#Statistika
#Attestatsiya
🟢BUXOROLIK 532 NAFAR PEDAGOG 86 VA UNDAN YUQORI BALL TO‘PLADI, 1 060 NAFARI OLIY VA BIRINÇI MALAKA TOIFASIGA EGA BO‘LDI!
🔆Buxoro viloyatida pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka test sinovlari qizg‘in davom etmoqda. Bugungi kunga qadar 6 ming nafardan ortiq pedagog sinovlarda ishtirok etib, o‘z bilim va kasbiy salohiyatini namoyon etdi.
📊2026-yil 11-noyabr holatiga ko‘ra, jami 1 060 nafar pedagog 80 va undan yuqori ball to‘plab, malaka toifasini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, 620 nafar ishtirokchi oliy, 440 nafari esa birinchi malaka toifasiga ega bo‘ldi.
📌Quvonarlisi, ularning 532 nafari 86 balldan 100 ballgacha natija qayd etib, attestatsiya sinovlarida yuqori bilim va kasbiy tayyorgarligini namoyon etdi.
📎Hududlar kesimidagi tahlillarga ko‘ra, yuqori natija qayd etgan pedagoglar ulushi bo‘yicha Vobkent, Kogon va Peshku tumanlari yetakchilik qilmoqda.
⚡️Erishilayotgan natijalar viloyat pedagoglarining kasbiy bilim va mahoratini muntazam oshirish, o‘z ustida ishlash hamda ta’lim sifatini yuksaltirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlari samarasidir.
🔵Eslatib o‘tamiz, attestatsiya sinovlari joriy yilning 27-noyabr kuniga qadar davom etadi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
✅Telegram | ✅Facebook |
📱Instagram