📚 O‘zbek tilida 6 milliard so‘zli ochiq korpus chiqdi. Bu nima degani? 20-noyabrda Raqamli texnologiyalar vazirligi Hugging Face’da katta matn to‘plamini bepul e’lon qildi. Unda 5,6 million hujjat bor: kitoblar, gazetalar, darsliklar, saytlar va Telegram postlari. O‘qituvchi so‘zlar chastotasini ko‘ra oladi, dasturchi esa model o‘qitishi mumkin. To‘plam 16 gigabayt, lekin kichik qismini ham oqim usulida olish mumkin. 💡 👇 To‘liq o‘qing https://baxtiyor.uz/ozbek-tili-korpusi/ #OzbekTiliKorpusi #SuniyIntellekt 📱 Telegram’dan foydalanasizmi? Endi BaxtiyorGram bilan yanada aqlliroq va qulayroq! Google Play’dan yuklab olish https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.baxtiyorroziq.baxtiyorgram Foydali maqolalar davom etadi, kanalga obuna bo‘ling. @baxtiyoruz
Open in Telegram
Baxtiyor.uz
Baxtiyor.uz — ta’lim, til va huquq bo‘yicha dolzarb yangiliklar va mushohadalar. Sayt: https://baxtiyor.uz Murojaat uchun: @baxtiyoruzadminbot
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 29, 2026 | 1,030 |
| Nov 6, 2026 | 824 |
| Nov 8, 2026 | 754 |
| Nov 15, 2026 | 552 |
| Nov 16, 2026 | 572 |
| Nov 19, 2026 | 428 |
| Nov 21, 2026 | 849 |
Most viewed this month
- 01Views1.03KForwards—Reactions1Comments—
- 02Views849Forwards—Reactions—Comments—
- 03Views824Forwards—Reactions4Comments—
- 04Views754Forwards—Reactions1Comments—
Latest posts
🏫 12-sinf ochilyaptimi? Deputatlar nega qonun loyihasini qaytardi? So‘nggi kunlarda “12 yillik majburiy ta’lim rasman e’lon qilindi” degan xabarlar ko‘paydi. Aslida esa vaziyat boshqacharoq. 12-sinf ochilmayapti. Gap 1+11 tizimi haqida: 6 yoshli bolalar uchun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy umumiy o‘rta ta’limning birinchi bosqichi sifatida belgilanmoqda. Hozirgi o‘quvchilar avvalgidek 11 sinf o‘qiydi. PF-19 va PF-242 farmonlari kuchga kirgan, lekin “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hali yakuniy o‘zgartirilmagan. 17-noyabrda loyiha faqat birinchi o‘qishdan o‘tdi. Deputatlar esa bepul va pullik tartib, qonundagi ziddiyat hamda sinflarda joy yetishmasligi yuzasidan jiddiy e’tirozlar bildirib, loyihani qayta ishlashga qaytarishdi. Deputatlar aynan nimaga qarshi chiqdi va bu o‘quvchi, ota-ona hamda o‘qituvchi uchun nimani anglatadi? Batafsil tahlil mana shu yerda: https://baxtiyor.uz/12-yillik-talim-12-sinf-ochilmaydi/#deputatlar-nima-uchun-qarshi-chiqdi #12yilliktalim #maktab 📌 Ta’limdagi o‘zgarishlarni birinchilardan bilib boring, kanalimizga obuna bo‘ling: @baxtiyoruz
Open in TelegramBayrog‘imizdagi 12 yulduzni “12 viloyat” deb o‘ylaysizmi? 🤔 Rasmiy izohda viloyatlar haqida bir og‘iz ham gap yo‘q. 18-noyabr – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun, bu yil bayrog‘imizga 35 yil to‘ladi. 🇺🇿 Maqolada ranglar va yarim oy ma’nosi, qonundagi aniq o‘lchamlar, bayroqni A4 varaqqa to‘g‘ri chizish usuli va viktorina uchun 5 ta savol bor. 👇 To‘liq o‘qing https://baxtiyor.uz/bayroq-qabul-qilingan-kun/ #BayroqKuni #18noyabr Bayroq kuni tadbiriga tayyorlanayotgan hamkasblaringizga ulashing! @baxtiyoruz
Open in Telegram16-noyabr darsiga ssenariy hali qo‘lingizga tushmadimi? 🤔 Bu hafta Kelajak soati — oddiy suhbat emas, kichik loyiha kuni. 1–8-sinflarda “Ramzlarimizni bilaman” kollaji, 9–11-sinflarda esa “Agar men dizayner bo‘lsam...” loyihasi bor. 18-noyabrda bayrog‘imizga 35 yil to‘ladi, darsni shu sanaga bog‘lasangiz, o‘quvchilarga yanada yaqin tushadi. 🚩 Rasmiy ssenariylar bog‘cha va 1–11-sinflar uchun bitta sahifada, o‘tgan haftalar ham pastda turibdi. 👇 To‘liq o‘qing https://baxtiyor.uz/kelajak-soati-mavzulari/ #KelajakSoati #Mavzular Sahifani saqlab qo‘ying, har hafta shu yerni yangilab turamiz. @baxtiyoruz
Open in Telegram📚 O'quvchingiz kitobni ochishi bilan esnayaptimi? Muammo bolada emas, usulda bo'lishi mumkin! Majburlash qiziqish uyg'otmaydi, bu aniq. Unda nima qilish kerak? Sinfda ham, uyda ham bugunoq sinab ko'rsa bo'ladigan 7 ta usulni yozdim. Ayniqsa 3-usulga e'tibor bering, u eng kuchlisi 😉 👇 To'liq o'qing: https://baxtiyor.uz/oquvchilarda-kitob-oqishga-qiziqish/ #kitob #talim 📌 Foydali maslahatlarni o'tkazib yubormang, kanalimizga obuna bo'ling: @baxtiyoruz
Open in TelegramJadu Teri Nazar — to'liq audio Hindcha qo'shiqning kaveri. Asl ijro: Udit Narayan, Darr filmidan. Kaver: Baxtiyor Roziq Videosi Instagramda: https://www.instagram.com/reel/Dfe7A5FhY_2/ Seni sevaman, Kiran Filmni sog'inganlar bormi? @baxtiyoruz #JaduTeriNazar #Kaver
Open in TelegramXamdam Sobirov — “Peshta” Ushbu qo'shiqni kaver qilgan edim. Eshitib, fikringizni izohda qoldiring. Xamdam Sobirov muxlislari bilan ham ulashing. Instagramdagi qisqa klip: https://www.instagram.com/baxtiyoruzpage/reel/DfZRjWkx0sT/ #Peshta #XamdamSobirov #Kaver @baxtiyoruz
Open in Telegram🧠 Aqlingizni 10 ta savolda sinab ko'ring Bir paytlar mantiqiy savollarni yig'ishni boshlaganimda, ular shunchaki ermak deb o'ylagandim. Keyin bilsam, eng oddiy ko'ringan savol ham odamni chalg'itar ekan. Javob ko'z oldingizda turadi, lekin miya boshqa tomonga qarab ketadi. Mana bitta misol: 5 ta mushuk 5 ta sichqonni 5 daqiqada tutsa, 1 ta mushuk 1 ta sichqonni necha daqiqada tutadi? Ko'pchilik shoshib "1 daqiqa" deydi. Siz-chi? 🙂 Shunday 1000 ta savolni bir joyga to'pladim. Har safar ulardan tasodifiy 10 tasi chiqadi, har birida 4 ta variant bor. Oxirida nechtasini to'g'ri topganingizni va qaysi savolda adashganingizni ko'rasiz, har bir javobning izohi ham bor. Natijangizni izohlarda yozib qoldiring, ko'ramiz kim 10 tadan 10 ta topadi 😉 👉 Mantiqiy savollar testini ishlash 📤 Sinfdoshlaringizga ham ulashib qo'ying. 🔔 Kanalimiz: @baxtiyoruz
Open in TelegramMaktab direktorlari yig‘ilishga chaqirilmaydi: bu safar ishonsak bo‘ladimi? 🏫 Vazir Samarqandda hokimlarga: "Vazirlik ruxsatisiz birorta maktab direktori yig‘ilishga chaqirilmaydi", degan. Qog‘ozbozlikni kamaytirish va takroriy hisobotlarni birlashtirish haqida ham gap bo‘lgan. Lekin hozircha rasmiy hujjat raqami ham, muddat ham e’lon qilinmagan. Qoida faqat hokimlik yig‘ilishlariga tegishlimi yoki tuman va viloyat bo‘limlariga ham, noaniq. ✅ Direktorlarga: ruxsatsiz chaqiriqni yozma shaklda so‘rang. ❌ O‘qituvchilarga: kasbiga aloqasi yo‘q ishlarga rozi bo‘lavermang, qonun buni taqiqlaydi. Faktlar va o‘z fikrimni alohida yozdim. Batafsil: https://baxtiyor.uz/maktab-direktorlari-yigilishga-chaqirilmaydi/ 💬 Siz-chi, bu safar amalda o‘zgarishga ishonasizmi? Tajribangizni izohlarda yozing. #maktab #direktor #talim #qogozbozlik
Open in Telegram✍️ Bir harf o‘zgarsa, millat o‘zgaradimi? Kecha qonun imzolandi: 2027-yil 22-apreldan o‘ → Ö, g‘ → Ğ, sh → Ş, ch → Ç bo‘ladi. Ko‘pchilik buni “yana bir islohot” deb o‘tib ketdi. Men esa bir savol ustida ko‘p o‘yladim: muammo harflardami yoki bizning o‘zimizdami? Tutuq belgisini olaylik. Kimdir ‘ yozadi, kimdir ’, kimdir `. Natijada Google, sun’iy intellekt va ekran o‘quvchi dasturlar bir so‘zni uch xil so‘z deb tushunadi. Ya’ni biz o‘z tilimizni texnologiya uchun “ko‘rinmas” qilib qo‘ygan ekanmiz. Lekin boshqa tomoni ham bor. 1993-yilda lotinga o‘tishni boshlagandik, 30 yildan keyin ham u chala. Yangi harflar bu chalalikni tuzatadimi yoki ustiga yana bir qavat qo‘shadimi? Mushohadam meni kutilmagan xulosaga olib keldi. Uni maqolada ochiq yozdim 👇 📖 To‘liq maqolani o‘qing ❓ Sizningcha, til harfdan kuchlimi yoki harf tilni o‘zgartira oladimi? Izohda fikringizni yozing. 📢 @baxtiyoruz
Open in TelegramConnections
Similar channels
Technovation Girls Uzbekistan 2026@technovation_uzEducation1.93K
Tarjimonlik fakulteti_ÖzDJTU (official)@tf_uzswluEducation1.9K
Profi University Navoiy Filiali | Rasmiy kanal@navoiyprofiuniversityEducation1.96K
Bog'cha direktor o'rinbosari@bogcha_direktor_orinbosariEducation1.89K- O‘zbek 은혜 bilan@uzbek_eunhyeEducation1.88K
SamATI | Rasmiy kanali@samati_rasmiyEducation1.88K
TKTI Yoşlar Ittifoqi@tkti_officialEducation1.88K
Uçtepa tumani "Kelajak" markazi@uchtepakelajakmarkaziEducation1.99K