📢 QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOʻYICHA OCHIQ TANLOVLAR! Qoraqalpog‘iston Respublikasida vacancy.gov.uz portalida e'lon qilingan vakant davlat fuqarolik xizmati lavozimlari bilan quyidagi havola orqali tanishing: OCHIQ TANLOVLARDA QATNASHING: ▪️ Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun vakansiyalar: ▪️ Sogʻliqni saqlash tizimi vakansiyalari: TAYYORGARLIK VA SHAFFOFLIK: 📌 Test savollari bilan tanishish: 📌 Suhbat bosqichi savollari: 🎥 Test jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish: ▪️ Murojaat uchun bot - @vacancy_argos_bot ▪️ Vakansiyalar kanali - @vacancy_argos
Open in TelegramPosts of Basqarıw nátiyjeliligi agentligi | Qaraqalpaqstan Respublikası
📢 QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOʻYICHA OCHIQ TANLOVLAR! Qoraqalpog‘iston Respublikasida vacancy.gov.uz portalida e'lon qilingan vakant davlat fuqarolik xizmati lavozimlari bilan quyidagi havola orqali tanishing: OCHIQ TANLOVLARDA QATNASHING: ▪️ Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun vakansiyalar: ▪️ Sogʻliqni saqlash tizimi vakansiyalari: TAYYORGARLIK VA SHAFFOFLIK: 📌 Test savollari bilan tanishish: 📌 Suhbat bosqichi savollari: 🎥 Test jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish: ▪️ Murojaat uchun bot - @vacancy_argos_bot ▪️ Vakansiyalar kanali - @vacancy_argos
Open in TelegramQoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasi mas’ullari uchun amaliy seminar-treninglar davom etmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-345-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 518-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tizimli va amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari A. Reimbayev To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida bo‘lib, ta’limi muassasalari mas’ullari uchun o‘tkazilayotgan seminar-treninglar jarayoni bilan bevosita tanishdi. Tashrif davomida: 🔹 Treninglarning belgilangan dastur va amaliy keyslar asosida o‘tilishi ko‘zdan kechirildi; 🔹 Ishtirokchilarning murojaatlar bilan ishlash, psixologik xavfsiz muloqot hamda vaqtinchalik himoya choralarini qo‘llash ko‘nikmalari tahlil qilindi; 🔹 Muassasalarda sog‘lom va xavfsiz mehnat muhitini yaratish bo‘yicha mas’ullarning takliflari tinglandi. O‘quv jarayonlarining sifati va natijadorligi hududlar kesimida doimiy nazoratga olingan.
Open in TelegramRespublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Davlat mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish» loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 kunlik (26–29-oktabr) o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tmoqda. Mashg‘ulotlar davomida: ▪️Gender tengligini ta’minlash va xodimlar huquqlarini himoya qilish; ▪️Mehnat munosabatlarida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish; ▪️Murojaatlarni qabul qilish, baholash va ko‘rib chiqishning aniq algoritmlari; ▪️Jabrlangan shaxslar bilan xavfsiz va hurmatga asoslangan muloqot olib borish bo‘yicha amaliy keyslar o‘rganilmoqda. Asosiy maqsad — davlat tashkilotlarida har bir xodimning qadr-qimmati, huquqlari va xavfsizligi ta’minlangan sog‘lom mehnat muhitini shakllantirishdir
Open in Telegram📢 QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOʻYICHA OCHIQ TANLOVLAR! Qoraqalpog‘iston Respublikasida vacancy.gov.uz portalida e'lon qilingan vakant davlat fuqarolik xizmati lavozimlari bilan quyidagi havola orqali tanishing: OCHIQ TANLOVLARDA QATNASHING: ▪️ Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun vakansiyalar: ▪️ Sogʻliqni saqlash tizimi vakansiyalari: TAYYORGARLIK VA SHAFFOFLIK: 📌 Test savollari bilan tanishish: 📌 Suhbat bosqichi savollari: 🎥 Test jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish: ▪️ Murojaat uchun bot - @vacancy_argos_bot ▪️ Vakansiyalar kanali - @vacancy_argos
Open in TelegramForwarded from Boshqaruv samaradorligi agentligi
Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi Yaponiyaning JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid) stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi. Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi. 👍 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar (2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra) Yosh: 25–40 yosh; Ma’lumoti: bakalavr darajasi; Ish tajribasi: kamida 2 yil; Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori. 👍Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi. Onlayn seminarlar jadvali: 3-noyabr — 15:00–16:30; 5-noyabr — 11:00–12:30; 10-noyabr — 15:00–16:30; 12-noyabr — 11:00–12:30; 17-noyabr — 15:00–16:30; 19-noyabr — 11:00–12:30. Seminarlarda dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://jds-scholarship.org/ 👍 JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston) Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat. Telefon: +998 78 140-15-60 / 61 Elektron pochta: [email protected] Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30. Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
Open in Telegram📢 QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOʻYICHA OCHIQ TANLOVLAR! Qoraqalpog‘iston Respublikasida vacancy.gov.uz portalida e'lon qilingan vakant davlat fuqarolik xizmati lavozimlari bilan quyidagi havola orqali tanishing: OCHIQ TANLOVLARDA QATNASHING: ▪️ Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun vakansiyalar: ▪️ Sogʻliqni saqlash tizimi vakansiyalari: TAYYORGARLIK VA SHAFFOFLIK: 📌 Test savollari bilan tanishish: 📌 Suhbat bosqichi savollari: 🎥 Test jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish: ▪️ Murojaat uchun bot - @vacancy_argos_bot ▪️ Vakansiyalar kanali - @vacancy_argos
Open in TelegramForwarded from Basqarıw nátiyjeliligi agentligi | Qaraqalpaqstan Respublikası
🌍 Xorijiy stajirovkalar — yangi bilim va tajriba sari muhim qadam! "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijda maqsadli stajirovka o‘tashi kengaytiriladi. 🎯 2030-yilga qadar 200 nafar mutaxassis dunyoning ilg‘or tashkilotlari va ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tab, zamonaviy bilim va amaliy tajribani egallaydi. Xorijiy stajirovkalar orqali ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv usullari va samarali xizmat ko‘rsatish tajribalari mamlakatimiz amaliyotiga tatbiq etiladi. Bu esa strategik sohalar uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan va xalqaro tajribaga ega yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qiladi.
Open in TelegramForwarded from Basqarıw nátiyjeliligi agentligi | Qaraqalpaqstan Respublikası
💻 Davlat xizmatiga qabul qilish jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi! "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida bo‘sh ish o‘rinlariga tanlovlarda nomzodlarning malaka talablariga muvofiqligini baholash jarayonlari 2030-yilga qadar 100 foiz raqamlashtiriladi. Raqamli baholash tizimi ishga qabul qilishda inson omilini kamaytirib, ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini yanada mustahkamlaydi. Endilikda davlat xizmatiga qabul qilishda asosiy mezon nomzodning bilimi, salohiyati va malakasi bo‘ladi. Mazkur tizim eng munosib nomzodni tanlash imkonini yaratib, meritokratiya tamoyillarini amalda qaror toptirish, davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda professional davlat xizmatchilari korpusini shakllantirishga xizmat qiladi.
Open in TelegramForwarded from Basqarıw nátiyjeliligi agentligi | Qaraqalpaqstan Respublikası
🌍 Davlat boshqaruviga yangi sifat kirib kelmoqda! "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida xalqaro stipendiya dasturlari orqali davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda. 🎓 2030-yilga qadar 250 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi dunyoning yetakchi universitetlarida ta’lim olib, ilg‘or bilim va xalqaro tajribani o‘zlashtiradi. Mazkur tashabbus davlat boshqaruvi tizimi uchun zamonaviy dunyoqarashga ega, tashabbuskor va yuqori malakali professional kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Xorijiy tajribani o‘rgangan mutaxassislar boshqaruv samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadi. ✅ Bilimli va malakali davlat xizmatchisi — samarali davlat boshqaruvi hamda xalq manfaatlariga xizmat qiladigan islohotlarning eng muhim omilidir.
Open in TelegramForwarded from Basqarıw nátiyjeliligi agentligi | Qaraqalpaqstan Respublikası
🎓 Davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasi uzluksiz oshiriladi! "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarining masofaviy ta’lim platformasi orqali onlayn malaka oshirish qamrovi bosqichma-bosqich 100 foizga yetkaziladi. 📈 Belgilangan maqsadlar: 🔹 2026-yil – 20% 🔹 2027-yil – 40% 🔹 2028-yil – 60% 🔹 2029-yil – 80% 🔹 2030-yil – 100% Mazkur tashabbus davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borish, zamonaviy boshqaruv usullarini o‘zlashtirish hamda davlat boshqaruvi tizimida samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi. Masofaviy ta’lim platformasi orqali har bir davlat xizmatchisi o‘z ish faoliyatidan ajralmagan holda malakasini oshirish, yangi bilimlarni egallash va o‘z ustida uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. ✅ Asosiy maqsad — bilimli, malakali, zamonaviy fikrlaydigan va xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan professional davlat fuqarolik xizmatchilari korpusini shakllantirish.
Open in Telegram