Birgina to‘lqin odamni ham, itni ham olib ketishiga sal qoldi AQShning Oregon shtatidagi Cannon Beach sohilida erkak va uning iti kuchli king tide — yilning eng yuqori suv ko‘tarilishlari sababli xavfli vaziyatga tushib qoldi. Kutilmaganda kelgan ulkan to‘lqin erkakni yiqitib, itini ham suvga tortib ketishiga sal qoldi. Bu hodisalar El Niño bilan bog‘liq ekstremal ob-havo jarayonlari fonida yuz bermoqda. 👉@bz_global👈
Open in TelegramBZ GLOBAL - USA 🇺🇸
🇺🇸 BZ GLOBAL – 🚨 Amerika haqidagi eng tezkor va ishonchli yangiliklar shu yerda! 📲 Murojaat uchun: @bzglobal_admin
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 16, 2026 | 1,270 |
| Nov 17, 2026 | 1,180 |
| Nov 19, 2026 | 1,158 |
| Nov 20, 2026 | 1,100 |
| Nov 22, 2026 | 998 |
| Nov 23, 2026 | 1,060 |
| Nov 24, 2026 | 1,030 |
| Nov 25, 2026 | 945 |
| Nov 27, 2026 | 671 |
Most viewed this month
- 01Views1.41KForwards—Reactions4Comments—
- 02Views1.39KForwards—Reactions4Comments—
- 03Views1.28KForwards—Reactions14Comments—
- 04Views1.25KForwards—Reactions8Comments—
Latest posts
🇺🇸 Tramp Eron bilan Isroilni adashtirib yubordi Jurnalist: Isroilning yangi rahbariyati bilan iырlaырga qanday tayyorgarlik ko‘ryapsiz? Tramp: Ularning armiyasi yo‘q — armiyasi tor-mor etilgan, harbiy-havo kuchlari yo‘q qilingan, floti yakson etilgan, havo hujumidan mudofaa tizimi esa ishdan chiqarilgan. Ular biz yer bilan yakson qilgan yadroviy obyektlari borasida ham hech narsa qila olishmadi. P.S. Tramp bovam bu yoshda jurnalislarning savollariga javob berishga jarakat qilayotganining o‘zi bir katta natija 👉@bz_global👈
Open in TelegramAQSHda lotoreyadan 1 million dollar yutgan migrant bir necha kundan keyin qo‘lga olindi Fox News xabariga ko‘ra, salvadorlik erkak 10 dollarlik chipta orqali yutuqni qo‘lga kiritgan. Pulni olish marosimida uning ulkan chek bilan tushgan surati e’lon qilinganidan bir necha kun o‘tib, immigratsiya politsiyasi uni hibsga olgan. Erkak 2013-yilda AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun qidiruvda bo‘lgan. P.S. Salvadorlik bro, hamma omadini lotorayada ishlatib qo‘yibdida ))) 👉@bz_global👈
Open in Telegram🇺🇸🇺🇿 Donald Tramp o‘zbek ustalarini maqtadi va Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi! 🏛 AQSH Prezidenti Donald Tramp 24-noyabr kuni Truth Social sahifasida Vashingtonda o‘rnatilgan o‘zbek milliy ayvonlari haqida yozib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a uchun minnatdorlik bildirdi. 🪵 Trampning ta’kidlashicha, o‘zbek ustalari oilalaridan bir necha oy uzoqda, murakkab ob-havo sharoitida ishlab, 200 yillik tog‘ yong‘og‘i daraxtlari yog‘ochidan ikki ayvonni bunyod etgan. AQSH prezidenti ularning mahoratiga yuqori baho berdi. 🤝 Tramp sovg‘ani shaxsiy foydalanish uchun saqlab qolmasdan, Amerika xalqiga taqdim etishga qaror qilganini ma’lum qildi. Ayvonlar Vashingtondagi Tidal Basin bo‘yida, Jefferson memoriali va Vashington monumenti yaqinida joylashgan. 🌸 Prezidentning fikricha, kelajakda ushbu ayvonlar sayyohlar, diplomatik tadbirlar, nikoh takliflari va mashhur Cherry Blossom festivali davomida suratga tushish uchun eng sevimli maskanlardan biriga aylanishi mumkin. @bz_global
Open in Telegram🚛 AQSHda migrantlarga Non-Domiciled CDL qaytarilishi mumkin! 🇺🇸 FMCSA yangi CDL cheklovlaridan istisno berish bo‘yicha 5 ta murojaatni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 24-noyabr kuni Federal Register’da rasmiy e’lon berilishi belgilangan. 🪪 Takliflardan biri TPS, Uniting for Ukraine (U4U), boshpana olgan hamda asylum arizasi ko‘rib chiqilayotgan ayrim migrantlarga Non-Domiciled CDL olish yoki yangilash imkoniyatini berishni nazarda tutadi. Tashabbus 93 nafar haydovchining CDL bilan bog‘liq muammolari yuzasidan to‘plangan javoblarga asoslangan. 📅 24-noyabrdan 30 kun davomida jamoatchilik fikri qabul qilinadi. Haydovchilar ham taklifga munosabat bildirishlari mumkin. 🔗 Fikr bildirish: regulations.gov @bz_global
Open in Telegram🚨 Nyu-Yorkda O‘zbekiston fuqarosi ICE tomonidan qo‘lga olingani aytilmoqda 🇺🇸 Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, AQSH immigratsiya xizmati — ICE Nyu-Yorkda 39 yoshli Farmon Qodirovich Karimovni hibsga olgan. 🛂 ICEga nisbat berilgan ma’lumotda Karimov 2023-yilda AQSHning janubiy chegarasidan noqonuniy kirgani, 2024-yilda esa unga nisbatan deportatsiya qarori chiqarilgani aytilmoqda. 👮 Shuningdek, 2026-yil avgustida Nyu-York politsiyasi (NYPD) unga odamga hujum qilish bo‘yicha ayblov qo‘ygani xabar qilingan. Ayblov qo‘yilishi shaxsning aybdor deb topilganini anglatmaydi. ⚖️ Xabarda Karimov hozir ICE hibsida deportatsiyani kutayotgani bildirilgan. Biroq ushbu tafsilotlarning barchasi hozircha mustaqil tasdiqlanmagan. @bz_global
Open in Telegram🇺🇸 AQSHda 21-dekabrdan muhim immigratsiya hujjati o‘zgaradi! 📢 USCIS ma’lum qilishicha, 2026-yil 21-dekabrdan boshlab I-131 formasining faqat yangi — 04/22/26 sanali versiyasi qabul qilinadi. 🛂 Ushbu forma AQSHdan chiqib, qayta kirish uchun Advance Parole yoki Reentry Permit ruxsatnomasini olmoqchi bo‘lganlarga, jumladan ayrim Green Card egalari, qochoqlar va gumanitar dastur ishtirokchilariga tegishli. 📄 Hozircha eski 01/20/25 versiyasini ham topshirish mumkin. Ammo 21-dekabrdan boshlab eski versiyada yuborilgan arizalar rad etiladi va ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi. 🔗 Rasmiy forma: https://www.uscis.gov/i-131 @bz_global
Open in Telegram🇺🇸 Tramp Xitoydagi sammitda uxlab qoldi Xabringiz bor, kuni kecha Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Xitoyga borib keldi. Safar davomida u Rossiya va Xitoy rahbarlari bilan uchrashdi. Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si nutq so‘zlayotgan paytda 80 yoshli Trampning ko‘zlarini yumib, boshini egib o‘tirgani kameralarga muhrlandi. Taxminan 10 soniya davom etgan ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning matbuot xizmati ham videoga munosabat bildirib, Trampni tanqid qildi. Oq uy esa bu ayblovlarni rad etdi. Prezidentning matbuot kotibi Stiven Chungning ta’kidlashicha, Tramp uxlamagan, balki oldidagi hujjatlarni ko‘zdan kechirayotgan bo‘lgan. Qizig‘i, bu Trampning ommaviy tadbirlarda uxlab qolgani haqidagi ilk shov-shuv emas. 👉@bz_global👈
Open in TelegramPT30 — NOW ON SALE ❗️❗️❗️ SAVE NOW ! SPECIAL DISCOUNT ON THE PT30 DEVICE WITH CABLE! 💯 - FIXED PRICE FOR DEVICE AND CABLE - ALL TYPES OF CABLE YOU NEED - 24/7 PICK - UP - SHIPPING AVAILABLE PICK-UP ADDRESS : CINCINNATI OH🇺🇸 Get your device now 🟧 📞+1 (234) 260-6068 📱@SALESPT30
Open in Telegram🚨 Visa, Mastercard va Chase bank mijozlarining ma’lumotlari xakerlar tomonidan o‘g‘irlandi 💻 New York Post nashri xabar berishicha, payshanba kuni xakerlar JPMorgan Chase, Mastercard va Visa tizimlarining minglab mijozlariga tegishli maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi — bu moliya sohasida bir hafta ichida kuzatilgan ikkinchi yirik uzilishdir. 🏦 Chase Bankning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotiga ko‘ra, n0n nomli tovlamachi (ransomware) guruh JPMorgan Chase’ning 16 ming nafar eng badavlat mijozining elektron pochta manzillari, telefon raqamlari va hisob identifikatorlarini (ID) e’lon qilgan. Hujum bankka xizmat ko‘rsatuvchi uchinchi tomon pudratchilariga qaratilgan. - Eng ishonchli bank shu edimi? @bz_global
Open in Telegram