✍️ NAZARIY BILIMDAN AMALIY TAJRIBA SARI: TALABALAR “CRAFERS” FABRIKASIDA
🏭 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Bank ishi fakultetining BIA-401r, BIA-402r, BIA-950i va BIA-951i guruh talabalari uchun shokolad va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “CRAFERS” mas’uliyati cheklangan jamiyati fabrikasida sayyor dars tashkil etildi.
🎓 Mazkur sayyor dars “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi dotsenti U.D. Zaynutdinova va professor D.S. Nasirxodjayeva tashabbusi bilan tashkil etilib, unda kafedra dotsenti S.N. Abdulxalilova hamda katta o‘qituvchi Y.A. Xaydarova ishtirok etdilar.
🔍 Sayyor dars davomida talabalar:
🔺 Korxonaning iqtisodiy faoliyati va ishlab chiqarish salohiyati;
🔺 Shokolad va qandolat mahsulotlarini tayyorlashning texnologik bosqichlari;
🔺 Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari va innovatsion texnologiyalar;
🔺 Korxonada mehnat resurslaridan samarali foydalanish va boshqaruv mexanizmlari;
🔺 Mahsulot sifatini ta’minlash va bozor raqobatbardoshligini oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
💬 Tashrif davomida korxona mutaxassislari bilan o‘tkazilgan muloqot talabalarning ishlab chiqarish iqtisodiyoti, tadbirkorlik faoliyati va biznes jarayonlarini boshqarish bo‘yicha bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.
✅ Bunday amaliy mashg‘ulotlar ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning iqtisodiy tafakkuri va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, ularni kelgusidagi professional faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatishda davom eting.
📱Telegram 📱Instagram