🩺 ЧАҚАЛОҚЛАР САРИҚЛИГИ: 5 ТА ДИАГНОСТИК ҚОИДА 1. Сариқлик кўзга билирубин миқдори 85 мкмоль/л дан ошганда кўринади. Шунинг учун билирубин миқдорини албатта ўлчаш керак. 2. Физиологик сариқлик одатда 2–3-куни бошланади ва 14-кунгача йўқолади. Агар сариқлик ҳаётнинг биринчи кунида пайдо бўлса, бу патологик ҳолатдан дарак бериши мумкин. 3. Билирубин миқдори чақалоқнинг соатларда ҳисобланган ёшига қараб баҳоланади. 4. Агар онанинг қон гуруҳи O(I) ёки резус-фактори манфий (Rh−) бўлса, чақалоқнинг қон гуруҳи ва Кумбс тести киндик қонидан аниқланади. 5. Сариқлик 14 кундан ортиқ давом этса, боғланган (конъюгацияланган) билирубин миқдори ўлчанади. Ахлатнинг оқариши билиар атрезия белгиси бўлиши мумкин. Бундай ҳолатда Касаи операциясини 60 кунгача амалга ошириш муҳим. 📚 Тиббий билимлар ва фойдали маълумотлар учун: @Camu_kitob Обунани унутманг! ❤️
Open in TelegramPosts of 𝐂𝐀𝐌𝐔 𝕂𝕀𝕋𝕆𝔹
🎓 MEDXACADEMYDA QABUL BOSHLANDI! NOLDAN REZIDENTURAGA TAYYORLOV KURSI VA KLINIK FANLAR KURSLARI 🎓Rezidentura imtihonlariga puxta tayyorlaning! Bilimingizni mustahkamlang va MedXAcademy mualliflari tomonidan tayyorlangan kitoblar asosida kurslar bilan birga bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ling. 📚 HAR OYDA — YANGI KLINIK FAN! -YANGI BEPUL KITOB 💠Har oyda tegishli soha mutaxassislari tomonidan professional darslar o'tiladi. Kurs davomida o‘zimiz tayyorlagan, nufuzli xalqaro tibbiy manbalar asosida yozilgan mualliflik kitoblarimiz BEPUL taqdim etiladi! 🎁 KURS YO‘NALISHLARI VA BEPUL KITOBLAR: 🔹 1. Kardiologiya sikli — mualliflik Kardiologiya kitobi bepul. 🔹 2. EKG sikli— «EKG: Noldan oson o‘rgan!» kitobi bepul. 🔹 3. Gastroenterologiya sikli — Gastroenterologiya kitobi bepul. 🔹 4. Pulmonologiya sikli — Pulmonologiya kitobi bepul. 🔹 5. Nefrologiya sikli — Nefrologiya kitobi bepul. 🔹 6. Revmatologiya sikli — Revmatologiya kitobi bepul 🔹 7. Akusherlik — Akusherlik kitobi bepul. 🔹 8. Ginekologiya — Ginekologiya kitobi bepul. 🔹 9. Xirurgiya — Xirurgiya darslar 🫀KLINIK FANLAR VA REZIDENTURAGA TAYYORLOV KURSI KARDIOLOGIYA SIKLIDAN BOSHLANADI! 👶 PEDIATRIYA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN Terapiya kursi yakunlangach, Pediatriya - maxsus Pediatriya kitob bepul Bolalar xirurgiyasi kurslari boshlanadi. 🤩 KURSLAR MUALLIFI VA TA’LIM DASTURI Terapiya va Kardiologiya kitoblari muallifi — Rasuljon Ismoilov tomonidan Terapiya va Kardiologiya darslari o'qitiladi qolgan fanlar xam mutahassis ustozlar tomonidan o'qitiladi 🎯 Bizning maqsadimiz — shunchaki imtihonga tayyorlash emas, balki mustahkam fundamental bilimga ega, klinik fikrlaydigan shifokorlarni shakllantirish! 2026-yil Ordinaturada shu tizim asosida o'qigan 430ga yaqin talabadan 350ga yaqini o'qishga Grand va Kontrak asosida 90 % ga yaqini o'qishga kirishdi ⏬Natijalarni ko'ring @MedXAcademy_natijalar ⏬Kurslar haqida fikrlar t.me/MedXAcademy_Rezidentura/1252 ✉️Qabul va ro‘yxatdan o‘tish uchun @MedXAcademy_admin ga murojaat qiling! 🎁🎁🎁🎁🎁 Instagram 📱 Link Asosiy kanalimiz 📱 t.me/MedXAcademiya Kitoblar kanalimiz 📱 t.me/MedX_Books Rezidentura kanalimiz 📱 t.me/MedXAcademy_Rezidentura
Open in TelegramSeptolete Total — bu tomoq og‘rig‘i uchun qo‘llanadigan kombinatsiyalangan dori (pastilka yoki sprey shaklida). 🧪 Tarkibi Asosiy faol moddalar: Benzidamin – og‘riqni kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi Setilpiridiniy xlorid – antiseptik (mikroblarga qarshi) 💊 Ta’siri (nima qiladi) 🤕 Tomoq og‘rig‘ini tez kamaytiradi (taxminan 15 daqiqada) 🔥 Yallig‘lanishni kamaytiradi 🦠 Virus, bakteriya va zamburug‘larga qarshi ta’sir qiladi 👉 Ya’ni, simptomni ham, sababni ham davolaydi. 📌 Qachon ishlatiladi Angina Faringit Laringit Tomoq qichishishi, achishishi O‘RVI (shamollash) paytida tomoq og‘rig‘i Qanday qabul qilinadi Pastilka: Kattalar va 12+ yosh: → 1 dona har 3–6 soatda (kuniga max 4 dona) 6–12 yosh: → 1 dona har 3–6 soatda (max 3 dona) Sprey: Kuniga bir necha marta tomoqga purkaladi (yo‘riqnoma bo‘yicha) ⚠️ Ehtiyot choralar -6 yoshgacha tavsiya etilmaydi -allergiya bo‘lsa ishlatmaslik -homiladorlikda faqat shifokor tavsiyasi bilan @Camu_kitob Obuna bo'lishni unutmang
Open in Telegram🩺 АНАФИЛАКСИЯ: ДАҚИҚАЛАР ҲАЛ ҚИЛАДИГАН ҲОЛАТ Анафилаксия — тез ривожланувчи, ҳаёт учун хавфли системали аллергик реакция. У нафас йўлларининг торайиши ва артериал босимнинг кескин пасайишига олиб келиши мумкин. ⚠️ Терида тошма, юз ёки лаб шиши, нафас қисиши, тахикардия ва бош айланиши — эътиборсиз қолдирмаслик керак бўлган белгилар. 💉 Эсда тутинг: анафилаксияда биринчи қатор дори — адреналин (эпинефрин), мушак ичига юборилади. Шошилинч тиббий ёрдам чақиришни кечиктирманг. Баъзи ҳолатларда бир неча дақиқа ўз вақтида кўрсатилган ёрдам инсон ҳаётини сақлаб қолиши мумкин. Клиник билим — масъулият, масъулият эса ҳаёт билан боғлиқ. https://t.me/Camu_kitob — Обуна бу́лишни есдан чикарманг✅
Open in Telegram"Kitobxonlik oiladan boshlanadi" mazkur shior ostida o'tgan tadbir kitobxonlik madaniyatini shakllantirish,shaxsni mutolaa odatini rivojalantirish,o'qilgan matnni anglash,tahlil qilish va amaliyotga qo'llash ko'nikmalarini yuksaltirishga xizmat qiladi. @Camu_kitob Obuna bo'lishni unutmang
Open in Telegram👁️ KÖZ OLDIDA UÇIB YURADIGAN QORA NUQTALAR — XAVFLIMI? Ba’zan köz oldingizda mayda qora nuqtalar, ipçalar yoki örgimçak töriga öxşaş şakllar paydo böladimi? Bu holat tibbiyotda Myodesopsia (floaters) deb ataladi 🔬 NIMA SABABDAN PAYDO BÖLADI? Közning şişasimon tanasida (corpus vitreum) yoşga boğliq özgarişlar yuz berişi natijasida kollagen tolalari bir-biriga yopişib, mayda agregatlar hosil qiladi. Ularning soyasi tör pardaga tuşib, qora nuqtalar sifatida körinadi ⚠️ QAÇON XAVFLI? Quyidagi belgilar kuzatilsa, zudlik bilan oftalmologga murojaat qiliş kerak: 🔴 Qora nuqtalar birdaniga köpayib ketişi 🔴 Köz oldida çaqnaşlar (fotopsiya) paydo bölişi 🔴 Köriş maydonida qora parda yoki soya paydo bölişi 🔴 Körish ötkirligining pasayişi Bular tör pardaning yirtilişi yoki köçişi belgisi bölişi mumkin ⚠️Esda tuting: Köz oldidagi har bir qora nuqta xavfli emas, ammo tösatdan paydo bölgan özgarişlarni e'tiborsiz qoldirmang!
Open in TelegramCentral Asian Medical University Bayroğimiz — mustaqilligimiz, birdamligimiz va porloq kelajagimiz timsoli. 🇺🇿 Central Asian Medical University hamda Farg’ona Shahar 7-sonli DMTT hamkorlikda! @Camu_kitob Obuna bo'lishni unutmang
Open in TelegramBuyrak saratonining TNM tasnifi Tx- birlamchi o‘smani baholash imkoni yo‘q T0 – o‘sma aniqlanmaydi, T1 – o‘sma buyrak ichida 7 smgacha T1a – o‘sma buyrak ichida 4 smgacha, T1b – o‘sma buyrak ichida 4-7 smgacha T2 – o‘sma buyrak ichida 7 smdan katta T3 – Gerot fassiyasi chegarasidan chiqmagan, yirik vena, qo‘shni to‘qima, buyrak usti beziga o‘sib o‘tgan. T3a – o‘sma buyrak atrofidagi kletchatkaga, buyrak usti beziga o‘sib o‘tgan, ammo Gerot fassiyasi chegarasidan chiqmagan T3b – o‘sma buyrak venasiga o‘sib yoki uning segmentar shoxiga o‘sib o‘tgan, hamda kovak venaning diafragmadan pastki qismiga o‘sib o‘tgan. T4 – Gerot fassiyasidan tashqariga o‘sib o‘tgan. Nx – regionar limfa tugunlar holatini baholash imkoni yo‘q N0 – regionar limfa tugunlarda metastazlar yo‘q N1 – bitta regionar limfa tugunda metastaz bor N2 – bir nechta regionar limfa tugunlarda metastazlar bor Mx – uzoq metastazlarni baholash imkoni yo‘q M0 - uzoqlashgan metastaz yo‘q M1 – uzoqlashgan metastazlar aniqlanadi @Camu_kitob
Open in Telegram📌 Normal EKG va tahlil algoritmi EKG ni har doim bir xil tartibda öqiş kerak — şunda heç bir özgariş e'tibordan çetda qolmaydi. Lenta tezligi 25 mm/s da 1 kiçik katakça = 40 ms, 1 katta katakça = 200 ms. ✅ 1. Ritm: • Sinus ritmi: har bir QRS dan oldin P tişça bor • P tişça I, II, aVF tarmoqlarida musbat, aVR da manfiy • R–R oraliqlari bir xil — ritm muntazam ✅ 2. Yurak qisqarişlari soni: • Norma — 60–100 /daq (<60 — bradikardiya, >100 — taxikardiya) • Muntazam ritmda: 300 ni ikki R orasidagi katta katakçalar soniga yoki 1500 ni kiçik katakçalar soniga böling • Nomuntazam ritmda: 10 soniyadagi QRS lar soni × 6 ✅ 3. Yurak elektr öqi: • Norma — −30° dan +90° gaça • I va aVF tarmoqlarida QRS musbat bölsa — öq normal ✅ 4. Tişçalar va intervallar: • P: davomiyligi <120 ms, balandligi <2,5 mm • PR: 120–200 ms • QRS: <120 ms (odatda 60–100 ms) • QTc: erkaklarda ≤450 ms, ayollarda ≤460 ms • Q: davomiyligi 40 ms dan oşsa — patologik ✅ 5. ST segment va T tişça: • ST segment izoelektrik; J nuqtada 1 mm va undan köp siljiş — patologik • T tişça QRS bilan bir yönalişda, aVR da manfiy • Kökrak tarmoqlarida R tişça V1 dan V5 gaça asta-sekin ösadi 💡 Har bir qadamdan keyin "norma" yoki "özgariş bor" deb belgilang — oxirida xulosa özi tuziladi.
Open in TelegramKanal va kurslarni rivojlantirmoqchi bolgan talabalar Diqqatiga Kanal reklamasi uchun 50% chegirma e’lon qilamiz Murojaat uchun @Kanal_admini1
Open in TelegramKo'zlaringizni yumib, ovozini baland qilb diqqat bilan eshitib ko'ring ketqazgan vaqtizga achinmaysizlar...😇
Open in Telegram🫀FALLO TETRADASI 🔝yurak tug'ma anomaliyasi 🔝sianoz bilan kechadi 🔝4 xil yurak tug'ma nuqsoni bir vaqtda kuzatiladi: 1. o’pka arteriyasining stenozi 2. o’ng qorincha gipertrofiyasi 3. aortaning o’ngga siljishi 4. qorinchalararo to'siq nuqsoni Sianozga sabab -> qorinchalararo to'siq nuqsoni natijasida o'ng qorinchadagi venoz qon chap qorinchadagi arterial qon bilan aralashadi "Tet spells" - chaqaloq terisida vaqtincha (1 minutdan kam) sianoz kuzatilishi. Bu holat chaqaloq yig'laganda va harakat qilgan vaqtda kuzatiladi. @Camu_kitob Obuna bo'lishni unutmang
Open in Telegram