Account

Posts of Blog 🆗

newest first

#691Link preview

EU Law Teaching in Uzbek Higher Education Izohlar va fikrlar uchun rahmat Berilgan javoblar va ustozlar bo'yicha initial research qilib ko'rdim. Bu savollarni berishdan va bu mavzu bo'yicha yozishimdan maqsad - hozirgi O'zbekistonda o'qitilayotgan materiallar va professorlar faoliyati bilan tanishish edi. Balki sal kengroq ko'lamda so'rovnoma o'tkazib kichkina tadqiqotcha qilsa ham bo'lar. Yevropaga, ayniqsa Germaniyaga kelib magistraturada o'qimoqchi bo'lgan talaba Yevropa huquqi bo'yicha ozgina bilimi bo'lishi kerak degan fikrga keldim. Shaxsan o'zimdan kelib chiqsam, hozir bizdagi fanlar va materiallar ancha chuqur va fundamental bilimlardan o'tib ketadi. Bularni tushunish va tahlil qila olish uchun bazaviy bilim bo'lishi kerak. Agar bunaqa bo'lmasa, 2x o'qishga va vaqt sarflashga to'g'ri keladi. Keyinchalik karyera qilmoqchiman desangiz ham shu masala ko'tariladi. Oldin bir postimda yozganimdek, manda bu tarafdan bilimda oqsash bor, ya'ni bakalavrda o'qimaganman. Huquqqa nisbatan ushbu o'sib borayotgan tendensiyasini hisobga olib aytish mumkinki, bakalavr davrida bu huquq metodologik va huquqiy terminalogiya tomondan ko'proq o'rganilishi kerak. Chunki ba'zi terminologiya ingliz tilida tarjima tomondan boshqa, EU ko'lamida boshqa ma'noni anglatadi. Directive, regulation, act and recommendationlarni tushunish kerak. Tabiiyki, mana shu joyda ham ko'rinadiki, ingliz tilini faqat IELTS uchun o'qishni o'zi yaramaydi. U bilan sohani tushunish qobiliyati ham kerak. O'zbekistonda EU law asosan Jean Monnet doirasida universitetlarda fanlat bir nechta modullar o'qitilar ekan. Jean Monnet TDYUda tashkil qilingan dastur saytini topdim. Lekin unda ham ma'lumotlar kamroq. Ko'proq e'tiborimni prezentatsiyalar tortdi. Juda sodda va asosan matnlardan iborat. Bu zerikarli qilib qo'yadi o'rganishni. Bu 2022-2025 yillarda tashkil qilingani ekan. Keyin hozir olib borilayotgan EU Private International lawga ko'zib tushib qoldi. WIUTda EU Competetion law bo'yicha kursini ko'rdim. Eng yoqqani WIUTdagi WIUT EUREGIA program bo'ldi. 2029-yilgacha o'qitilar ekan. WIUTda o'qiydiganlar bo'lsa, Germaniyada magistratura o'qimoqchi bo'lsangiz, qatnashishni maslahat beraman. Bilmadim, tashqaridan ham balki qatnashish imkoni bo'lsa qolgan huquq o'qiydiganlar ham bosinglar. Lekin module cataloglar bo'yicha oqsaymiz. Faqat JIDUda online syllabusni topoldim. TDYUda hozir alohida department tashkil qilingan bo'lsa, manimcha yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lsa kerak darslar va materiallar. Adminstrative ishlar uchun Research assistant yoki student assistant positionlar bilishim bo'yicha hali ham o'zbek universitetlarida keng tarqalmagan. Bular qiladigan ish asosan tashkiliy ishlarga javobgarlik, o'quv materiallarni kreativ va tartibli ko'rinishda tayyorlashda professorga yordam berishdan iborat. O'ylaymanki, shu narsa yo'lga qo'yilsa ustozga ham foydali, talaba ham ishlab ozgina o'zi uchun moliyaviy yordam va dars bo'yicha bilimlarini oshirib oladi material tayyorlash vaqtida. Bahonada qolganlar uchun program module catalogi ham tayyor bo'ladi (ayniqsa chet elga o'qishga topshirmoqchi bo'lganlarga). Shu muammolar uchun o'zi bir startap qilsa bo'larkan. Bir bo'sh vaqt topsam, yaxshilab research qilib, Claude, gemini bilan maslahat qilaman. Safar oldidan aralash fikrlar turkumidan... ) Ha aytmoqchi, shu postni yozish uchun ochiq manabalarga asosan Perplexity computer bilan qilingan researchni pastdagi havolada o'qisangiz bo'ladi. Nimadir g'oyalar olarsiz: https://www.perplexity.ai/computer/a/43fa42ae-64a8-4f4e-9de1-ff2d8e867841 🔖 @blog_ko

Open in Telegram
Views356−39%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#684Photo

Forwarded from Mahmudxo'ja🇩🇪

DUJV’s FIRST FOUNDING EVENT 🇩🇪🇺🇿 As promised, I’m bringing the community together in person! How can you make the most of your LL.M.? Where do you start looking for a legal job in Germany? What residence options are available after graduation or once you start working? Let’s talk through these questions and help you take your next steps with confidence What’s on the programme? • Welcoming Participants — a chance to get to know one another and to make new connections • Introducing DUJV — all about the community and how to get involved • Organising Legal Studies — planning your studies and making the most of your time • Coffee Break ☕️ • Building a legal career in Germany — from finding a job to permanent residence • Short Break • Open Q&A • Group photo and further discussion Whether you’re studying law, looking for your first legal role or already working in the field, come exchange ideas and meet fellow Uzbek law students and legal professionals in Germany. 📍 Frankfurt am Main 📆 December 5, 2026 ⏳ Application deadline: 22 November 🔗 Apply here: Link 📌 Places are limited to 25 participants, allocated on a first-come, first-served basis. You’ll receive a confirmation once your place is secured. Additional places may be offered upon request, subject to availability. Have friends, colleagues, or fellow law students who might be interested? Share this announcement with them and help us bring together the Uzbek legal community in Germany! See you in Frankfurt!

Open in Telegram
Views389−33%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#682Text

Forwarded from Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

Nega o'zbekistonlik talabalar ma'ruza davomida ko'p gapirishadi-yu, yaponlarda shuni kam kuzatamiz? Bu anchagina tadqiqot qilsa arziydigan mavzudir. Biz jimjimador ilmiy savollarga o'rganib qolganmiz, aslida esa katta savollar qisqa va oddiy bo'ladi. + Kirish sifatida: Yapon talabalar ham dars davomida o'zaro gaplashishi kuzatiladi, xususiy universitetlarda bu yana ham ko'proq. Biroq, Yaponiyaning elit top universitetlarida bunga juda ham kam guvoh bo'lasiz. Auditoriyadagi talabalar uxlashi mumkin, ammo gaplashmaydi. ++ Ikkinchi dalil: Yurtimizda esa elit-top universitet talabalari orasida ham dars davomida chug'urlashish ko'p kuzatiladi. Doimo ustlarida bitta ustoz nazoratchi sifatida turishi kerak. Hatto darsni o'ta qiziq olib borayotgan bo'lsangiz ham. +++ Ilmiy savol: Nega Yaponiyada nazoratchi u qadar qattiq turmasa ham auditoriya jimjitlikni saqlaydiyu, nega bizning ota yurtda buning teskarisi? Javoblar bisyor, ammo uni chuqur o'rganib ko'rmasdan ilmiy asosli javobni aytish qiyin. Ungacha esa quyidagi javoblardan biri haqida o'ylashdan boshqa ilojimiz yo'q. (Agar bu haqida ilmiy ish chiqsa, menga yozsangizlar, hursand bo'lardim) 1) Yaponlar boshqacha millat, ularda boshqa millatlarda yo'q hislatlar bor. (demak, o'zbeklar DNKsida muammo bor ekanda) 2) O'zbeklar gaplashishni , choyxonani yoqtiradi. Shuning uchun darsda ham jag'i tinmaydi. (ammo yaponlar ham bir gapirsa, to'xtatish qiyinku!) 3) Talaba universitetga majburan kelsa shunday bo'ladi. (Unday bo'lsa, I.A.Karimov davridagidek, universitet kvotalarini qisqartirish kerak ekanda?) 4) Madaniyatimiz past. O'z qobig'imizda qolib ketganmiz. Global miqyosda da'vomiz, ideyamiz yo'q. Shu sababli, bu holat nafaqat universitetlarda, boshqa joylarda ham ko'p kuzatiladi. (Demak birov gapirib turganida, uni eshitmasa ham bo'laveradi degan norma bizda shakllanib qolgan.) 5) Alfa avlod shu darajada SI orqali aqlli bo'lib ketdiki, ustozlarni darsi ularning aqli oldida ip esha olmayapti. (Ammo nega unda savol so'ra desa, deyarli sinfdan savol chiqmaydi, chiqsa ham sifati juda past?) 6) Yaponlargina shunday, siz boshqa davlatlar (Yevropa, Amerikaga) boring. Holat biznikidan ham yomon. (Ishonmayman, u yerlardagi universitet darslarida bo'lganman. Yaponlardan tinchlikni saqlashda ular ham qolishmaydi) 7) Eeeeeeee, boshni og'ritib yubordingizku, ustoz?! Biz shunaqamizda endi! Qiyin savollarni so'ramang.

Open in Telegram
Views461−20%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#680Photo

Forwarded from Mahmudxo'ja🇩🇪

German-Uzbek Lawyers’ Community (DUJV)! Servus and welcome! This community is a platform that brings together Uzbek lawyers and professionals working in different legal and related fields, as well as Master of Laws (LL.M.), PhD students and law students living in Germany. Why this community is founded: Many of us arrived in Germany with strong qualifications but had to find our way alone through an unfamiliar legal system, a new language, complex bureaucracy and a job market where we knew few people. We created this community so that the experience each of us has gained becomes a resource for all of us. Our aim is to unite Uzbek lawyers and law students living in Germany, so that we can share our experiences, support one another and further our professional development. Our Goals 1. Sharing Experiences We encourage the exchange of information and of success stories among Uzbek lawyers about the legal system and legal practice in Germany. By sharing experience and valuable legal insights, we want to help Uzbek legal professionals and law students overcome the challenges they face when studying and practicing German and European Union law. 2. Building a Legal Career in Germany This is the community’s biggest objective. We provide tips and guidance on how to build a legal career in Germany, both during and after your studies. This includes: -legal career trends and opportunities, -application documents (CV, cover letter, references and certificates), -seminars that connect international lawyers with Uzbek lawyers. 3. Legal Studies Guidance We give practical, high-quality advice and recommendations on: -how to organize and get the most out of an LL.M. or other law programs, -how to succeed in academic papers and exams, -how to work effectively with legal sources in Germany. 4. Support We build a support network among members, covering not only legal practice in Germany but also, among other things: -residency and visa matters, -bar association registration, -pursuing a master’s degree in Germany. Note: This support is based on members’ personal experience and does not replace individual legal advice. 5. Events and Meet-ups Learn from those who have done it. At our events, the community founder and successful Uzbek international Lawyers share tips, guidance and their personal career experience in Germany. Together with seminars, workshops and meet-ups, they help you grow professionally and feel at home. 6. Strengthening Community Ties We want to strengthen our social bonds as well as our professional ones. At our events you can build a strong professional network, and together we aim to preserve Uzbek culture and share it in Germany. Who Can Join? If you are an Uzbek lawyer, a professional in a similar legal field, or a law student living in Germany, or if you are planning to work in the legal field, and you would like to connect with like-minded people, learn from their experience and be part of our community, you are very welcome to join us. Kind regards, Makhmud Mirzaev, Founder of DUJV.

Open in Telegram
Views397−31%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#678Link preview
Views554−4%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#677Link preview
Views606+5%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#675Text

Forwarded from Mahmudxo'ja🇩🇪

DAADning Central Asiadagi Office Headi Deutsche Allgemeine Zaitung nashriga interview beribdi. Bu nashr Germaniyadagi eng mashhur nashrlardan biri. Interviewda juda ko’p zor insightlar bor. Umumiy xulosam, DAAD Central Asiaga xususan O’zbekistonga investitsiya qilishni, scholarship ajratishni yaxshigina davom ettiradi. Eng muhim joyi shu yerda.DAADni very surprise qilgan holat haqida yozgan. Es gibt aber auch Überraschungen. Letztes Jahr haben wir ein besonders starkes Interesse an den Rechtswissenschaften von Studierenden aus Usbekistan beobachtet. Das hat uns gefreut, und es unterstreicht einmal mehr, dass wir ausdrücklich Bewerbungen aller Fachrichtungen begrüßen. O’tgan yiligi applicationda Law yo’nalishi uchun O’zbekistonlik talabalardan juda katta qiziqish bo’lgani kuzatgan va aynan Legal fieldda Germaniyada Master o’qish uchun O’zbekistondan bunchalik katta qiziqish bo’lmagani aytib bu holatga “SURPRISE” deb ta’rif bergan va bu holat ularni XURSAND QILGAN. Meni fikrimcha endi Law yo’nalishida DAAD anchagina e’tibor beradi va bu yilgi applicationlarni ham qiziqish bilan tekshiradi. Lekin DAADni “surprise” qilish o’z o’zidan bo’lib qolmadi. Talabalarda very strong interest qayerdan paydo bo’ladi? Albatta Germaniyada Legal fieldda o’qish worthligini, excellent career qilish imkoni borligini va ummiy perspective ko’ra olsa shundagina paydo bo’ladi. Bu darajaga olib kelish uchun 2-3 yil davomida har yili 3-4 oy weekendan voz kechib, shaxsiy ishlarni to’xtatib, uyqudan voz kechib tashkil qilingan mentorlik sessiyalari, darslar eng katta sababchisi. Bu ishlarni orqasida kimlar turganini va backgroundda kimlar mehnat qilgani yaxshi bilasiz. Bundan tashqari, Kevin va men ham ozgina bo’lsa ham hissamiz bor deb o’ylayman. Biz Germaniyda US yoki UKdan o’tsa o’tadigan lekin qolishmaydigan excellent international career qilish mumkinligini ko’rsatdik va ko’rsatayabmiz. Bu ham albatta nomzodlarda qizishni ortishi sabablaridan biri bo’lishi mumkin. Interviewni bu yerdan o’qisangiz bo’ladi. https://daz.asia/blog/das-interesse-in-zentralasien-an-einem-studium-in-deutschland-ist-ungebrochen/.

Open in Telegram
Views416−28%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#674Link preview
Views844+46%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#673Link preview

Bittada o'xshamaydi | Longread Instagramda bir videoga ko'zim tushib qoldi. Umrida birinchi marta manti qilib o'xshatolmagani va xunuk chiqqanini, lekin borib borib shu mantini odamlar, bo'libam chet elliklar sotib oladigan darajaga chiqargani haqida gapirib beradi muallif. Manam birinchi marta oshni shavla qilib qo'yganman. Lekin bu postda gap ovqat pishirish haqida emas. Bir nechta o'qigan, ko'rgan postlarim sabab yozilayotgan "hafta boshi motivatsiyasi" kim uchundir :). Hayotning har bir bosqichida siz ko'zlagan narsa bittada o'xshamaydi. O'xshatolganlardan kam sonlisi uni bittada qila olgan. Ko'p scholarshiplarga topshirasiz. Grantlar yutmoqchi bo'lasiz. O'qishga topshirasiz, IELTS topshirasiz, musobaqalarda qatnashasiz, ishga topshirasiz, imtihon topshirasiz. Lekin rejectionlar bo'ladi. Ko'p rad etilasiz, yiqilasiz. Shaxsiy fikrim bo'yicha bu bo'lishi kerak bo'lgan jarayon. Shaxsiy tajribamdan misol keltiraman: Man birinchi rostakamiga oxirigacha topshirib ko'rgan xalqaro dastur bu - Yaponiya Nippon foundationning Jacafa scholarshipi. Tabiiyku postga mantiqiy ravishda uni yuta olmaganman. Man bilan birga topshirgan 2 ta do'stim yutgan. Man bo'lsa oxirgi intervyusidan yiqilganman. Siqilganmidim? Ha. Xafa bo'lganmidim? Ha. To'xtaganmanmi? Yo'q. Bu voqea ikkinchi kursimda bo'lgan. Jacafaga boshqa topshirib bo'lmaydi, faqat 2-kurs bo'lishingiz kerak. Undan keyin boshqa dasturlar, exchangelar, moot courtlarga topshirganman. Asos sababi albatta chet elga chiqish qiziqishi bo'lgan. Jacafaga topshirgan keyingi dasturlarimda yutdimmi? Yo'q. 3-kur oxiri-4 kursimgacha hech narsa yutmaganman. Ha, bularning orasida 30 taga yaqin narsaga topshirgan bo'lsam kerak. 3-kursim oxiridan boshlab sekin-sekin yuta boshlaganman. Lekin bu vaqtgacha orada uzilish bo'lmagan. Ko'p yiqilishlar bo'lgan. Lekin o'rganganlarim va keyingi yutiqlarga yordam bergan narsalar ko'p. Shu sabab bilan ko'p tanishlarim orttirib networkim kengaygan. Bu foydalaridan biri. Germaniyaga kelganimdan keyin ishga topshirib kamida 50 ta reject olganman, toki 1-offerni olgungacha. Rejectionlar haqida ham blogda yozib turardim. (shuni qaytaramiz, nasib) Asosiysi siz bu ishni davomli qilib borishingiz kerak. Mana shuni davomiy qilib borganingiz yoki nimadir qilib undan foyda chiqara olsangiz, buni foydasi keyingi qiladigan ishingiz yoki topshiradigan grant, stipendiya, ishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Agar kimdir sizga oldinroq aytmagan bo'lsa, bu jarayonlarda mana shu 4 ta narsaga e'tibor bering. 1) siz tanlagan yo'nalishni qattiq ushlang, Shunga oid tajribalar va dasturlar qidiring. O'zbekistonda bunaqa imkoniyatlar ko'p bo'lmasligi mumkin. Lekin toping. SOhani zo'r o'rganing. Bitta tilda emas, ko'p tilda manbalar o'qing. 2) Tashqaridagilarning fikrini inobatga oling, lekin uni qilishingiz shart emas, agar siz uchun foydali deb o'ylamasangiz. Ota-ona, do'stlar, yaqinlar uncha ishonqiramasligi mumkin qilayotgan ishlaringizga. Buni ular sizga ishonmayotganidan deb o'ylamang, hech kim yaqini qiynalib yurishini xohlamaydi. Kimga kerak yarim kechasi 2 gacha CV to'gírlab chiqish. Erinmasdan 80 ta ishga topshrish, til o'rganish. Ayashadi. Keraklisini oling. 3) siz qilayotgan ishni oldin qilmaganlar bo'lishiga tayyor bo'ling. Kimdir uchun yo'l oldin ochilgan. Aniq. Kimdir uchun bu aniq bo'lmagan yo'l. Tavakkal qilib ko'rasiz. Lekin bu tavakkaldan ham o'rganing. 4) qiyin, hech kim so'ramaydigan ishlarni ko'p qiling. O'sasiz. O'rganasiz. Boshida bilmaysiz, lekin o'rganib borasiz. Bu esa hali kerak bo'ladi, aniq. AI ga faqat prompt berib yurishdan ko'proq narsa taklif qila oling. Shu jihatlar e'tibor bersangiz, nasib, sizda o'xshaydi. O'zingizga keyin rahmat aytasiz. Disclaimer: Shularni hammasini qilsangiz o'xshaydi deb kafolat bermayman. O'xshamasligi mumkin. Nega? Bu narsaga ko'proq e'tiqod tarafidan qarash to'g'ri deb bilaman. Paolo Koelyoning "Alkimyogar" asarida shunaqa mazmundagi fikr bor: "Agarda sen bir narsa qattiq xohlasang, butun koinot seni mana shu narsaga erishishing yo'lida hamroh bo'ladi". Bu fikrga uncha qo'shilmayman. Ba'zida biz xohlagan narsalar biz uchun bo'lmaydi. Buning sababini bilolmaymiz. Yaratgan biz uchun bu narsani xayrli deb bilmaydi. Nasib degan tushuncha mana shu yerda. Lekin bunda albatta qoidasi bo'yicha o'sha narsa ustida qattiq mehnat qilish kerak. Ozgina harakat qilib, bo'ldi man uchun emas ekan deb ketish yaramaydi. Bizdagi bor narsalar va biz yetadigan narsalar ham nasib, lekin nasib etilmagani ham nasibamiz. Alloh bir narsani xayrli qilmasa, uni bermaydi. Biz duolarda so'ragan narsalarimiz ham ushalmasligi mumkin. Xuddi shunday tartibda, bizdagi bor narsalar, biz erishganlarimiz, qolganlar bunga havas qilsa ham, biz uchun xayrli ekani yoki xayrli emasligini bilolmaymiz. Shuning uchun natijaga ko'p ham bog'lanmasdan, ko'p e'tibor bermasdan jarayondan mazza qilish, uni his eta olish mahorat va harakatlar natijasida olinadigan ko'nikma. Jarayonga ko'proq e'tibor qilsangiz, agar oxirida siz kutgan natija bo'lsa, 2x xursandchilik, mabodo bunday bo'lmasa, 1x xursandchilik, chunki jarayondan bahra oldingiz va keyinchalik ishlatadigan nimadir o'rgandingiz. Kutilmalarni kamroq qo'yish shu yerda zo'r ishlaydi. Process should be more enjoyable than results. But results eventually will speak. Post oxirida bu postga sabab bo'lgan manbalarni qoldiraman. Ularni ham albatta o'qing/ko'ring. https://t.me/BobirjonsThoughts/4006 https://www.instagram.com/reel/DfcZAVCNjA3/?utm_source=ig_web_copy_link&exln=MzRlODBiNWFlZA==&srtk=MzRlODBiNWFlZA== Boshlanayotgan xaftangiz xayrli bo'lsin! 😃 🔖 @blog_ko

Open in Telegram
Views881+52%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#672Text
Views647+12%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#671Text
Views1,270+119%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—