#qonunçilikda_yangilik
⚖️ Mehnat kodeksida yangi normalar: kamsitiş va şahvoniy şilqimlikka yöl qöyilmaydi
Mehnat munosabatlarida tenglikni ta’minlaş, xodimlarning şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş hamda xavfsiz iş muhitini yaratişga qaratilgan yangi huquqiy normalar belgilandi.
📌 Nimalar özgarmoqda?
🔹 Kamsitiş belgilari kengaytirildi.
Mehnat kodeksining 4-moddasida kamsitiş taqiqlangan belgilar qatoriga terisining rangi va siyosiy qaraşlari ham kiritildi.
Masalan, fuqaroni terisining rangi sababli işga qabul qilmaslik yoki xodimning siyosiy qaraşlari tufayli uning mehnat huquqlarini çeklaş kamsitiş hisoblanadi.
🔹 Şahvoniy şilqimlik taqiqlandi.
Mehnat kodeksi yangi 8¹-modda bilan töldirildi.
Unga köra, şaxs uçun nomaqbul bölgan, uning şa’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan şahvoniy xususiyatdagi harakatlarga yöl qöyilmaydi.
Jumladan, noörin izohlar beriş, imo-işoralar qiliş, roziliksiz teginiş yoki şahvoniy mazmundagi takliflar bildiriş şunday holatlar sifatida baholanişi mumkin.
🔹 Iş beruvçilarning mas’uliyati oşirildi.
Iş beruvçilar mehnat jamoasida şahvoniy şilqimlikdan xoli muhit yaratiş uçun zarur çoralarni körişi şart.
Bu xodimlarning huquqlarini himoya qiliş, nomaqbul xatti-harakatlarning oldini oliş hamda murojaatlarni körib çiqiş çoralarini öz içiga oladi.
✅ Har bir xodim hurmat, teng munosabat va kamsitişlardan xoli mehnat muhitida işlaş huquqiga ega.
📅 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X