📌 Intellektual mulk – innovatsion taraqqiyot va muvaffaqiyatli biznes poydevori!
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining Buxoro viloyati filiali tomonidan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, tadbirkorlar, ixtirochilar va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Filial tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda amaliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda:
🔹 Tovar belgilari (brendlar) va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
🔹 Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalariga patent olish;
🔹 EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
🔹 Geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy muhofaza qilish;
🔹 Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish;
🔹 Litsenziya va huquqlarni o‘tkazish shartnomalarini rasmiylashtirish;
🔹 Intellektual mulk sohasida huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish.
🎥 Ushbu videorolik orqali Buxoro viloyati filialining faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
Brendingizni himoya qiling, ixtirongizni patentlang, intellektual mulkingizni daromad manbaiga aylantiring!
📞 907887785
#IntellektualMulk #Buxoro #Adliya #Brend #Patent #Innovatsiya #Tijoratlashtirish