tez chiqqan odam tez tushadi. chunki u yuqoriga olib chiqqan yo‘lni, jarayonni, qiyinchiliklarni o‘zi ham to‘liq anglab ulgurmagan bo‘ladi. qayta chiqish esa u uchun ancha qiyin, ba’zida imkonsiz bo‘lib qoladi. hozirgi yoshlarni ko‘pchiligi tezroq natijaga erishishga shu qadar berilib ketganki, jarayonni o‘zini qadrlashni unutishyapti. instagramdagi hayotni katta qismi shunchaki ko‘z-ko‘z qilish uchun ekanini tushunishni ham xohlashmaydi. boshqalarni natijasini ko‘rib, o‘z hayotidan norozi bo‘lishadi. hammaga turli vaqtda Allohdan ne’mat keladi. har kimni o‘z vaqti, o‘z nasibasi bor. yaqinda LinkedIn’da bitta qiziq voqeani o‘qigandim. bitta qizni avtosalonga ishga olishibdi. oyligidan tashqari, haydab yurishi uchun mashina ham berishibdi. keyin u qiz mashinani shunaqa reklama qilibdiki, uyushtirilgan holatda go‘yoki eri sovg‘a qilgandek e’lon joylashtiribdi. avtosalon xodimlari ham bu holatdan hayratda qolishibdi, lekin reklama yaxshi chiqibdi… xullas, shoshgan bilan ish bitmaydi. har kuni o‘z ustingizda ishlang. qilayotgan ishingizni seving yoki sevadigan ishingizni qiling. natijaga emas, jarayonga ham e’tibor bering. shunda pulni ortidan quvishizga to‘g‘ri kelmaydi, pul siz yaratgan qiymat ortidan keladi.
Open in TelegramPosts of Build w Abdulaziz
bor bo'lsa, ularni bir xursand qiling 🎁 mani nomimdan yozsangiz, chegirma qilib berishadi 😉 👉 https://t.me/lovely_bookshop/3350
Open in Telegram40$ sarflab, oylik obunasi 3$ bo‘lgan loyihamiz uchun atigi 1 ta lead generatsiya qildik. u ham foydalanuvchimizga aylanmadi 🥲 juda ko‘p darslar olyapmiz. ba’zida loyihani biz rivojlantiryapmiz deb o‘ylaymiz, aslida esa loyiha bizni rivojlantirayotgan bo‘ladi. kecha yangi bir “growth” usulini sinab ko‘rishni boshladim. bir kun ichida 850+ foydalanuvchi olib kirdim. agar natijalar yaxshilanishda davom etsa, bu tajribani ham sizlar bilan bo‘lishaman. davom etamiz.
Open in TelegramSAFE shartnoma tuzish ribo ekan 🥲 manga o‘rgatgan, tushuntirgan odamla buni bezab, muvaffaqiyatli investitsiya instrumenti sifatida ko‘rsatishgan. SAFE investitsiya o‘zi nima desez - investor hozir kompaniyaga pul kiritadi, evaziga kompaniyani kelajakdagi ulushini olish huquqiga ega bo‘ladi. ya’ni, bugun aniq ulush berilmaydi, keyingi investitsiya raundida kelishilgan shartlar asosida ulushga aylantiriladi. eng qizig‘i, startup ekotizimida buni oddiy, zamonaviy va hammaga kerakli instrumentdek qabul qilishadi. man uchun bu katta xulosa bo‘ldi. biz biror narsani muvaffaqiyat, zamonaviylik yoki katta imkoniyat sifatida ko‘rishimiz mumkin. lekin bu uni to‘g‘ri ekanini anglatmaydi. har bir ishimizda nafaqat moliyaviy manfaatni, balki halol-harom masalasini ham o‘ylashimiz kerak ekan. hali o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p…
Open in TelegramTelefon orqali bitta videodan $100 gacha pul ishlash mumkinmi? 💸 Kamera ham, obunachi ham, sarmoya ham kerak emas. Qanday ekanini yangi videoda ko'rsatdim 👇 https://youtu.be/0fnDHHth5d4
Open in TelegramForwarded from Sayra AI
Siz ham hali Instagramdan pul topish mumkin emas deb o'ylayotgan bo'lsangiz, biz siz uchun bu imkoniyatni yaratmoqchimiz 💸 Marketing sarfimizni ko'paytirdik va bu pullarni sizga bermoqchimiz. Qanday ishlaydi? 1️⃣ Ro'yxatdan o'ting. Saytdagi formani to'ldiring va Telegram botda tasdiqlang. Bu bepul. 2️⃣ Video oling. Sayra (@sayraibot) haqida qisqa Instagram video tayyorlang. Videoda Sayra ko'rinsin yoki nomi aytilsin. Ekran yozuvi, ovozli video yoki matnli video bo'ladi. 3️⃣ Linkni yuboring. Video linkini saytda tasdiqlang. 4️⃣ Pul oling. Har 1 000 ko'rish uchun 4 000 so'm. To'lov 2 000 ko'rishdan boshlanadi, bitta video uchun 1 200 000 so'mgacha. Videolar soni cheksiz. 📅 Pul oyiga bir marta kartangizga o'tkaziladi (minimal yechish: 250 000 so'm). Misol: 10 000 ko'rish → 40 000 so'm 100 000 ko'rish → 400 000 so'm 300 000+ ko'rish → 1 200 000 so'm ⚠️ Faqat haqiqiy ko'rishlar hisoblanadi. Bot, sun'iy ko'rish yoki o'g'irlangan video aniqlansa, to'lov bekor qilinadi. Obunachi ham, tajriba ham, pul tikish ham kerak emas. Telefon yetarli 📱 Siz ham bugundan pul ishlashni boshlang 👇 https://ugcstation.org/
Open in TelegramIs gazi hayot uchun xavfli! Xonalarni isitishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling.
Open in Telegramyangi video chiqdi 🎬 kontentdan haqiqiy daromad qanday qilinadi: ko'rishlarni sotuvga aylantiradigan 3 bosqich. ko'rib, fikringizni yozib qoldiring 👇 https://youtu.be/_vYUCF88yCQ
Open in TelegramInstagram’da Reels yuklaganingizdan keyin 3 soat o’tib ochsangiz “100 ta views”? Ko‘pchilik bu holatda: “mani mavzuyim hech kimga qiziq emas ekan” yoki “algoritm meni yomon ko‘radi” deb o‘ylaydi. lekin aslida videongizni qolgan 40 soniyasida dunyodagi eng qimmatli bilimni gapirgan bo‘lsangiz ham, birinchi 2 soniyada tomoshabin barmog‘ini to‘xtata olmasangiz algoritm uchun videongizning bir tiyinlik qimmati yo‘q. YouTubega to‘liq video chiqardim. Unda: — analitikadagi “Lost at the hook” hodisasi nima va u videongizni qanday o‘ldiradi? — 1M+ ko‘rilgan videolarimda ishlatgan 3 ta aniq psixologik hook mexanikasi — har safar video olishdan oldin qo‘llaniladigan 3 ta amaliy filtr 👉 videoni ko‘rish uchun havola: https://youtu.be/D7HlmaBp1mM?si=mXFODC4QG-CK3OPO
Open in TelegramChatGPT’ga "menga zo‘r Reels ssenariysi yozib ber" deb promt berganingizda, u sizga: "Salom do‘stlar! Bugun biz siz bilan ajoyib mavzuda gaplashamiz..." deb boshlab bergan payti bo‘lganmi? 🤦♂️ man har kuni soatlab kamera oldida o‘tirib, sun’iy intellekt chiqarib bergan matnlarni o‘qishga harakat qilardim. lekin eng yomoni bu matnni gapirayotganda o‘zingizmas, qanaqadir kitobiy gapiradigan arzon robotga aylanib qolasiz. natijada 1-2 ming ko‘rishdan nariga o‘tmasdi. chunki ChatGPT sizni qanday gapirishingizni, qaysi slenglarni ishlatishingizni va tomoshabinni birinchi 2 sekundda qanday ushlab qolishni umuman tushunmaydi. YouTubega to‘liq video chiqardim. Unda: — Nega oddiy promtlar qisqa videolarda ish bermaydi? — 1M+ ko‘rilgan videolar bilan 1 mingda qotib qolgan "Trial Reels"lar orasidagi farq nima? — Qanday qilib sun’iy intellektga o‘z ovozingizni (Voice DNA) o‘rgatish mumkin? 👉 Videoni ko‘rish uchun havola: https://youtu.be/8dvZGaMp7fM?si=FGQoRfX_Ky3wuHGW
Open in Telegramhar bitta startapchi o'z jarayonini hammaga ko'rsatib borishi kerak. qaysi darajada bo'lishingizdan qat'iy nazar. ko'pchilik "zo'r narsa qurib olay, keyin post qilaman" deb xato o'ylaydi. lekin, aynan jarayonni ko'rsatish sizga eng birinchi userlarni va pulni olib keladi undan ham muhimrog'i, siz network qurasiz. ertaga startapingiz yopilishi yoki g'oyangiz o'zgarishi mumkin, lekin sizning ismingiz atrofidagi ishonch va auditoriya doim siz bilan qoladi. lekin startapchida bunga vaqt yo'q. shuning uchun biz ContentCoach.org 'ni qurdik. bu siz uchun shaxsiy kontent marketolog. siz kod yozib, biznesingizni qiling, ContentCoach.org esa brendingizni quradi.
Open in Telegramdunyoda man umuman yoqtirmaydigan 2 turdagi inson bor. agar talaba yoki 20-25 yoshda bo‘lsangiz, o‘zingiz ham sezmagan holda ulardan biriga aylanib qolishingiz juda oson. Iltimos, shunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. brinchi turdagi odamlar kimdir yangi narsani boshlasa, ustidan kuladigan insonlar. bu biznes boshlashmi, ijtimoiy tarmoqlarda kontent chiqarishmi yoki shunchaki hayotini yaxshilashga harakat qilishmi, farqi yo‘q. bunday odamlar ko‘pincha o‘zlari harakat qilishga jur’at topolmaydi. boshqalarni harakatini masxara qilish esa ularga o‘zlarini yaxshiroq his qilish imkonini beradi. agar shunday odamlar davrasida bo‘lib qolsangiz, bir narsani unutmang: sizni harakatdan qaytarishga urinayotgan odamning fikri sizning kelajagingizni belgilamasligi kerak. ula judayam “wierd” bo‘lishadi. har doim “shunchaki hazillashdim-ku” degan niqob ortiga yashirinishadi. shuning uchun bundan ogoh bo‘ling. ikkinchi turdagi odam esa birinchi odamni kimnidir masxara qilayotganini ko‘rib turib, indamay turadigan inson. bunday odamlarning ham ichida yangi narsalarni sinab ko‘rish istagi bo‘lishi mumkin. lekin o‘zlari boshlashga ham, boshqalarning ustidan kulayotgan odamga e’tiroz bildirishga ham qo‘rqishadi. ularni yoqtirmasligimni sababi shundaki, ularda albatta salohiyat bo’lishi mumkin, lekin ula bu salohiyatni o‘zlari kabi mas’uliyat va tushunchaga ega bo‘lmagan odamlar davrasida bekorga sarflashyapti. bu ikki turdagi odam birlashib, atrofdagilarda intilish va harakat qilish istagini o‘ldiradigan muhitni yaratadi. natijada shunday muhit shakllanadiki, unda harakat qilish g‘alati va kulgili, beparvo va sovuqqon bo‘lish esa zo‘r tuyuladi. ula o‘z hayotlarini yaxshilash uchun harakat qilishdan ko‘ra, boshqalarni muhokama qilishga ko‘proq vaqt sarflashadi. agar yosh bo‘sez, bunaqa muhitga tez-tez duch kelasiz. agar bundan ogoh bo‘lmasez, sekin-asta atrofdagilarga o‘xshab qolasiz va oxir-oqibat ularni natijasiga erishasiz. shuning uchun, iltimos, birinchi turdagi odam bo‘lmang. Ikkinchi turdagi odam bo‘lib qolmang. o‘zingizni rivojlantiradigan, harakatga undaydigan va sizni o‘sishingizdan xursand bo‘ladigan insonla bilan birga bo‘ling. chunki ba’zida sizni eng katta to‘sig‘iz qobiliyatingiz yetishmasligi emas, balki atrofingizdagi odamlar sizni qanday inson bo‘lishga o‘rgatayotganidir.
Open in Telegrambitta UGC influencerga 40$ to’ladik bitta videoga ContentCoach targ’iboti uchun. 2 kunda tayyorlab beraman deganiga 2 haftadan oshdi. keyingi xabarlarimizni ko’rmadi ham. jamoadoshim: — mashenik ekan, uxlatib ketdi. man: — yaxshi gumonda bo’laylik, balki o’tib qogandir
Open in Telegramrossiyalik bitta mer haqida. yoshlikdan beri yaxshi ko‘radigan, birga katta bo‘lgan do‘sti bor ekan. “yaxshi odam, bekor yurmasin”, deb o‘ziga yordamchi qilib olibdi. keyin qaysidir bo‘limlarni ham boshqarishga beribdi. do‘sti esa 3 yil ichida butun hokimiyatni qarzga botiribdi, byudjetdan pul o‘margan, oxirida o‘ziniyam, boshlig‘iniyam qamoqqa tiqib, nominiyam bulg‘abdi. eng qizig‘i, 3 yil davomida merga bu odam haqida kelgan shikoyatlarni deyarli eshitmagan. “e, u yaxshi bola. man uni yoshligidan bilaman. adolatli bola”, deb. odam kimnidir yaxshi ko‘rsa, uni xatosinimas, o‘zini u haqidagi tasavvurini ko‘ra boshlarkan. keyin hikmat izlab qolasiz: “e, hozir bunda bir hikmat bo‘lishi kerak…” “nega unday qilgan bo‘lsa, bekorga qilmagan bo‘lsa kerak…” aslida esa odam shunchaki xato qilgan bo‘lishi mumkin.
Open in Telegrambitta cholni eshigi oldida yosh bolalar har kuni futbol o‘ynasharkan. chol: — e, ketilar, bu yerda o‘ynamanglar, desa ham o‘ynayverisharkan. ertasi kuni chol: — uuu, zo‘r o‘ynayapsizlar-ku, deb $50 beribdi. keyingi kuni: — zo‘r ketyapti, deb $100 beribdi. undan keyingi kuni esa hech narsa bermabdi. bolalar: — biz tekinga o‘ynamaymiz, deb futbol o‘ynashni to‘xtatishibdi. rag‘bat odamning holati va harakatini o‘zgartiradi. mukofot paydo bo‘lganda harakatni ma’nosi o‘zgarib ketdi.
Open in Telegramvakansiya ContentCoach haqida juda ko‘p kontent chiqarishim va shu orqali lead olib kelishim kerak bo‘lyapti. content == sales. lekin buni doim o‘zimni profilimda qilsam, UGC creator’dan farqim qolmayapti, auditoriyam ham zerikib qolyapti. manga kuniga ~20 ta kontent creator bilan bog‘lanib, ula bilan deal qilishga va hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan odam kerak. creatorlar bilan bog‘lanish shart bo‘lmagan paytlarda boshqa kichik lekn muhim vazifalar bilan ham shug‘ullanish mumkin. o‘zimdagi bilim, networking va imkoniyatlani siz bilan bo‘lishishga tayyorman. oylikni kelishamiz. qiziqsangiz, manga aloqaga chiqing: @azizlive
Open in Telegramdo I look russian? why does everyone speak russian to me while they’re speaking uzbek with everyone else? 🦦
Open in Telegram