#Life Telefonni qölimga olsam, (biladida, demak, biroz böshman): — Abajon birga vaqt ötkazaylik. — Xöp, nima qilaylik, ayting-chi. — Toshkentdagi videolarimni köraylik. — Xöp-da, (galareyaga kirsak, ohirgi rasmlar shunaqa edi😁, kecha 5 oylik böldilar, jajji malikamiz) — Abajon! Bizniyam shunaqa rasmga olganmisiz? — Öğlim, unda telefonlar bunaqa emasdi. Kichkina telefon ishlatardim, siz tuğilganda. Dadangla köpkina tushirganla sizni. Telefon tutganimdan keyingi rasmlaringiz köpaygan. Notbookka olib saqlab qöyganmiz hammasini. * * * * * Ancha ötdi, ishlarni qilib yana endi dam olaman deganda, qaydaaaa, onalarga dam bormi 😁: — Abajon, bizniyam shunaqa qaraganmisiz? — Qanaqa, öğlim? — Yaxshi körib, qiynalib, yiğlasak kötarib... — Eh, jonima, siz yiğlamasangiz ham kötarganman, siz meni tönğichginam, onalik baxtini olib kelgan öğlimsiz-ku. * * * * * — Abajon, unda meni-chi?! — Ona uchun bolalarni har biri özgacha, öğlim, har biringizga sevgim, mehrim yetadi. Seniyam rossa yaxshi körganmiz. Bitta öğlimiz ikkita böldi, biriga-biri yelkadosh böldi deb quvonganman öğlim. Onalarni mehri tugamaydi. Xudoyim shunaqa tugamaydigan qilib yaratadi onalarni. Har bitta bola bilan — yana bitta ona tuğiladi. Men bittaman, ammo, 3 ta onaman öğlim! Mazza qilib quchoğlashdik keyin. Yakshanbamizdan esdalik shu yerda qolsin. Hamd: Alhamdulillah! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
Open in TelegramPosts of BAXT NURLARI 🌔
#Hayot_haqiqati To‘g‘rimi? Bir kun bu kunlarni sog‘inamiz… Bugun yana bir yakshanba… Balki kim uchundir oddiy kun. Kimdir ishlarini rejalashtiryapti, kimdir o‘tgan kunlardan charchagan, yana kimdir birgina yaxshi xabarga zor… Ammo hayotning bir haqiqati bor: bugun yashayotgan kunlarimiz ertaga xotiraga aylanadi. Bir narsani aytaman sizga, 2014-yilda dadam vafot etganlar, onam uyda o‘zlari edi, ishga ketardim, kun davomida 5-6 marta qo‘ng‘iroq qilardim. 2016-yilda turmushga chiqdim, uyda onam yana o‘zlari, akalarim musofir edi, kelinlar kelmagan vaqt, 3-4 marta gaplashardik: — Yaxshi o‘tiriibsizmi, zerikmayapsizmi, tinchmisiz? Qisqa suhbat bilan ham ko‘nglim yorishardi... Yillar o‘tdi. O‘sha kunlar qadrini bilmagan ekanmanmi, bugun baʼzan uyga borib qaytganimdan to yana borgunimcha bo‘shab bir qo‘ng‘iroq qilolmayman... Kecha bag‘rimga bosib yig‘ladim. Chunki, sog‘inchim bosilmay ortga qaytdim... Ammo, duo qilamanki, muhimi borlariga SHUKUR... HAQIQAT MANA SHUNDAKI, — Farzandlarimizning bugungi sho‘xligi; — Onamizning nasihatlari, mehrlari; — Yaqinlarimizning ovozi; — Dasturxon atrofidagi oddiy suhbatlar… Bir kun kelib, aynan shu lahzalarni qaytarishni istashimiz mumkin. Ammo QAYTMAYDI. Azizim, hayotning faqat katta baxtlarini kutib yashamang. Baxt yoningizda o‘tirgan insonning borligidadir, ovozidadir... Bugun kimningdir qadriga yetish bilan birga, balki, vaziyatlarni ham qadrlang. Ertaga kech bo‘lib qolmasin… @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
Open in Telegram#Xayrli_kun_qadrligim 🌟 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🥰 Har yangi kun — Allohning bizga bergan yana bir imkoniyati. Uni shukur, yaxshi niyat va xayrli amallar bilan töldirish nasib etsin! 🤲 Ishlaringiz xayrli, qalbingiz nurli, kuningiz huzurli o‘tsin! @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
Open in Telegram#Suhbatlardan — Vaqting bölmasa boshqa kanallardan olib post qilib qöyaver. — Men könglimdan chiqqanini, özim ilhomlanganimni yozaman... Baʼzan ilinganim demasam postlarim hammasi özimniki! @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
Open in Telegram#Bismillah 😍 Rendom programmani taniganimdan beri 1-marotaba 1 raqami chiqqanini körishim! Bu safargi hadyamiz https://t.me/Baxt_nurlari/12177?comment=19791 ga tushdi! Tabriklaymiz deyish uchun — bitta ❤️ Juma hadyasi ulashish özimga ham yoqib qoldi! Demak, DEKABR JUMALARIni ham biz bilan qarshi oling! @Baxt_nurlari🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
Open in Telegram#Xayrli_kun_qadrligim 🌟 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Ey Robbim, Sen: ʼʼMenga duo qilinglar, Men sizlarga ijobat qilamanʼʼ, deb marhamat qilgansan. 🤲 Allohim, ushbu xabarimni o‘qigan har bir insonning umrini uzun va xayrli qilgin. Kunlariga baraka bergin, O‘z fazling va karamngdan keng rizq ato etgin. 🤲 Bizlarni yaxshilik, halol rizq va foydali ilm bilan siylagin, niyatlarimizning afzalini, O‘zing rozi bo‘ladiganini ro‘yobga chiqargin, duolarimizni ijobat qilgin. 🤲 Allohim, ahli oilamizni va do‘stlarimizni O‘z panohingda asragin. 🤲 Ey Karim Zot, ey duolarni mustajob qiluvchi Parvardigorim, bizlarni O‘z fazlingdan mahrum qilmagin, duolarimizni rad etmagin, bizlarga dunyo va oxirat yaxshiliklaridan nasib etgin. Bizlarni o‘z holimizga tashlab qo‘ymagin. Aʼmiyn, ya Arhamar rohimiyn! 🤲 Bu duoni yozganni ham duolari ijobat bandalaringdan qilgin! Aʼmiyn deyish uchun — ❤️👍🥰👏❤️🔥@Baxt_nurlari Jannatdagi baxt sari
Open in Telegram#Nazm_vaqti Baxtlimi?! Baxtsizmi?! Baribir ayol...! Muallif maromida ijro qilgan-a? Judayam — 🥰 Balki — ❤️ Yiğladim — 😢 @Baxt_nurlari🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
Open in Telegram#Ilman_nafian QIYOMATDA NAJOT TOPADIGAN QALBNING 7 SIFATI Alloh Taolo Shuaro surasi, 88-89-oyatlarida marhamat qiladi: ʼʼU kunda na mol-dunyo va na farzandlar manfaat beradi. Illo, Allohning huzuriga sog‘lom (pok) qalb bilan kelgan kishilargina (najot topurlar)ʼʼ ✅ Qiyomat kuni insonning boyligi, mavqeyi va dunyodagi obro‘si emas, Allohning huzuriga qanday qalb bilan kelgani muhim bo‘ladi. Tafsir ulamolari ʼʼqalbi salimʼʼni shirk, shubha va yomon sifatlaridan salomat bo‘lgan qalb, deb izohlaganlar. Quyidagi yetti sifat ulamolarimizning tafsirlari asosida jamlandi. 1️⃣ Shirkdan pok qalb Bunday qalb Allohga ibodatda va ilohiy haqiqatlarni e’tirof etishda Unga hech kimni sherik qilmaydi. Egasi ibodatini faqat Alloh uchun ado etishga intiladi. 2️⃣ Shubha va botil e’tiqodlardan salomat qalb Allohning haq ekaniga, oxiratga va qayta tirilishga ishonadi. Haqni nafsiga mos kelgani uchun emas, dalil va hidoyat asosida qabul qilishga intiladi. 3️⃣ Riyo va kibrdan pok qalb Yaxshilikni odamlar maqtashi uchun emas, Allohning roziligi uchun qiladi. O‘zini boshqalardan ustun ko‘rmaydi, qilgan amalidan mag‘rurlanmaydi. 4️⃣ Hasad va adovatdan pok qalb Birovga berilgan ne’matning yo‘qolishini istamaydi. Ko‘nglida gina paydo bo‘lsa, uni oziqlantirish o‘rniga qalbini poklashga, kechirishga va yaxshilik tilashga harakat qiladi. 5️⃣ Gunohga muhabbat va unda qaysarlikdan saqlangan qalb Xato qilmaydigan qalb emas, xatosini oqlab, gunohda turib olishni istamaydigan qalb. Gunoh qilib qo‘ysa, tavba qiladi va isloh bo‘lishga intiladi. 6️⃣ Ixlos bilan yashaydigan qalb Yashirin va oshkora amallarida Allohning roziligini ko‘zlaydi. Yaxshiligiga evaz kutmaydi, odamlar bilmasa ham ezgulik qilishdan to‘xtamaydi. 7️⃣ Allohning roziligini hamma narsadan ustun qo‘yadigan qalb Sevgisi, qo‘rquvi, umidi va tavakkulida Allohga yuzlanadi. Nafsining istagi bilan Allohning amri to‘qnashganda, nafsini emas, haqni tanlashga intiladi. 🤍 Bir lahza to‘xtab, o‘zimizdan so‘raylik: Qalbimizni odamlarning ayblarini izlashga emas, o‘zimizni isloh qilishga sarflayapmizmi? Birovning baxtini ko‘rganda ko‘nglimiz yorishadimi? Yolg‘iz qolganimizda ham niyatimiz pokmi? Qalbni poklash bir kunda tugaydigan ish emas. Bu — tavba, ixlos, zikr va nafs bilan kurashib yashash yo‘lidir. 🤲 Allohim, qalblarimizni shirk, riyo, hasad, kibr va adovatdan pokla. Bizga O‘zing rozi bo‘ladigan qalb va O‘z huzuringga salomat qalb bilan borishni nasib et. Omin! ❤️ Sizningcha, bugungi kunda qalbni eng ko‘p ifloslantirayotgan illat qaysi: hasadmi, riyomi, kibrmi yoki adovatmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. @Baxt_nurlari 🦋 Jannatdagi baxt sari 🦋
Open in TelegramForwarded from Bizga berilgan fikrlar
Shu OTZIVCHA fikrlardan ilhomlanib, qalb haqida post tayyorlab qöydim. 11:11 Hamd: ALHAMDULILLAH! ALLOHIM YAGONA AZALIY va ABADIY ROBBDIR!
Open in TelegramHaa, haa, bugun 484-kunga qadam qöydik... Bu opamiz bilan uzulishlarsiz 484-kundan beri birga davom etmoqdamiz...! Biz juma kunini yana bir yaqinlik sari yangi qadam bilan boshladik... Sizda juma qanday boshlandi? Rejalaringiz qanday?
Open in Telegram#Juma_muborak_qadrligim 🌟 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🤲 Qalbingizga va hayotingizga boqing. Qachonlardir qilgan duolaringiz balki ijobat bo'lgandir. Bugun ham ijobati kelayotgan duolaringiz ila qalbingizga, oilangizga, hayotingizga go'zalliklar va sofliklar tilayman. Qalbi go'zal inson go'zalliklarni chorlaydi! Shunday ekan hayotingizdagi go'zalliklarni asrang. @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
Open in TelegramQabulimiz yopildi! Hammaga rahmat! Shunday qilib, marafonimiz tugab, yangisi boshlandi! Qatnashganlar xursand... Ortga surganlar esa yana 21 kunni boy berishdi... Hammaga xayrli tun, nurlilarim! Nurlilarim deyish juda yoqdi menga, chindan ham qalbi, yuzi, yöli nurga tölgan yaxshilarsiz har biringiz! Osuda kechalar, Dildoshim! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
Open in TelegramForwarded from Mukarram Kamolovna
21 kun tez oʻtib ketti inwolloh yana qatnawaman hammaga kattakon rahmat anchagina oʻzimga kerakli narsalarni oʻrgandim
Open in Telegram#Juma_hadyasi Xayrli kech nurlilarim, alhamdulillah...! Bifazlillah, yana bir juma soatlariga yetdik. Noyabr oyi maqsadlarimga köra sönggi juma hadyasi uchun kommentariyada 📿 BIR DONA SALOVOT YOZIB QOLDIRING! 📌 Va shanba kuni 9:09 gacha yozilganlar orasidan rendom qilamiz... Özim boshlab bersam: Jazaa Allohu anna Muhammadan rosulullohi sollallohu alayhi vasallama maa huva ahluh... ❤️👍🥰👏❤️🔥 — bosb ketishni unutmang! @Baxt_nurlari 🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
Open in Telegram#Nazm_vaqti KUZNING OXIRI Mana yetib keldi kuzning oxiri, Xazonrezgi kunlar poyoni yaqin. Osmonning ko‘z yoshi - sharros yomg‘iri, Sog‘intirib ketma olisga tag‘in. Mana yetib keldi kuzning oxiri, Gʻanimat har bir kun, qaytmaydi takror. Fasllar malagi - kuz malikasi, Oltinrang libosin kiyar so‘nggi bor. Mana yetib keldi kuzning oxiri, Qish asta mo‘ralar kuz dargohiga. Sovuq nigohidan titrar hazonlar, Bag‘rini topshirib yer panohiga. Mana yetib keldi kuzning oxiri, Ayriliq kuyini chalar shabboda. Ko‘rishguncha, deya shivirlab asta, Uchib borar xayol jonsiz, aftoda... Mana yetib keldi kuzning oxiri, Kuz xayrlashmoqda, so‘zlar entikib: "Meni kutgil va men qaytarman", deya. Ortidan qolarman qo‘lim silkitib... ✍️ZUHRAXON ABDULHAKIMXON qizi. @Baxt_nurlari🌟 Jannatdagi baxt sari 🌟
Open in TelegramÖrganishdan aslo töxtamaslik kerak! Özimga nisbatan ishonchim yanayam ortdi! Kayfiyatim oshdi! Bu nima ekan desangiz, telegramda ADS XIZMATI YOQISHNI ÖRGANDIM! Kimga barakalla?! ÖZIMGA BARAKALLA! 😁 Opang kuchaydi, endi! Hayotdan xafa bölmaslik uchun YANGI NARSALARNI DOIM ÖRGANING!
Open in Telegram