Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti talaba-yoşlari örtasida “UNIVERSIADA” sport musobaqalarining WORKOUT sport turlaridan universitet bosqiçi. · Turnikda tortiliş · Bryusda qöllarni bukib yoziş · Yerda qöllarni bukib yoziş (otjimaniya) · Turgan joyda ötirib turish (prisidaniya) Manzil: BITU sport maydoni Sana: 03.12.2026 Soat: 14:00 Murojaat uçun tel: (91) 311-61-81 sport va taşkiliy işlar bölim boşliği N.N. Davronov Barça sportsevar yoşlarimizni musobaqada faol qatnaşişga çorlab qolamiz!
Open in TelegramPosts of Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati
🧠 BITU jamoasi “Zakovat”da faxrli 3-o‘rinni egalladi! 2026-yil 27-noyabr kuni Buxoro viloyati Yoshlar markazida 10 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti jamoasi bellashuvda munosib ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar faxriy yorliqlar, o‘quv qurollari va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi. Jamoamizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! 🏆
Open in Telegram🏆 BITUda “UNIVERSIADA” sport musobaqalari! Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sportning 15 ta turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmoqda. ♟️ Shaxmat, stol tennisi, futbol, voleybol, basketbol, dzyudo, kurash, yengil atletika va boshqa sport turlari bo‘yicha talabalar o‘zaro kuch sinashadilar. 💪 Musobaqadan ko‘zlangan maqsad — talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etish. 🔥 Barcha sportsevar talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz! Sport — sog‘lomlik garovi!
Open in Telegram⚖️ BITU talabalari hududiy sud organlariga tashrif buyurishdi Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetida “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida talaba-yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish, huquq va majburiyatlari haqida bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar hududiy sud organlariga tashrif buyurib, sud tizimi faoliyati, sud jarayonlari hamda qonunchilikdagi muhim jihatlar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrif yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qiladi.
Open in Telegram🔐 BITUda “Raqamli makonda xavfsizlik – huquqiy bilim va axborot madaniyatidan boshlanadi!” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida soha mutaxassislari talaba-yoshlarga kiberxavfsizlik, axborot gigiyenasi, internetdan xavfsiz foydalanish va kiberhuquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha muhim tushunchalar berdilar. Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va raqamli makonda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Open in Telegram🌍 BITU VA MALAHAYATI UNIVERSITETI O‘RTASIDA XALQARO AKADEMIK HAMKORLIK BITU hamda Indoneziyaning Malahayati universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida xalqaro akademik hamkorlik izchil rivojlanmoqda. 📚 2026-yil 26-noyabr kuni "Klinik fanlar" kafedrasi o'qituvchisi Dr. Shokhrukh Mahmudov Malahayati universiteti talabalari uchun Zoom platformasi orqali “Clinical Pharmacology” (Klinik farmakologiya) mavzusida onlayn ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdi. Universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi va Xalqaro aloqalar bo'limi tomonidan xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar ishtirokida xorijiy universitetlar bilan ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijalaridan biridir. 🤝 Bunday tashabbuslar xalqaro tajriba almashish, ta’lim sifatini oshirish va universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. BITU — ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlik sari!
Open in Telegram🚀 UNIVERSITETDA “ENG YAXSHI STARTAP LOYIHA – 2026” TANLOVI BO‘LIB O‘TDI 2026-yil 25-noyabr kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi startap loyiha – 2026” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda talabalar tibbiyot, sun’iy intellekt, ekologiya va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlaridagi startap loyihalarini taqdim etdilar. Hakamlar hay’ati loyihalarni dolzarbligi, innovatsion yondashuvi, amaliy ahamiyati va istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlari asosida baholadi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar quyidagi o‘rinlarni egalladilar: 🥇 1-o‘rin — Jabbarova Asal 🥈 2-o‘rin — Bozorov Baxodir 🥉 3-o‘rin — Qayimov Asadbek Har bir katta innovatsiya bir g‘oyadan boshlanadi. Yangi g‘oyalar va kelajak bunyodkorlariga omad tilaymiz!
Open in Telegram