🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
FAVQULODDA VAZIYATLARDA HAMKORLIKDA HARAKAT QILISH BO‘YICHA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
👀 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari binosida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
📝 Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotining mavzusi — «Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari».
➡️ Mashg‘ulot davomida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda mas’ul xodimlarning vazifalari, xavf haqida xabar berish, xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, o‘zaro hamkorlikni tashkil etish hamda favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur harakatlar tushuntirildi.
❗️ Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tezkor va muvofiqlashtirilgan harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, inson hayoti va salomatligini muhofaza qilishning ustuvorligi alohida ta’kidlandi.
➡️ Bunday maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi — xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va tegishli xizmatlarning hamkorligini mustahkamlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarga tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat.
#Taktik_maşğulot #FVB_Buxoro #Kadastr #Buxoro
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube