Posts of Bayanul lisan
#Ijod 📜 She’r: «يَا عَيْنَ الْمَسْرُورْ» ✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin (Vahmiy) 🎙 Ijro: Suno AI 👉 Sharhi 👈 Ko‘proq kuy eshitish uchun: 👉 https://t.me/vahmiymusic 👈 @Bayanul_lisan
Open in TelegramAsosi ramal bahriga tayangan yangi qasidamdan parcha. Buni طالما أشكو غرامي uslubida yozdim: يا عين المسرور فاض مني العين دمعا يا عين المسرور غاض من عرقي دماء يا نفس المغرور طارت الأرواح أعلى بالروح المبرور طائر المكسور ذنبا هل أنت المغفور فائز من نال طوفا للبيت المعمور حسرة للمهمل الخير الحق المأمور يا مميت الناس جنوا من ملك الخراب محيي الأموات بدءا من ذر التراب يا سميعي يا مجيبي واسع الأبواب فاضلا لا عادلا فاحكم على من تاب @Bayanul_lisan
Open in Telegram#Taqdim O‘quvchimiz Faridaxon Umarova kaminaning «Harfi jarlar haqida risola»sidan o‘tilgan online kursni tamomlab, darsdagi muhim ma’lumotlarni qog‘ozga tushiribdilar. Manfaati hammaga yetishi uchun shu qoralamani siz azizlar bilan ulashmoqdaman. Faridaxonning mehnatlari tahsinga sazovor. Alloh bu ishlarini solih amallar qatoriga qo‘shsin! Kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga O‘zi madadkor bo‘lsin! @Bayanul_lisan
Open in Telegram#Ad_durusun_nahviyya #4_kitob 78-dars: Sarfga oid xotima: E’lol va vaqf qoidalari 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |
Open in Telegram#Ad_durusun_nahviyya #4_kitob 77-dars: Sarfga oid xotima: Ibdol qoidalari 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |
Open in TelegramForwarded from Shamsuddin Sadruddin
Dars o‘tyapman. Arab tili darsi. Bir so‘zning to‘rt xil ko‘plik shakli borligini aytdim. O‘quvchim savol berdi: «Nega bittasini aytib qo‘ya qolishmagan? Hayotni qiyinlashtirishdan nima foyda?» Ba’zilar kulib yubordi. O‘ylanib qoldim. Biroz sukutdan so‘ng aytdim: «Nega siz bir xil kiyim kiymaysiz? Nega doim har xil taom yeysiz? Hammasini bir xillashtirsangiz, yashash oson bo‘lmasmidi?» Yana kulgu ko‘tarildi. Bu safar hamma kuldi. Biz yashab turgan olam qonuniyatiga ko‘ra, bir xillik har qanday lazzatni lazzatsiz holga keltira oladi. Modomiki, bir kiyim avratni yopib, sovuqdan himoya qilar ekan, nega uning turlarini ko‘paytirganmiz? Demak, biz faqat satr va isinish uchun kiyinmaymiz. Bir oy bir xil taom yegan kishiga boshqa taom ko‘rsatilsa, ishtahasi qanday xuruj qilishini o‘ylab ko‘ring. Til - shunchaki aloqa vositasi bo‘lishdan ancha yuqori narsa. Kiyim va taomni xilma-xil qilib zavqlanganimizdek, nutqimizni boyitib ham zavqlanamiz. Mana shunda biz hayotga, hayot esa bizga qovog‘ini solmaydi! Faqat birgina muammo - tilga idish-tovoq va latta-puttalarga qaragan shavq to‘la nigohimiz bilan qaramaymiz-da. @Shamsuddin_Sadruddin
Open in Telegram#Ad_durusun_nahviyya #4_kitob 76-dars: Nudba 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |
Open in TelegramUshbu mutolaa kursidan yangi kitob boshladik. Kitob nomi «هكذا ربّانا جدي علي الطّنطاوي» — «Bobom Ali Tantoviy bizni mana shunday tarbiyalagan». Muallifi ulugʻ adib Ali Tantoviyning nabirasi Obida Muayyad. Bu kitobning mutolaa uchun tanlanishiga bir necha sabablar bor: 1. Kitob 3-4 betli maqolaga oʻxshash qisqa matnlardan iborat; 2. Kitobdagi matnlar ham badiiy uslubni, ham hozirgi arab tilidagi koʻp soʻzlarni oʻrgatadi; 3. Kitobdagi maqolalarning tarbiyaviy ahamiyati ham yuksak. Dars kunlarimiz dushanba / chorshanba / juma — ertalab soat 10:00 da boshlanadi. Kursda ishtirok etish istagida boʻlsangiz, qoʻshimcha ma’lumotlar uchun @bayanadmin'ga murojaat qiling.
Open in Telegram#Ad_durusun_nahviyya #4_kitob 75-dars: Istigʻosa 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |
Open in Telegram#Ad_durusun_nahviyya #4_kitob 74-dars: Ishtigʻol 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |
Open in Telegram#Ad_durusun_nahviyya #4_kitob 73-dars: Xoslash 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |
Open in TelegramForwarded from Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi
#tanqid #mulohaza_uchun Ustozni eng ko‘p nima charchatadi? Darsga tayyorlanishmi? Bir mavzuni qayta-qayta tushuntirishmi? Daftar tekshirish, topshiriqlarni baholashmi? Ba’zan ustozni eng ko‘p charchatadigan narsa — o‘rgatishga bo‘lgan ishtiyoqining beparvolik bilan yuzma-yuz kelishidir. U darsga tayyorlanib kiradi. Mavzuni qanday tushuntirishni, talabani qanday qiziqtirishni o‘ylaydi. Ammo ayrim paytlar dars vaqtining katta qismi telefonni chetga qo‘yishni, suhbatni to‘xtatishni, e’tibor berishni so‘rash bilan o‘tadi. Ustoz talabaning o‘z imkoniyatini, ota-onasining mehnatini, o‘qishga sarflanayotgan vaqtning qadrini anglashini istaydi. Har bir talabaga nimadir bera olishni xohlaydi. Shu istak bilan beparvolik orasida qolish esa odamni ichidan toliqtiradi. Bir tomonda ustozni: «Bu mening vazifam, yana yo‘lini topishim kerak», degan mas’uliyat kemiradi. Ikkinchi tomonda: «Shuncha urinishimning foydasi bormi?» degan og‘ir savol qanotini qirqadi. Ustoz ham inson. Uning ham kuchi, sabri va ruhiy quvvati cheksiz emas. Unga darsdagi e’tibor, o‘rinli savol, bajarilgan topshiriq, talabaning kichik yutug‘i ham kuch beradi. «Tushundim, ustoz», degan bir og‘iz so‘z ba’zan butun kunlik charchogʻini yengillashtiradi. Bizning manzil: @arabic_burhan
Open in Telegram#Ad_durusun_nahviyya #4_kitob 72-dars: Undash va ogohlantirish 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |
Open in Telegram