Account

Posts of Buxoroda fan va ta'lim

newest first

#6458Text

❓Talaba qaysi holatlarda öqişdan çetlaştiriladi yoki kursda qoldiriladi? 📄Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarorida talabalarni öqişdan çetlatiş va kursdan-kursga qoldiriş tartiblari belgilangan.   ❓Qanday holatlarda talaba çetlaştiriladi?   Talabalar quyidagi holatlarda oliy ta’lim taşkilotidan çetlaştirilişi mumkin: ➖öz xohişiga köra; ➖öqişini boşqa ta’lim taşkilotiga köçirganda; ➖OTMning içki tartib-qoidalari yoki odob-axloq qoidalarini buzganda; ➖bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganda. Bunda salomatligi sababli belgilangan şakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holatlar bundan mustasno; ➖tölov-kontrakt asosida öqiyotgan talaba belgilangan tölovni öz vaqtida amalga oşirmaganda; ➖sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda; ➖sud qarori bilan kiriş imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda; ➖kursda qoldirilgan talaba öqişini davom ettiriş uçun belgilangan muddatda murojaat qilmaganda; ➖qabul vaqtida taqdim etilgan hujjatlarning qalbaki ekani yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlanganda; ➖talaba vafot etganda. ❓Qanday holatlarda talaba kursdan-kursga qoldiriladi?   Talabalar oliy ta’lim taşkiloti rektori (direktori)ning buyruği bilan quyidagi hollarda kursdan-kursga qoldiriladi: ➖belgilangan muddatlarda fanlarni özlaştira olmaganda (akademik qarzdor bölganda), öquv jarayoni kredit-modul tizimi asosida taşkil etilgan ta’lim yönalişlari bundan mustasno; ➖öquv jarayoni kredit-modul tizimi asosida taşkil etilgan ta’lim yönalişlarida semestr va öquv yili yakuni natijalari böyiça GPA ötiş ballini töplay olmaganda; ➖malakaviy amaliyotga qatnaşmagan, şuningdek, malakaviy amaliyot yakunlari böyiça qoniqarsiz baholanganda. 👉 Buxoroda fan va ta’lim

Open in Telegram
Views995−79%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6457Photo

Diplomsiz qolib ketishi mumkin bo'lgan talabalar haqida! Bizga kelayotgan murojaatlarning aksariyati HEMIS tizimiga kiritilmay qolgan talabalardan bo'lib chiqmoqda. Shunday murojaatlardan birini sizga havola etamiz 👇 Assalomu aleykum! Biz Tosheknt gumanitar fanlar universitetining 1-kurs talabalarimiz. Kontrakt pulini to‘laganmiz, darslarga qatnashyapmiz, lekin HEMIS tizimida yoqmiz umuman ko‘rinmayapti. Ertaga imtihon sessiya yoki kursdan kursga o‘tishda muammo bo‘lib qolmaydimi? Biz hozir talaba hisoblanamizmi yoki yo‘qmi! Iltimos, shu masalaga oydinlik kiritsangiz. Hamma universitetda shundaymi yoki! Qayerga murojaat qilaylik yoritib bering Siz hozir universitetda o'qiyapsiz, kontrakt to'lagansiz, sizni guruhga kiritib, darslar tashkil etilgan. Biroq HEMISda ismingiz bo'lmasa, siz rasman talaba hisoblanmaysiz va diplom ololmaysiz. Amaldagi tartibga ko'ra, HEMIS tizimiga kiritilmagan talabaga diplom shakllantirilmaydi. Talabalikka tavsiya etilgan talabalar haqidagi buyruqlar 1-oktabrdan kechiktirmay HEMISda ro'yxatdan o'tkazilishi shart. "Qishda HEMIS ochilsa, kiritib qo'yamiz" deyayotgan dekanlaringiz bunga kafolat bera olmaydi. Chunki qishda 1-kurs talabasini qabul qilish qonunchilikka zid. Prezidentning PQ-279-son qarorida davlat va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga qabul bir o'quv yilida bir marta — iyun–sentabr oylari oralig'ida amalga oshirilishi aniq belgilab qo'yilgan (batafsil rasmda). Agar sizda ham shunday holat bo'lsa, oliygoh rahbariyatidan rasmiy yozma kafolat xati talab qiling. Aks holda qishda "kirita olmadik" deb, to'lagan kontrakt pulingizni ham qaytarmasliklari mumkin. HEMISda bor-yo'qligingizni o'zingiz tekshiring: my.gov.uz sahifasiga kiring yoki dekanatdan HEMIS ID raqami va parolini so'rang. 👉 Buxoroda fan va ta’lim

Open in Telegram
Views1,830−61%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6456Photo
Views2,210−53%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6454Video

Бухорода уч нафар ўқувчисини дунёнинг ТОП-10 университетларига киритган ўқув маркази раҳбари BYD Chazor автомобили билан тақдирланади Бухоро вилояти ҳокими Ботир Зарипов хусусий ўқув марказлари раҳбарлари ва ёшлар билан учрашув ўтказди. Учрашув давомида вилоятда таълим сифатини ошириш, ёшларни хорижий тиллар ва замонавий билимларга ўқитиш, иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш ҳамда хусусий таълим муассасалари фаолиятини янада ривожлантириш масалалари муҳокама қилинди. Тадбирда эълон қилинган ташаббусга кўра, камида уч нафар ўқувчисини дунёнинг ТОП-10 университетлари қаторига кирувчи олий таълим муассасаларига ўқишга киритган ўқув маркази раҳбари BYD Chazor автомобили билан тақдирланади. Дунёнинг энг нуфузли университетларига кириш осон эмас. Бунинг учун номзоддан юқори академик билим, хорижий тилларни мукаммал билиш, халқаро талабларга жавоб берадиган тайёргарлик ва катта меҳнат талаб этилади. Бироқ ўзбекистонлик ёшлар, жумладан, бухоролик иқтидорли ўқувчилар ҳам бундай юксак натижаларга эришиш мумкинлигини кўп бор исботлаган. Хусусан, «Эл-юрт умиди» жамғармаси орқали ҳам кўплаб ёшлар дунёнинг нуфузли университетларида таҳсил олиш имкониятига эга бўлмоқда. Шунингдек, халқаро олимпиадалар ғолиблари, Президент мактаблари ва ихтисослаштирилган таълим муассасалари битирувчилари орасидан етакчи хорижий олийгоҳларга қабул қилинган ёшлар етишиб чиқмоқда. Университетларнинг халқаро нуфузини баҳолашда QS World University Rankings ва Times Higher Education (THE) рейтинглари энг эътиборли халқаро рейтинглар ҳисобланади. Уларда академик нуфуз, таълим сифати, илмий тадқиқотлар, халқаро ҳамкорлик ва бошқа муҳим кўрсаткичлар инобатга олинади. QS World University Rankings 2027 рейтинги бўйича: Massachusetts Institute of Technology (MIT) — АҚШ. Imperial College London — Буюк Британия. Stanford University — АҚШ. University of Oxford — Буюк Британия. Harvard University — АҚШ. University of Cambridge — Буюк Британия. California Institute of Technology (Caltech) — АҚШ. ETH Zurich — Швейцария. University College London (UCL) — Буюк Британия. National University of Singapore (NUS) — Сингапур. Times Higher Education (THE) World University Rankings 2027 рейтинги бўйича: University of Oxford — Буюк Британия. Massachusetts Institute of Technology (MIT) — АҚШ. Princeton University — АҚШ. Stanford University — АҚШ. University of Cambridge — Буюк Британия. Harvard University — АҚШ. California Institute of Technology (Caltech) — АҚШ. Imperial College London — Буюк Британия. University of California, Berkeley — АҚШ. Yale University — АҚШ. Ҳар икки рейтингда ҳам АҚШ ва Буюк Британия университетлари етакчилик қилмоқда. MIT, Oxford, Stanford, Cambridge, Harvard, Caltech ҳамда Imperial College London икки рейтингнинг ҳам ТОП-10 талигидан жой олган. Мазкур ташаббуснинг аҳамияти шундаки, у нафақат ўқув марказлари, балки педагоглар, ота-оналар ва ёшлар олдига ҳам катта мақсад қўяди. Зеро, бугунги кунда Бухородан туриб дунёнинг энг нуфузли университетларига кириш, халқаро миқёсда билим ва салоҳиятни намоён этиш учун имкониятлар мавжуд. Энг муҳими, бу имкониятлардан фойдаланиш учун ёшларга сифатли таълим, малакали устозлар ва муносиб рағбат керак. 👉Бухорода фан ва таълим

Open in Telegram
Views5,860+24%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6453Photo
Views3,610−24%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6452Photo
Views3,080−35%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6451Photo
Views3,310−30%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6444Text

❗️Milliy sertifikat imtihonlarida joylar limiti bekor qilindi Ma’lumki, 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq test natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 21 ish kunidan kechikmay xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi va e’lon qilinadi. Unga ko‘ra imtihon natijalari noyabr oyining oxirida e’lon qilinishi kerak bo‘lsa-da, talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida natijalarni ertaroq e’lon qilish va shundan so‘ng navbatdagi imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishni boshlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari kun yakuniga qadar my.gov.uz saytida e’lon qilinadi. Ushbu fanlardan navbatdagi imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-noyabrdan 4-dekabrga qadar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va 5-dekabr kuniga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 2026-yilning 2-yarmida imtihon o‘tkaziladigan sanalarni oldindan aniq belgilash va imtihonlarni sifatli tashkil etish maqsadida hududlar bo‘yicha oʻtirish oʻrinlari sonini belgilash va shundan kelib chiqqan holda talabgorlarni ro‘yxatga olish belgilangan edi. Lekin ushbu holat ko‘pchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinayotgani sababli navbatdagi milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish o‘rinlar soni belgilanmagan holda amalga oshirilishi belgilandi. ❕ Shu sababli imtihonlar qaysi sanada o‘tkazilishi talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng ularning soni va hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib chiqqan holda belgilanadi va imtihon boshlanishidan 7 kun oldin e’lon qilinadi. (c) Bilimni baholash agentligi 👉 Buxoroda fan va ta’lim

Open in Telegram
Views4,770+1%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6443Photo
Views3,250−31%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6442Video
Views2,670−44%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6441Video
Views2,820−40%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6440Photo
Views2,880−39%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—