
Boğot tumani ixtisoslaştirilgan maktabi
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Official site: Coming soon... Telegram:https://t.me/BagatPSchool Facebook:https://fb.com/BagatPSchool Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 26, 2026 | 590 |
| Nov 27, 2026 | 561 |
| Nov 28, 2026 | 433 |
Most viewed this month
- Views628Forwards—Reactions3Comments—
- Views573Forwards—Reactions9Comments—
- Views551Forwards—Reactions7Comments—
- Views549Forwards—Reactions17Comments—
Latest posts
📚 I CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA OTA-ONALAR YIG‘ILISHLARI O‘TKAZILDI 2026-yil 26–27-noyabr kunlari Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida I chorak yakunlari bo‘yicha ota-onalar yig‘ilishlari tashkil etildi. 📊 Yig‘ilishlarda o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, erishgan yutuqlari hamda sinflar kesimida choraklik summativ baholash (CHSB) natijalari tahlil qilindi. 🏆 Xalqaro, viloyat va tuman fan olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni egallagan hamda muddatidan oldin talabalikka qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalariga farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga ko‘rsatgan alohida e’tibori va yutuqlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun TASHAKKURNOMALAR topshirildi. 📌 Shuningdek, o‘quvchilarning davomati, odob-axloqi, kiyinish madaniyati, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, sog‘lom ovqatlanishi hamda mobil telefonlardan foydalanishini tartibga solish yuzasidan ota-onalarga tegishli tushuntirishlar berildi. 🤝 Farzandlarimizning porloq kelajagi yo‘lida maktab va oilaning hamjihatligi muhimdir.
Open in Telegram#Bogʻot_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab 📖 PREZIDENTIMIZNING “NABIRAMGA MAKTUB”I — AVLODLAR TARBIYASIGA QARATILGAN EZGU MUROJAAT! Kecha Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yozilgan “Nabiramga maktub” mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga yetkazish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, odob-axloq va ezgu fazilatlarni shakllantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Maktub maktab direktori hamda mahalla nuroniylari — Jabborov Farhod va Atojonov Mamatsoloy ishtirokida o‘quvchilarga o‘qib eshittirildi. Shuningdek, kun davomida dars mashg‘ulotlari jarayonida ustozlar tomonidan ham maktubning mazmun-mohiyati keng yoritilib, unda ilgari surilgan hayotiy saboqlar, tarbiyaviy g‘oyalar va ezgu qarashlar yuzasidan o‘quvchilar bilan fikr almashildi. Zero, yosh avlodni ma’naviy barkamol, bilimli, odobli va Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalash — barchamizning muqaddas burchimizdir.
Open in Telegram