Posts of Botir Ziyatov
Sun’iy intellekt kod yozishini osonlashtirsa ham, ishonchli mahsulot qilish hali ham oson emas, koʻpchlik bunga eʼtibor bermayapdi. @botirziyatov
Open in TelegramAI çarçamaydi deyişardi. Bugun kun böyi Claude Code bilan işladim. Keçqurun soat 9 da u özi taklif qildi: "bugunga yetarli, 1-qadamni ertaga tinç boş bilan qilamiz". Gap şundaki, çarçagan u emas. U mani çarçaganimni sezdi. Çunki har bir işini tekşiraman, har qarorida qatnaşaman. @botirziyatov
Open in TelegramGTA 6 yaxşigina hype bölibdi. Lekin bu endi öyin emas, milliardlar aylanadigan biznes. - Bir kunda 24 mln nusxa sotildi, bu 2,3 mlrd dollar. - Dunyoda 100 mln dan köp PS5 bor. Britaniyada öyin çiqişidan oldingi hafta PS5 Pro'ga talab 57% ga oşgan. - Logitech 7000 xodimiga şu kun uçun pullik ta'til berdi. Öyinni 5000 odam 13 yil qildi. Bir kunda 2 mlrd dollar. @botirziyatov
Open in Telegram2026-yil chalg‘ituvchi yil bo‘ldi. Bu yil bitta narsaga e'tibor fokus qaratish qiyin. @botirziyatov
Open in TelegramAnthropic aksiyasi bugun Nasdaq'da savdoga çiqdi ticker: $ANT IPO narxi 83 dollar edi, birinçi savdo 111 dollardan boşlandi. Bu tarixdagi eng katta IPO Lekin olişga şoşiliş kerak emas. Birinçi sabab: bu kompaniya qançalik halol ekani hali aniq emas. Buni vaqt körsatadi. Tez orada aynan şu yönalişda, aksiyalar tahlili böyiça loyihamizni yangi versiyasini taqdim qilamiz: @finranks @finranks_uz
Open in TelegramForwarded from Finranks | Aksiyalar tahlili
Anthropic ($ANT) IPO aksiya narxi $83 ga o'zgardi Nima uchun? Chunki, IPO narxini kompaniya va uni birjaga olib chiqayotgan banklar birgalikda belgilaydi. Avval taxminiy oraliq e’lon qilinadi, bu $70–78 edi. Keyin yirik investorlardan buyurtmalar yig’iladi. Anthropic aksiyalariga talab o'tgan kecha taklifdan ko’p bo’lgan: xabarlarga ko’ra, buyurtmalar sotiladigan aksiyalardan bir necha barobar oshib ketgan. Sequoia, Altimeter kabi mavjud investorlar milliardlab dollarlik aksiya olishni rejalashtirgan. Talab shunchalik kuchli bo’lgani uchun narx oraliqdan yuqoriga, $83 ga ko’tarildi. Nima deb o'ylaysiz: Birinchi kun yakunida $ANT narxi $83 ga nisbatan qayerda bo’ladi? Ko’tariladimi yoki tushadimi?
Open in TelegramServercore IT-plovi Toshkentda: AI-infratuzilmaning yil yakunlari 24-noyabr | 18:30 | Toshkent Servercore IT-mutaxassislari va biznes vakillarini yopiq biznes-ziyofatga taklif qiladi. Tadbirda «Markaziy Osiyoda AI 2026» tadqiqoti natijalari taqdim etiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt uchun yangi GPU quvvatlari, bulutli yechimlar va ma’lumotlar xavfsizligi masalalari muhokama qilinadi. Tadbirda quyidagi mavzular ko‘tariladi: ▪️ Markaziy Osiyo kompaniyalari sun’iy intellektdan qanday foydalanmoqda va uni keng joriy etishga nima to‘sqinlik qilmoqda? ▪️ Servercore bulutida yangi GPU’lar, AI-marketplace va Managed Kubernetes imkoniyatlari. ▪️ Toshkentdagi yangi ma’lumotlar markazi imkoniyatlari va loyihalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash. ▪️ Biznesda ovozli sun’iy intellektdan foydalanish: HULI loyihasi tajribasi. Rasmiy taqdimotlardan so‘ng mehmonlarni kechki ovqat va networking kutmoqda. Bu IT sohasi vakillari bilan tanishish, tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat. ⚠️ Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng Servercore menejeri siz bilan bog‘lanib, ishtirokingizni tasdiqlaydi va tadbir manzilini yuboradi. ➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: https://srv.cr/uxz53
Open in TelegramTradingView saytining eng pastida shunday belgi turibdi: "Made by humans". Qidirib ko‘rdim. Bu faqat TradingView emas. Bloglar, bazi gazetalar uchun "odam qilgan" degan badge'lar chiqa boshlabdi. Sababini bir marketolog shunaqa qilib tushuntiribdi: «Hamma narsani AI qila oladi. Shuning uchun 'buni odam qilgan' degan fakt endi o‘zi bir qiymat: kimdir vaqt sarflagan, kimdir javob beradi » umuman olganda xatolar, kamchliklar chiqsa, javob beradigan odam bor deyishmoqchi . @botirziyatov
Open in TelegramIntervyu paytida dasturchiga AI ishlatishga ruxsat berilsa, kim tajribali, kim tajribasiz ekani darrov bilinib qolar ekan. Buni bir intervyu oluvchi yozibdi. U nomzodlarga oddiy masala beradi, AI ishlatish mumkin. Tajribali dasturchi AI'ga nima qilishni o‘zi aytadi. Oldin savol beradi, vazifani kichraytiradi, keyin yozdiradi. Tajribasiz dasturchi esa darrov yozdirishga tushadi. Keragidan ko‘p narsa qurib tashlaydi. AI boshqa tomonga ketib qolsa, qaytarolmaydi. Yana bir intervyu oluvchining qoidasi: AI yozgan kodni nomzod o‘zi yozgandek tushuntirib berishi kerak. Masala yechildimi, yo‘qmi, bu muhim emas. Kodni tushunganmi, shu muhim. Ba'zi kompaniyalar intervyuga AI bilan kod yozdiradigan raundlar qo‘shyapti. Lekin ko‘p raundlar avvalgidek AI'siz. @botirziyatov
Open in TelegramServercore IT-plovi Toshkentda: AI-infratuzilmaning yil yakunlari 24-noyabr | 18:30 | Toshkent Servercore IT-mutaxassislari va biznes vakillarini yopiq biznes-ziyofatga taklif qiladi. Tadbirda «Markaziy Osiyoda AI 2026» tadqiqoti natijalari taqdim etiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt uchun yangi GPU quvvatlari, bulutli yechimlar va ma’lumotlar xavfsizligi masalalari muhokama qilinadi. Tadbirda quyidagi mavzular ko‘tariladi: ▪️ Markaziy Osiyo kompaniyalari sun’iy intellektdan qanday foydalanmoqda va uni keng joriy etishga nima to‘sqinlik qilmoqda? ▪️ Servercore bulutida yangi GPU’lar, AI-marketplace va Managed Kubernetes imkoniyatlari. ▪️ Toshkentdagi yangi ma’lumotlar markazi imkoniyatlari va loyihalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash. ▪️ Biznesda ovozli sun’iy intellektdan foydalanish: HULI loyihasi tajribasi. Rasmiy taqdimotlardan so‘ng mehmonlarni kechki ovqat va networking kutmoqda. Bu IT sohasi vakillari bilan tanishish, tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat. ⚠️ Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng Servercore menejeri siz bilan bog‘lanib, ishtirokingizni tasdiqlaydi va tadbir manzilini yuboradi. ➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: https://srv.cr/uxz53
Open in TelegramXitoyning Ichki Mo‘g‘uliston viloyatida Ulanqab degan shahar bor, (bu shaxarni borligni endi bildim, borib ko‘rmaganaman ) qisqasi Ilgari pekinliklar dam olgani boradigan yaylov edi, hozir u yerda yuzga yaqin data center qurilyapti, Alibaba'dan DeepSeek'gacha hamma shu yerda. Pekinga yaqin, shamol va quyosh elektri arzon, yillik o‘rtacha harorat 4 daraja, serverlar yilning 10 oyi tashqi havo bilan sovitiladi. Qurilishni ko‘rgan bir blogger shunday degan: "Ofis binolari tobora arzonlashadi. Aqliy mahsulot endi shu mashinxonalarda ishlab chiqariladi." Shahar markazidagi qimmat ofisga ehtiyoj kamayadi. Ajab emas, bizda ham fermerlarning yerini ijaraga olib data center qurishsa. svet o‘chib qolmasa bo‘ldi. @botirziyatov
Open in TelegramO‘zbekistonda Yandex ML School'ning ikkinchi oqimi uchun darslar boshlandi Yandex ML School Uzbekistan mashinali o‘rganish bo‘yicha yangi mutaxassislar guruhini tayyorlashni boshladi. Bu yil dasturda ishtirok etish uchun 2000 dan ortiq ariza kelib tushdi. Saralash natijasida ulardan 31 nafar nomzod qabul qilindi. 🧑💻👩💻 Ta’lim ikki semestr davom etadi va bepul. 📚 Dastur quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: • matematik tayyorgarlik; • statistika va algoritmlar; • ma’lumotlar tahlili; • mashinali o‘rganish usullari; • ML yechimlarini ishlab chiqish va baholash. Ta’lim davomida talabalar amaliy loyihalar ustida ishlaydi, o‘qituvchilar va mentorlardan fikr-mulohaza hamda tavsiyalar oladi. 🤩 Ishtirokchilarning kasbiy qiziqishlari xilma-xil ekani ham alohida e’tiborga loyiq. Ular mashinali o‘rganish texnologiyalarini biznes, elektronika, tibbiyot, muhandislik va energetika sohalarida qo‘llashni rejalashtirmoqda. Birinchi oqim bitiruvchilari allaqachon O‘zbekistondagi texnologik va moliyaviy kompaniyalarda ishlamoqda.
Open in TelegramIlgari intervyularda shunaqa savollar borligini eshitgan edim: "Ko‘pchilik noto‘g‘ri deb hisoblaydigan, lekin siz to‘g‘ri deb ishonadigan narsa bormi?" Bu Peter Thiel'ning savoli, "Zero to One" kitobidan. Bu savol investorlarga ham startap tanlashda yordam beradi: hamma bilgan narsada raqobat kuchli, hamma noto‘g‘ri deb o‘ylagan narsada esa bo‘sh joy bor. Yaxshi javob berganlar juda kam bo‘lgan. Ko‘pchilik yo umumiy gap aytadi, yo o‘ylab jim bo‘lib qoladi. yaxshi savol ekan: Odam tanlashda ham, startap tanlashda ham @botirziyatov
Open in TelegramOldingi paytlar esimga tushib ketdi. Bitta funksiyani ishlatolmay kechasi bilan o‘tirardim. Kod to‘la breakpoint, qadam-qadam yuraman, kodga qarayverib ko‘z tinib ketardi. Stulga yopishib qolardim. Yechim topilsa, qiyinchiliklar darrov esdan chiqardi Hozir ham stulda o‘tiribman, lekin boshqacha. Qo‘lda telefon, agentlarga "ishla" deb push qilib turaman. @botirziyatov
Open in TelegramHozir ishda qiziq bir holat bo‘lyapti. Ko‘p ishni Claude Code bilan qilaman. Ishlar ko‘p, hammasini eslab qolib bo‘lmaydi, ayniqsa oxirgi qilinganlarini. Kimdir "bu nima edi?" deb so‘rasa, darrov ayta olmayman. Claude'dan so‘rayman, javobini unga yuboraman. So‘ragan odam esa mening javobimni o‘z AI'siga tashlaydi. Uning AI'si ba'zida "rahmat" deydi, ba'zida shubha topib yangi savol beradi. Savol yana manga keladi, man yana Claude'ga. Matnni AI yozgani ko‘rinib turadi, biz bir-birimiz bilan unday gaplashmaymiz. Ya'ni ikkita AI gaplashyapti, ikkimiz o‘rtada xabar tashiymiz. Ba'zida o'ylayman, uning AI'si bilan menikini ulab qo‘ysam, bo‘ldi, o‘zlari gaplashaversin. @botirziyatov
Open in TelegramAnalitiklar uchun ishda LLM va SI-agentlardan foydalanish Gipotezalarni tekshirish, maʼlumotlarni tayyorlash, hisobotlar tuzish, natijalarni talqin qilish... Avtomatlashtirish mumkin boʻlgan rutinaga qancha vaqt ketadi? AI Analytics Week intensivida LLM va SI-agentlar bu vazifalarni tezroq va sifat nazoratini yoʻqotmasdan hal qilishga qanday yordam berishini koʻrib chiqamiz. 2026-yil 23–27-noyabrda Yandex ekspertlari bilan birga muhokama qilamiz: ● Analitik ishida SI-vositalar ● LLM bilan maʼlumotlarni tozalash, RAG-payplaynlar ● tajribalarda LLM ● agent tizimlari arxitekturasi, MCP orqali maʼlumotlarga kirish Ishtirok etish uchun SQL, Python boʻyicha mustahkam baza, statistika va ML asoslari kerak. 👉 2026-yil 22-noyabrgacha (shu kun ham kiradi) roʻyxatdan oʻting. Roʻyxatdan oʻtish havola orqali.
Open in Telegram