriş, örnatiş, işga tuşiriş va keyingi servis xizmatlarini taşkil etiş ham közda tutilgan. Mazkur şourumning iş boşlaşi viloyatda kiçik işlab çiqarişni rivojlantiriş, oilaviy tadbirkorlikni kengaytiriş, aholi bandligini ta’minlaş va yangi daromad manbalarini yaratiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi. 🇺🇿Kanalga ulanish: @jizzaxviloyatihokimi

Open in Telegram
Views342+7%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#5714Video
Views494+54%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#5713Video
Views666+108%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#5712Photo
Views642+101%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#5710Photo
Views640+100%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#5709Video
Views632+98%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—