Prezident maktubi – yoşlar uçun hayotiy saboq Buxoro davlat pedagogika institutida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan samimiy maktubi mazmun-mohiyatiga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi. Unda institut rektori Bahodir Ma’murov talabalar bilan uçraşib, Prezident maktubida ilgari surilgan ezgu ğoyalar, hayotiy saboqlar, yoş avlodning ma’naviy kamoloti hamda bugungi kun yoşlari oldida turgan muhim vazifalar yuzasidan atrofliça fikr almaşdi. Dastlab Prezident maktubining mazmuni talabalarga öqib eşittirildi. Şundan söng unda ilgari surilgan fikrlar, hayotiy xulosalar va yoşlar uçun muhim ahamiyat kasb etadigan masalalar muhokama qilindi. Suhbat davomida Vatanga muhabbat va sadoqat, ilm-ma’rifatga intiliş, vaqtni qadrlaş, zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalaniş, milliy qadriyatlar va ajdodlar merosiga hurmat, şuningdek, yuksak ma’naviyatli va keng dunyoqaraşga ega bölişning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi Institut rektori Bahodir Ma’murov öz sözida bugungi yoşlar zimmasida mamlakat kelajagi, uning taraqqiyoti va ravnaqi yölida munosib hissa qöşişdek ulkan mas’uliyat borligini ta’kidladi. Buning uçun, eng avvalo, çuqur bilim egallaş, mustaqil fikrlaş, izlanişdan töxtamaslik, tanlagan kasbiga sadoqat bilan yondaşiş hamda yuksak insoniy fazilatlarni özida mujassam etiş zarurligini qayd etdi. Şuningdek, uçraşuvda talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, Prezident maktubida aks etgan hayotiy saboqlarni kundalik faoliyatda qöllaş, bilim oliş va şaxsiy rivojlanişga doimiy intiliş muhimligi ta’kidlandi. Samimiy va mazmunli muloqot ruhida ötgan davra suhbati talabalarda Vatanga daxldorlik tuyğusini yanada mustahkamlaş, ularda yuksak ma’naviy fazilatlar, fuqarolik mas’uliyati va kelajakka bölgan işonçni şakllantirişga xizmat qildi. 👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 541 |
| 5 h | 975 |
- After 1 hour541
- After 6 hours975
- Total to date975