🇺🇿 O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTI ASSAMBLEYASI — TARAQQIYOT UCHUN YAGONA HAMKORLIK MAYDONI
O‘zbekiston Iqtisodiyoti Assambleyasi — davlat, jamoatchilik, xususiy sektor, ilm-fan, ta’lim, ommaviy axborot vositalari va xalqaro hamkorlarning imkoniyatlarini yagona iqtisodiy taraqqiyot maqsadi atrofida birlashtiruvchi institutsional platformadir.
Assambleyaning bosh maqsadi — “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans” g‘oyasi asosida O‘zbekistonni dunyoning yetakchi iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va intellektual markazlaridan biriga aylantirishga munosib hissa qo‘shishdir.
Assambleya faoliyati quyidagi tizim asosida tashkil etiladi:
🔹 50 ta tarmoq uyushmasi orqali tadbirkorlar bilan bevosita aloqa;
🔹 tadbirkorlar va sohalarning muammo hamda ehtiyojlarini aniqlash;
🔹 ularni Assambleyaning 20 ta strategik loyihasi bilan bog‘lash;
🔹 GR, BR, FR va PR yo‘nalishlari orqali davlat, biznes, xalqaro hamkorlar va jamoatchilik bilan tizimli ishlash;
🔹 AI MediaNet orqali faoliyat, natija va tashabbuslarni keng yoritish.
Assambleya investitsiyalarni jalb qilish, eksportni rivojlantirish, milliy kompaniyalarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va biznes o‘rtasidagi samarali muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bizning asosiy tamoyilimiz:
50 ta uyushma tadbirkorlarni birlashtiradi, Assambleya ularning ehtiyojlarini loyihalar va amaliy imkoniyatlar bilan bog‘laydi, GR–BR–FR–PR tizimi esa ularni natijaga olib chiqadi.
🌐 Rasmiy sayt: Assembly.uz
O‘zbekiston Iqtisodiyoti Assambleyasi — birlashgan imkoniyatlar, amaliy hamkorlik va umumiy taraqqiyot sari!