RASMIY AXBOROT
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Ohangaron tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan
Bugun, 24-noyabr kuni, soat taxminan 18:00 larda, haydovchi (R.S. 1993 y.t.) Ohangaron tumani, “Yangihayot” MFY hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-Olmaliq” avtomobil yo‘lida, boshqaruvidagi “Cobalt”
avtomashinasida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi va 2 nafar (1994 y.t.) yo‘lovchilari olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 266-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Tergov harakatlari olib borilmoqda.
@BB_Tulyaganov