🤖 YUNESKO: O‘QITUVCHILAR UCHUN BEPUL ONLAYN KURSLAR! 📢 YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari instituti (UNESCO IITE) oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun yangi onlayn o‘quv dasturini ishga tushirdi! 📚 Kurslar mavzusi: ▪️ Sun’iy intellekt ▪️ Media va axborot savodxonligi 👥 Kimlar uchun: OTM professor-o‘qituvchilari ✅ Afzalliklari: 🆓 To‘liq BEPUL 🕐 Mustaqil o‘qish shaklida: o‘zingizga qulay vaqtda va tezlikda o‘qiysiz 💻 To‘liq onlayn 💡 Sun’iy intellektni dars jarayoniga qanday qo‘llashni o‘rganmoqchimisiz? Bu xalqaro tashkilotdan bilim olish uchun ajoyib imkoniyat! 🔗 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://iite.unesco.org/news/teach-and-learn-with-ai-new-unesco-iite-online-courses-for-educators-are-launched/ #YUNESKO #UNESCO #sun_iy_intellekt #onlayn_kurs #malaka_oshirish #o_qituvchilar #BuxDU
Open in TelegramPosts of BuxDUda xalqaro hamkorlik
🌍 STENFORD UNIVERSITETI XALQARO TANLOVI: GLOBAL SUSTAINABILITY CHALLENGE 📢 Stenford universitetining Barqaror rivojlanish maktabi (Stanford Doerr School of Sustainability) Global Sustainability Challenge xalqaro tanlovining ikkinchi mavsumini (2026–2027) e’lon qildi! 🎯 Tanlov nima haqida: Talabalar barqaror rivojlanish sohasidagi muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqadi. 👥 Kimlar qatnasha oladi: Butun dunyo, jumladan Markaziy Osiyo oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari, magistrantlari va doktorantlari 📊 Birinchi mavsum natijalari: ▪️ 91 ta davlat ▪️ 3 500 dan ortiq talaba ▪️ 845 ta loyiha jamoasi 💰 Umumiy mukofot jamg‘armasi — 35 000 AQSh dollaridan ortiq! 💡 Barqaror rivojlanish bo‘yicha g‘oyangiz yoki loyihangiz bormi? Uni dunyoning eng nufuzli universitetlaridan birida taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ⏳ Arizalar 2026-yil 22-noyabrgacha qabul qilinadi! 📝 Ishtirok shartlari, bosqichlar va ro‘yxatdan o‘tish: 🔗 www.globalsustainabilitychallenge.org #Stanford #tanlov #barqaror_rivojlanish #xalqaro_tanlov #talabalar #BuxDU #Grantlar
Open in Telegram🇨🇭Shveysariyada xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Lucerne Summer University Moliyalashtirish: To'liq Til talabi: Ingliz tili (Sertifikat shart emas) Kimlar uchun ➡️Yo'nalishidan qat’i nazar barcha magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin; ➡️Ushbu dasturda oldin qatnashmagan bo'lishi shart. Foydali tomonlari ➡️Dasturda bepul qatnashish mumkin; ➡️Sayohat, turar joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi; ➡️ Dasturni muvaffaqiyatli tugatganlar kredit tizimi bo'yicha 6 ball (6 ECTS) bilan taqdirlanadi. Dastur haqida ➡️Dastur YUNESKO homiyligida 2027-yil 30-aprel – 5-may kunlari Shveysariyaning Lutsern shahrida bo'lib o'tadi. 🕒Oxirgi muddat: 31-dekabr, 2026 🔗Batafsil: grantgo.uz/go/59857 #yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Shvetsariya 💼 GrantGO | MentorGO | EventGO @buxdu_grantlar
Open in Telegram🇺🇸AQShda toʻliq moliyalashtiriladigan 10 haftalik yozgi amaliyot — LPI Summer Intern Program Moliyalashtirish: To'liq Til talabi: Ingliz tili (IELTS/TOEFL) Kimlar uchun ➡️Kamida 50 kredit soat o'qigan talabalar ishtirok etishlari mumkin (Bu O'zbekistondagi ta'lim tizimida 2 yoki 3 semestrga to'g'ri keladi); ➡️ Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr talabalari topshira oladi. Foydali tomonlari ➡️Yashash va turar-joy xarajatlari uchun stipendiya; ➡️AQShga borish-kelish uchun qo’shimcha moliyaviy yordam; ➡️NASA markazlari va laboratoriyalariga ekskursiyalar. Dastur haqida ➡️Ishtirokchilar AQShdagi Oy va Sayyoralar institutida 2027-yil 7-iyundan 13-avgustgacha amaliyot olib borishadi. 🕓Oxirgi muddat: 14-dekabr, 2026 🔗Batafsil: grantgo.uz/go/40312 #grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh 💼 GrantGO | MentorGO | EventGO @buxdu_grantlar
Open in Telegram🌟 “EUROPIAN STASR” II XALQARO TANLOVI — TOSHKENTDA! 📢 Iqtidorli yoshlar, sizga ajoyib imkoniyat! “Mening yurtim” va “Renessans” telekanallari bir qator vazirlik va idoralar bilan birga “EUROPIAN STASR” II xalqaro tanlovini o‘tkazadi. 📅 Sana: 2026-yil 20–22-noyabr 📍 Joy: Toshkent shahri 🎯 Maqsad: Respublikadagi iqtidorli yoshlarni topish va ularning ijodini keng ommaga tanitish. 🔹 Tanlov davomida: ✅ Mahorat darslari ✅ Ijodiy uchrashuvlar 🏆 Bilasizmi? Prezidentning 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmoniga ko‘ra, madaniyat, san’at va adabiyot sohasidagi nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari davlat byudjeti hisobidan bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi! 🎤 O‘z iste’dodingizni ko‘rsatish va xalqaro sahnada tanilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! #tanlov #iqtidorli_yoshlar #madaniyat #san_at #Toshkent #BuxDU #talabalar
Open in Telegram📢 DIQQAT! XALQARO OCHIQ MA’RUZAGA TAKLIF ETAMIZ! “Cyber Heroes: Sun’iy intellekt davrida internetda xavfsiz qolish” Buxoro davlat universiteti barcha qiziquvchilarni Lancaster universiteti (Buyuk Britaniya) professori, Dr Amjad Fayoumi ishtirokidagi xalqaro ochiq ma’ruzaga taklif etadi. Ma’ruza davomida quyidagi mavzular yoritiladi: 🔹 Internetda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish; 🔹 Kiberfiribgarlik va soxta xabarlarni aniqlash; 🔹 Sun’iy intellekt imkoniyatlari va uning xavfsizlik bilan bog‘liq xatarlari; 🔹 Kuchli parollar va akkauntlarni himoyalash usullari. Tadbir interaktiv shaklda, amaliy misollar, qiziqarli o‘yinlar va savol-javoblar asosida tashkil etiladi. 📅 Sana: 2026-yil 16-noyabr (bugun) 🕓 Vaqt: 16:00–17:30 📍 Manzil: Buxoro Yoshlar markazi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 10-uy. 🌐 Format: Gibrid (oflayn va Zoom orqali onlayn). Ma’ruza ingliz tilida olib boriladi. Mukammal ingliz tilini bilish yoki IT sohasida tajribaga ega bo‘lish talab etilmaydi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish: https://worldclasslectures.com/sessions/lancaster-cyber-heroes-bukhara-2026-11-16?lang=en Barchangizni zamonaviy raqamli dunyoda xavfsiz bo‘lish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishga chorlaymiz! Buxoro davlat universiteti
Open in Telegram🎭 XXV XALQARO ILMIY-IJODIY FORUM “ILMIY MAKTABLAR. XXI ASR FAN VA MADANIYATIDA YOSHLAR” 📢 Chelyabinsk davlat madaniyat instituti (Rossiya) yosh tadqiqotchilar va san’at arboblarini xalqaro forumga taklif qiladi! 🎯 2026-yilgi markaziy mavzu: “Zamonaviy madaniyatning qonuniyatlari va paradokslari: dolzarb konsepsiya va amaliyotlar tahlili” 🖥 Format: ochiq va sirtqi 👥 Kimlar uchun: aspirantlar, stajyor-assistentlar, doktorantlar, fan nomzodlari va doktorlari 🔹 Forum yo‘nalishlari: ▪️ Madaniyatni bilish diskurslari ▪️ Tarbiya tizimi qadriyatlari: an’ana va innovatsiyalar ▪️ Tarixiy madaniyat ▪️ Sivilizatsion chaqiriqlar sharoitida falsafa ▪️ Ijtimoiy-madaniy soha: dolzarb amaliyotlar ▪️ Zamonaviy san’at: chaqiriqlar va talqinlar ▪️ An’anaviy xalq madaniyati ▪️ Kitob madaniyati: raqamli davrdagi o‘zgarishlar 📚 Eng yaxshi maqolalar to‘plamda chop etiladi. To‘plam eLIBRARY va institut saytida joylashtiriladi. 📄 Maqolaga talablar: ▪️ Hajmi 5–7 bet, originalligi kamida 75% ▪️ Times New Roman, 14 kegl, 1,5 interval, barcha hoshiyalar 2,5 sm ▪️ Adabiyotlar ro‘yxati GOST R 7.0.100-2018 bo‘yicha ⚠️ Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan va muallif tomonidan qayta ishlanmagan matnlar qabul qilinmaydi 💰 Tashkiliy badal: 600 rubl ✅ Xorijiy ishtirokchilar, aspirantlar va fan doktorlari badaldan OZOD! 📖 Bosma to‘plam alohida buyurtma qilinadi (taxminan 400 rubl) 📧 Maqolalarni yuborish: [email protected] (Fayl nomi: muallif familiyasi; xat mavzusi: “Familiya I.O. Научные школы-2026”) 📞 Murojaat uchun: ▪️ Menshenina Yelena Sergeyevna — [email protected], +7 (351) 268-95-22 (ichki 2-06) ▪️ Katricheva Tatyana Yuryevna — [email protected], +7 (351) 263-28-45
Open in TelegramUTRIP: Bakalavrlar uchun Yaponiyaning Tokio universitetida haq toʻlanadigan yozgi amaliyot! Bu dasturga tabiiy fanlar yoki ularga aloqador sohalarda tahsil olayotgan bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin. Amaliyot mashgʻulotlari 2027-yil iyun-avgust oylaridagacha bo'lib o'tadi (ingliz tilida). Amaliyot davomida ishtirokchilar tegishli laboratoriyalardagi tadqiqotlarda qatnashadi. Iqtisodiy imtiyozlar: – 1075 dollargacha bir martalik mablagʻ – Bepul turar joy taʼminlanadi Arizalar 2026-yil 12-noyabrdan 25-dekargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/utrip-amaliyot-dasturi/ @grantlar 🔗 Batafsil @buxdu_grantlar
Open in Telegram🌊 XIII OQ DENGIZ (BELOMORSK) TALABALAR FORUMI — ARXANGELSK, ROSSIYA 📢 Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) federal universiteti (SAFU) faol talabalarni XIII Belomorsk talabalar forumiga taklif qiladi! Buxoro davlat universiteti ham taklif qilingan oliygohlar ro‘yxatida bor. 📅 Sana: 2026-yil 4–6-dekabr 📍 Joy: SAFU, Arxangelsk sh., Rossiya 👥 Qatnashchilar: oliy va o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalaridan 250 nafar talaba 🎯 Forumda ishbilarmonlik muloqoti, yangi tanishuvlar, ijodiy salohiyatni rivojlantirish va innovatsion yutuqlarni namoyish qilish imkoni bor. Beshta yo‘nalishda master-klass, trening va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tadi. 🔹 Forum maydonchalari: 🔬 “Tadqiqotlar dengizi” — talabalar ilmiy jamiyati a’zolari va yosh tadqiqotchilar uchun: strategik sessiya, keyslar tahlili, ilmiy networking 🔄 “O‘zgarishlar dengizi” — talabalar tashkilotlari rahbarlari uchun: tajriba almashish, faollarni jalb qilish va rag‘batlantirish usullari 📱 “E’tibor dengizi” — talabalar mediasi va OTM ijtimoiy tarmoqlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun: keyslar, real misollar bilan ma’ruzalar 🧭 “Kashfiyotlar dengizi” — Rossiya Shimolining madaniyati va an’analari, talabalar turizmini rivojlantirish 🚀 “Imkoniyatlar dengizi” — shaxsiy rivojlanish, liderlik ko‘nikmalari, talabalar o‘zini o‘zi boshqarishi 💰 Moliyaviy shartlar: ✅ Ovqatlanish, yashash, forum ramzlari va tarqatma materiallar — qabul qiluvchi tomon hisobidan ❗️ Arxangelskka borish-qaytish yo‘l xarajatlari — o'z hisobingizdan 🗓 Ketish: 7-dekabr ⏳ Arizalar 2026-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi! 📞 Murojaat uchun: Kogacheva Yelena Sergeyevna, SAFU ijtimoiy va tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i ☎️ +7 981 405-43-53 📧 [email protected]
Open in TelegramForwarded from "El-yurt umidi" Foundation
#EYUF_tanlov ⚡️ “El-yurt umidi” jamğarmasi 2026-yil 2-oçiq stipendiya tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi. Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali 2026-yil 1-noyabrdan 15-noyabrga qadar (şu kunning özida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi. “El-yurt umidi” jamğarmasining 2026-yilgi 2-oçiq stipendiya tanlovini taşkil etiş va ötkaziş jadvali asosida öz vaqtingizni rejalashtiring. Telegram|Facebook|Instagram|El-yurt.uz
Open in Telegram📢 BuxDU olimlari, tadqiqotchilari va doktorantlari diqqatiga! 🌍 Buxoro davlat universiteti UI GreenMetric tomonidan Abu-Dabi universitetida (BAA) o’tkaziladigan ikkita nufuzli xalqaro tadbirga taklif qilindi: 🔹 ICASF 2027: 4th International Conference on Advancing Sustainable Futures 📅 2027-yil 13–14-yanvar Mavzu: “Reimagining the Future: Technology, Innovation, and Interdisciplinary Solutions for Global Impact” 🔹 ISLM 2027: 2nd International Sustainability Leaders Meeting 📅 2027-yil 15-yanvar Mavzu: “From Commitment to Measurable Impact: Leading Sustainable Universities in the AI Era” 📚 Nashr imkoniyatlari: ✅ 44 ta Scopus jurnali va 5 ta konferensiya materiallari to’plami (Springer proceedings bilan) ✅ Wiley maxsus to’plami: 35 ta Scopus jurnali, asosan Q1–Q2 ✅ Maqolani onlayn taqdim etish ham mumkin 🗓 Muhim sanalar: ▪️ Tezislar: 15-noyabrgacha ▪️ Qabul haqida xabar: 17-noyabr ▪️ To’liq maqola: 20-noyabr ▪️ Ro’yxatdan o’tish: 25-noyabrgacha 💳 UI GreenMetric taklifnomasi bo’yicha ro’yxatdan o’tish to’lovi: ▪️ To’liq 3 kun (maqola bilan yoki maqolasiz): 350 USD + QQS ▪️ Faqat ISLM 2027 (15-yanvar): 200 USD + QQS ⚠️ Ro’yxatdan o’tishda “Invited by UI GreenMetric” toifasini tanlang. 🔗 Havolalar: 🌐 ICASF 2027: https://www.adu.ac.ae/icasf 🌐 ISLM 2027: https://www.adu.ac.ae/global-mobility/international-conferences/islm/2nd-islm 📝 Ro’yxatdan o’tish: https://eforms.adu.ac.ae/icasf/ 📤 Maqola yuborish: https://cmt3.research.microsoft.com/ICASF2027/Submission/Index 📄 Call for Papers: https://cdn.adu.ac.ae/images-container/docs/default-source/icasf-docs/icasf-2027-cfp.pdf 🚀 Tadqiqotlaringizni xalqaro miqyosda taqdim eting, nufuzli jurnallarda nashr qiling! #BuxDU #UIGreenMetric #ICASF2027 #ISLM2027 #Scopus #Konferensiya
Open in Telegram🇨🇳 XITOYDA 15 KUNLIK MALAKA OSHIRISH DASTURI! 📢 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) ta’lim tashkilotlari rahbarlari va xodimlarini Xitoy Xalq Respublikasida o‘tadigan xalqaro malaka oshirish dasturiga taklif qiladi! 🤖 Mavzu: “Sun’iy intellekt, raqamli media va zamonaviy avtosanoat” 📅 Sana: 2026-yil 19-noyabr – 4-dekabr 📍 Joy: Chongqing (Chunsin) shahri, Xitoy 🏛 Tashkilotchi: Chongqing Technology and Business Institute (CTBI) 👥 Kimlar qatnasha oladi: ▪️ Oliy ta’lim tashkilotlari, litsey va texnikumlar rahbarlari ▪️ Kafedra mudirlari ▪️ Professor-o‘qituvchilar ▪️ Tadqiqotchilar 🔹 Dastur davomida siz: ✅ O‘quv va ilmiy ishda sun’iy intellekt yordamida poster, ko‘p tilli matn va video tayyorlashni o‘rganasiz ✅ BYD kompaniyasining FinDreams Battery hamda Seres zavodlarida yangi energiyali avtomobillar ishlab chiqarilishini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz ✅ O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma seminarida xalqaro jamoa bilan loyiha ustida ishlaysiz 🎓 Dastur oxirida CTBI xalqaro sertifikati beriladi! ⏳ Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 10-noyabrda tugaydi. Shoshiling! 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: Telegram — @China_programm 📞 Batafsil ma’lumot: +998 93 264 43 10 #malaka_oshirish #Xitoy #sun_iy_intellekt #xalqaro_dastur #BuxDU #o_qituvchilar
Open in TelegramBarcha xarajatlari qoplanadigan 1 yillik malaka oshirish dasturi; 4 oygacha AQSHda amaliyot oʻtaladi! Community Solutions Program – 27-39 yoshli yetakchilar uchun 1 yillik malaka oshirish dasturi; ishtirokchilar yuzma-yuz va onlayn kurslarda qatnashadi, 4 oy AQSHda amaliyot oʻtaydi. Imkoniyatlar: – J-1 viza olishda yordam beriladi. – AQSHga borish va kelish uchun aviachipta bilan taʼminlanadi. – Yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiya beriladi. – Baxtsiz hodisalar va kasallikka qarshi sugʻurta qilinadi. Arizalar 2026-yil 24-noyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/community-solutions-program-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-1-yillik-oquv-va-amaliyot-dasturi/ @grantlar 🔗 Batafsil @buxdu_grantlar
Open in Telegram🇫🇷MOPGA Visiting Fellowship — Fransiyada 1 yil davomida tadqiqot olib borish imkoniyati; €2,500 oylik stipendiya! Moliyalashtirish: Stipendiya Til talabi: Ingliz tili Kimlar uchun ➡️Fransiya fuqaroligiga ega bo'lmagan; ➡️Doktorlik darajasiga ega bo'lganiga 5 yildan oshmagan tadqiqotchilar (2021-yil dekabridan 2026-yil dekabrigacha dissertatsiya himoyasidan o'tgan bo'lishi kerak) hujjat topshirishi mumkin. Foydali tomonlari ➡️Oylik stipendiya - €2,500; ➡️Fransiyaga kelganda turar-joyga joylashish xarajatlari uchun €500; ➡️Ijtimoiy xavfsizlik sug’urtasi bo'yicha yordam; ➡️Tibbiy sug’urta. Dastur haqida ➡️Ushbu dastur yosh tadqiqotchilarga Fransiyada stipendiya asosida tadqiqot qilish imkonini beradi. 🕓Oxirgi muddat: 15-dekabr, 2026 ➡️Batafsil: grantgo.uz/go/64048 #hamdoʻstlik_dasturlari #stipendiya #Fransiya 💼 GrantGO | MentorGO | EventGO @buxdu_grantlar
Open in Telegram🇯🇵Yaponiyada barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot-tadqiqot dasturi - UTokyo Amgen Scholars Moliyalashtirish: To'liq Til talabi: Ingliz tili (IELTS - 5,5) Kimlar uchun ➡️Dasturda biologiya va shunga yaqin sohalardagi bakalavr talabalari qatnasha oladi; ➡️Bakalavriatning kamida 1-kursini tugatgan bo'lish kerak; ➡️Nomzodlar yuqori akademik ko'rsatkichlariga ega bo'lishlari kerak va b. Foydali tomonlari ➡️ Bepul turarjoy bilan ta'minlanadi; ➡️ 280,000 Yapon iyenasi miqdorida stipendiya beriladi; ➡️ Aviachipta olish uchun alohida mablag' ajratiladi. Dastur haqida ➡️Ushbu amaliyot real tadqiqotlar asosida Yaponiyadagi 1-raqamli universitet – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi. ⏰️Oxirgi muddat: 1-fevral, 2027 ➡️Batafsil: grantgo.uz/go/57994 #tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Yaponiya 💼 GrantGO | MentorGO | EventGO @buxdu_grantlar
Open in Telegram🇨🇳Xitoyda magistraturani o'qish uchun to'liq grant - Yenching Academy Scholarship Moliyalashtirish: To'liq Til talabi: Ingliz tili (IELTS: 7) Kimlar uchun ➡️Bakalavr diplomiga ega bo'lishi yoki yoki 2027-yil 31-avgustga qadar diplomini qo'lga kiritadigan bo'lishi kerak; ➡️Yuqori akademik natijalarni qayd etgan bo'lishi lozim. Foydali tomonlari ➡️ To'liq grant asosida bepul o'qish imkoniyati; ➡️ Bepul yotoqxona; ➡️ Oylik stipendiya; ➡️ Xitoyga borish-kelish xarajatlari qoplanadi. Dastur haqida ➡️Dasturga har yili 120 ta talaba grant asosida o‘qishga qabul qilinadi. Xalqaro talabalarning ulushi 75%ni tashkil etadi. 🕓Oxirgi muddat: 30-noyabr, 2026 🔗Batafsil: grantgo.uz/go/09042 #grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Xitoy 💼 GrantGO | MentorGO | EventGO @buxdu_grantlar
Open in Telegram🌍 YUNESKO TANLOVI: BARQAROR RIVOJLANISH UCHUN TASHABBUSLAR 📢 YUNESKO “Barqaror rivojlanish uchun fanlar xalqaro o‘n yilligi” doirasida to‘rtinchi tanlovni e’lon qildi! 🎯 Maqsad: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash. 👥 Kimlar qatnashishi mumkin: Talabalar va professor-o‘qituvchilar. 🏆 Tanlangan tashabbuslar quyidagilarga ega bo‘ladi: ✅ “Barqaror rivojlanish uchun fanlar xalqaro o‘n yilligi” logotipidan foydalanish huquqi ✅ Xalqaro miqyosda tanilish ✅ Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati 📝 Ariza topshirish platformasi: 🔗 https://webforms.unesco.org/en/form/pbs003 🌐 Batafsil ma’lumot: 🔗 https://www.un-sciences-decade.org/en ⏳ Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15-noyabrgacha! 💡 G‘oyangiz bormi? Uni xalqaro maydonga olib chiqish vaqti keldi! Imkoniyatni boy bermang! #YUNESKO #UNESCO #tanlov #barqaror_rivojlanish #ilm_fan #BuxDU #talabalar
Open in Telegram⚡️ “ENERGOTIZIMLAR KELAJAGI” — XALQARO YOSHLAR ENERGETIKA FORUMI 🎓 Moskva energetika instituti (MEI) 35 yoshgacha bo‘lgan talabalar, aspirantlar, yosh olimlar va mutaxassislarni forumda qatnashishga taklif qiladi! 📅 Sana: 2026-yil 11–12-noyabr 📍 Manzil: Rossiya, Moskva sh., Krasnokazarmennaya ko‘ch., 14-uy, 1-bino 🗣 Til: rus va ingliz tillari 🏢 Format: oflayn 🔹 Forum seksiyalari: ▪️ Energotizimlarning ishlashi va boshqaruvi ▪️ Energotizimlarning texnik xususiyatlari ▪️ Elektr energiyasi sifatini boshqarish ▪️ Energotizimlarni rivojlantirishni rejalashtirish, elektr energiyasi bozorlari va iqtisodiyot ▪️ Faol taqsimlash tizimlari va taqsimlangan energoresurslar 🤝 Forumda energetika kompaniyalari rahbarlari, Rossiya va xorijiy mamlakatlardan yosh olimlar bilan muloqot qilish imkoni bor. 📚 Ma’ruzalar to‘plami RINTS (РИНЦ) bazasida indekslanadi. 🏆 Eng yaxshi ishlar mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi! 💰 Moliyaviy shartlar: ✅ Qatnashish va maqola chop etish — BEPUL ✅ Forum davomida ovqatlanish, ishchi va madaniy dasturni MEI ta’minlaydi ❗️ Yo‘l, Moskvada yashash va tibbiy sug‘urta xarajatlari qatnashchi hisobidan 🏛 Tashkilotchilar: “Rosseti” PAJ, SIGRE RMQ, “MEI” Milliy tadqiqot universiteti 📝 Ro‘yxatdan o‘tish va ma’ruza materiallarini yuborish: 🔗 https://interenergyforum.ru/ 📞 Murojaat uchun: Gulicheva Yelena Gennadyevna ☎️ +7 495 362-70-02 📧 [email protected] #forum #energetika #MEI #yoshlar #ilm_fan #Moskva
Open in TelegramUTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi! Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 10 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi. Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin. Amaliyot sanasi: 2027-yil 4 2-iyundan 2-avgustgacha. Imtiyozlar: – Bepul turar joy – 280 000 JPY (1773 dollar) stipendiya – Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta Arizalar 2027-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/ @grantlar 🔗 Batafsil @buxdu_grantlar
Open in TelegramVienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi makta Bu maktabda 2026-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin. Maktab 2027-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi. Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi: – Bepul turar joy – Tibbiy sugʻurta – 1400 yevro stipendiya – Jamoat transportidan bepul foydalanish – Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi – Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar – Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi. Arizalar 2026-yil 15-noyabrdan 2027-yil 11-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/ @grantlar 🔗 Batafsil @buxdu_grantlar
Open in Telegram