На семинаре педагогического клуба «От учителя к учителю» в Самарканде тренер Джамиля Махмудовна Нурмухамедова, учитель школы #1 города Джизак поделилась своим опытом работы с коллегами.
Open in Telegram
"BOSHLANG’ICH TA’LIM" jurnali
📘Jurnalni 👉www.btshop.uz’ dan sotib oling! Sayt: www.bt-jurnal.uz Bot: @jurnalga_maqola_yuborish_bot Pochta: [email protected] Instagram: https://www.instagram.com/boshlangichtalim?igsh=M2g0ZzV0ZHl6aDY=
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 9, 2026 | 450 |
| Nov 10, 2026 | 419 |
| Nov 12, 2026 | 501 |
| Nov 14, 2026 | 517 |
| Nov 15, 2026 | 341 |
| Nov 16, 2026 | 328 |
| Nov 18, 2026 | 341 |
| Nov 19, 2026 | 385 |
| Nov 20, 2026 | 245 |
| Nov 22, 2026 | 199 |
| Nov 23, 2026 | 164 |
| Nov 24, 2026 | 211 |
| Nov 25, 2026 | 145 |
| Nov 26, 2026 | 64 |
Most viewed this month
- 01Views517Forwards—Reactions—Comments—
- 02Views501Forwards—Reactions4Comments—
- 03Views450Forwards—Reactions—Comments—
- 04Views419Forwards—Reactions1Comments—
Latest posts
#SavolJavob 💬Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga izohlar 🗣️ Ijtimoiy soha obyektlari ham töliq nazoratda böladi. Duç kelgan joyda oçilmaydi, şaroiti bor joylarda qat’iy talablar asosida oçiladi. Masalan, “Kelajak” markazi, texnikum yoki madaniyat obyekti. U yerga bola kirişidan oldin sanitariya xizmati, yonğin xavfsizligi va ta’lim boşqarmasi vakillari birgalikda borib köradi: issiqligi bormi, yoruğligi yetarlimi, hojatxonasi va suvi bolaga mosmi, tomidan çakki ötmaydimi? Agar talabga javob bersagina, reyestrga kiritiladi, jihozlanadi va guruh oçiladi. Talabga javob bermasa, oldin ta’mirlanadi, keyin ruxsat beriladi. 🤩Telegram 🌐Instagram 🗝Facebook 🌐Web-sayt Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz
Open in Telegram#SavolJavob 💬Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga izohlar 🗣️ Hozirda ham 4 000 dan ortiq maktabning boş turgan xonalarida tayyorlov guruhlari taşkil etilgan. Yaqinda yana 191 ta maktabda 246 ta guruh taşkil etiladi. Koeffitsiyenti yuqori maktablarda tayyorlov guruhlari taşkil etilmaydi. Faqat boş örni bor, maktabga tayyorlov sinfini taşkil etiş imkoniyatiga ega maktablarda taşkil etiladi. 🤩Telegram 🌐Instagram 🗝Facebook 🌐Web-sayt Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz
Open in Telegram#SavolJavob 💬Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga izohlar 🗣️ Boğçaga qatnayotgan bola tayyorlov maşğulotlarini öşa boğçada ötaydi. Maşğulotni boğça tarbiyaçisi olib boradi. Maktab binosida oçilgan tayyorlov guruhi uçun şu guruh bilan işlaydigan alohida pedagog işga olinadi 🤩Telegram 🌐Instagram 🗝Facebook 🌐Web-sayt Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz
Open in TelegramMaktab darsliklari yangi alifboga ötkaziladi: öquvçilar imlosini baholaşda yengillik berilişi mumkin Umumta’lim maktablarining 1–11-sinflari uçun özbek tilidagi darsliklar va öquv-metodik majmualarni yangi tahrirdagi lotin alifbosiga bosqiçma-bosqiç moslaştiriş rejalaştirilmoqda. Bunda 1-sinf darsliklarini 2027/2028-öquv yilidan boşlab yangi alifboda joriy etiş nazarda tutilgan. Qolgan sinflar darsliklari esa 2027–2031-yillar davomida bosqiçma-bosqiç moslaştirilişi rejalaştirilmoqda. 🤩Telegram 🌐Instagram 🗝Facebook 🌐Web-sayt Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz
Open in Telegram🇺🇿 “Kelgusi o‘n yillik — milliy yuksalish davri”: Ziyolilar kengashi yig‘ilishi 23–24-noyabr kunlari Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor “O‘zbekiston ziyolilari kengashi” yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda 500 nafar delegat, jumladan, hududlardan saylangan 210 nafar vakil, olimlar, akademiklar, pedagoglar, shifokorlar va ijodkorlar ishtirok etadi. Yalpi majlis va 7 ta sho‘bada mamlakatning ilmiy, ma’naviy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti muhokama qilinib, kelgusidagi muhim vazifalar belgilanadi. 🤩Telegram 🌐Instagram 🗝Facebook 🌐Web-sayt Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz
Open in Telegram📎23-noyabr kuni “Kelajak soati” mashg’ulotlarini o’tkazishda foydalaniladigan mashg’ulot ssenariylari Ustiga bosing va yuklab oling! ✅ Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ✅ 1-4-sinflar uchun ✅ 5-8-sinflar uchun ✅ 9-11-sinflar uchun Maktab jamoasining telegram guruhlarida ulashing! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring! 🤩Telegram 🌐Instagram 🗝Facebook 🌐Web-sayt Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz
Open in Telegram#Söragan_edingiz #MaktabTaʼlimi ❓Inklyuziv ta’lim sinflari uçun maxsus pedagog yoki assistent-öqituvçi qanday asosda ajratiladi? ✅ Har bir inklyuziv yoki boşlanğiç tayanç korreksion sinf uçun 1,0 birlik maxsus pedagog yoki 1,0 birlik assistent-öqituvçi ajratiladi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi tegişli ştatni ajratişga asos böladi. Maxsus pedagogga ehtiyoji bölgan bolalar bilan assistent-öqituvçiga ehtiyoji bölgan bolalarni bir sinfga qabul qilişga yöl qöyilmaydi. Inklyuziv sinflar yoki boşlanğiç tayanç korreksion sinflarda faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglarga va yordamçi xodim (assistent-öqituvçi)larga mehnatning alohida şaroitlari uçun har oyda tölanadigan ustama haqi lavozim maoşining 50 foizi miqdorida tölanadi. ❓Uyda yakka tartibdagi ta’lim kimlar uçun taşkil etiladi? ✅ Uyda yakka tartibdagi ta’lim soğliği holati va tibbiy körsatmalarga köra maktabga doimiy yoki vaqtinça qatnay olmaydigan bolalar uçun taşkil etiladi. Bunga uzoq vaqt davolanişga muhtoj bolalar ham kiradi. Belgilangan kasalliklar röyxatiga muvofiq tibbiy asos va tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olişlari uçun asos hisoblanadi. ❓Uydagi ta’lim uçun tibbiy xulosani qayerdan va qança muddatga oliş mumkin? ✅ Ota-ona bolaning doimiy yaşaş joyidagi tuman (şahar) davolaş-profilaktika muassasasidagi tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qiladi. Kasallik tarixidan köçirma, tegişli tibbiy muassasa xulosasi va zaruratga köra tekşiruv natijalari taqdim etiladi. Tibbiy körik murojaat qilingan kundan boşlab uç kun içida ötkaziladi. Xulosa olti oyga yoki töliq öquv yiliga berilib, körik ötkazilgan kuni ota-onaga taqdim etiladi. 🤩Telegram 🌐Instagram 🗝Facebook 🌐Web-sayt Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz
Open in Telegram#Kitobxonlik Oilaviy kitobxonlik bola tarbiyasida qanday örin tutadi? Dunyo tajribasi şuni körsatmoqdaki, ota-onalarning farzandi bilan birgalikda kitob öqişi bolaning intellektual, nutqiy va ijtimoiy rivojlanişida muhim örin tutadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD)ning 2026-yilda e’lon qilgan tadqiqotiga köra, örganilgan mamlakat va hududlarda ota-onalarning örtaça 54 foizi farzandlari bilan birga haftasiga kamida uç kun kitob öqişadi. Angliya va Niderlandiyada esa bu körsatkiç 80 foizdan yuqori. Tadqiqot sörovlarida Yangi Zelandiyada ota-onalarning 96 foizi, Daniyada 92 foiz, Germaniyada 86 foiz ota-onalar öz farzandlariga kitob öqib berişini bildirgan. ❗️Oilaviy kitobxonlik nega muhim? Bunda bola faqat mutolaaga qiziqib qolmay, savol beriş, fikr bildiriş, voqealarni tahlil qiliş, qahramonlarning xatti-harakatlariga baho beriş va öz xulosasini çiqarişni ham örganadi. Yurtimizda ham oilaviy kitobxonlikni ommalaştiriş bugun har qaçongidanda muhimdir. Bunda bolani kitob öqişga jalb qiliş faqat ta’lim muassasasining vazifasi, deb qaraş töğri emas. Eng katta taşabbus oilada bölişi, bolaning kitobga bölgan mehri avvalo oilada şakllanişi lozim. 👉 Sizning fikringiz qanday? 🤩Telegram 🌐Instagram 🗝Facebook 🌐Web-sayt Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz
Open in TelegramConnections
Similar channels
Ona tili va Adabiyot nazorat ishi@onatili_adabiyot_nazorat_ishiEducation1.57K
Roman-german filologiyasi fakulteti@rgffacultyEducation1.58K
Arofat malim | Ta’limning Nigorasi@arofat_sheraliyevaEducation1.54K
Lumora@thelumoraaEducation1.54K
Ózbekstan mámleketlik dene tárbiyası hám sport universitetı Nókis filial@uzdjtsunfEducation1.59K
Филиал РГПУ им. А.И. Герцена в городе Ташкенте@herzenuzEducation1.6K
RASMIY/ BULUNĞUR TUMAN TA'LIM BÖLIMI@bulungurmmtbEducation1.6K
Tabiiy fanlar@tabiiyfaniEducation1.52K