Account

Posts of BADIIY ASAR | MILLIY SERTIFIKAT

newest first

#6445Link preview

❓ SAVOL-JAVOB: «Puankare» va «Evrilish» ━━━━━━━━━━━━━━ «PUANKARE» (Abduqayum Yo‘ldosh) Hikoya qanday nido bilan boshlanadi? ✅ «Xudoyim, meni o‘ttiz yil orqaga qaytar…» Qahramon butun umrini qaysi masalaga bag‘ishlamoqchi bo‘lgan? ✅ Matematikadagi Puankare gipotezasini yechishga. Qahramonni maqsadidan nima chalg‘itadi? ✅ Tirikchilik tashvishlari: oila talablari, uy-joy, kam maosh, rahbarlarning bosimi. Qahramon biznesda nega muvaffaqiyat qozona olmaydi? ✅ Chunki u tijoratchi emas, ilm odami. Qahramon shogirdi bilan nima haqida kelishadi va bu reja nega amalga oshmaydi? ✅ Masalani birga yechishga kelishadi, ammo shogird uylanib, tirikchilik tashvishiga tushadi. Gipotezani kim isbotlagani haqidagi xabar qahramonga qanday ta’sir qiladi? ✅ Sankt-Peterburglik Grigoriy Perelman isbotlaganini o‘qigach, umri behuda o‘tganini anglaydi – bu uning eng katta fojiasi. Asardagi eski portfel nimaning ramzi? ✅ Yillab yig‘ilgan izlanishlar, amalga oshmagan orzu va asta-sekin so‘nayotgan umr ramzi. ━━━━━━━━━━━━━━ «EVRILISH» (Frans Kafka) Gregor Zamza qanday kasb egasi? ✅ Savdo agenti; oilaning yagona boquvchisi. Evrilgandan keyin Gregorni birinchi navbatda nima tashvishlantiradi? ✅ Ishga kech qolgani – o‘zining ahvoli emas. Oiladan kim Gregorga eng ko‘p g‘amxo‘rlik qiladi? ✅ Singlisi Greta – xonasiga ovqat olib kiradi. Otasi Gregorga nima otadi va buning oqibati qanday bo‘ladi? ✅ Olma otadi; olma Gregorning beliga botib qoladi, u og‘ir yaralanadi. Gregor nima sababdan xonasidan chiqib, ijarachilarga ko‘rinib qoladi? ✅ Greta chalayotgan skripka sadosiga intilib. Gregorning o‘limidan so‘ng oila nima qiladi? ✅ Yengil tortib, shahar tashqarisiga sayrga chiqadi; ota-ona Gretaning ulg‘ayganini sezishadi. «Evrilish» nomi nimani anglatadi? ✅ Faqat Gregorning tashqi o‘zgarishini emas, oilaning unga munosabati ham «evrilganini» – mehrning sovuqlikka aylanishini Test ham beriladi ertaga! https://t.me/badiiyasartest

Open in Telegram
Views1,240−26%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#6444Link preview
Views1,430−15%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#6443Text
Views3,040+81%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—