Account

Posts of 📚 Attestatsiya | Isroilova👩‍💻

newest first

#5394Text
Views984+25%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#5393Text

📚 MODAL VERBS: REGRET, CRITICISM & DEDUCTION 🇬🇧 Attestation Preparation | Advanced Grammar O‘tmishdagi voqealar haqida taxmin, afsuslanish va tanqid bildirishda quyidagi konstruksiyalar ishlatiladi: 🔡 Must have + V3 – kuchli taxmin. She must have forgotten. – U unutgan bo‘lsa kerak. 2️⃣ Should have + V3 – qilish kerak edi, lekin qilinmadi. You should have studied. – O‘qishing kerak edi. 3️⃣ Ought to have + V3 – should have bilan bir xil ma’no. You ought to have helped. – Yordam berishing kerak edi. 4️⃣ Could have + V3 – imkoniyat bor edi, lekin amalga oshmadi. I could have won. – Men yutishim mumkin edi. 5️⃣ Might have + V3 – ehtimol. She might have left. – U ketgan bo‘lishi mumkin. 6️⃣ Would have + V3 – shart bajarilganda yuz beradigan natija. I would have helped you. – Senga yordam bergan bo‘lardim. 7️⃣ Needn't have + V3 – qilish shart emas edi, lekin qilindi. You needn't have cooked. – Ovqat tayyorlashing shart emas edi, lekin tayyorlading. 8️⃣ Didn't need to + V1 – qilishga zarurat yo‘q edi. I didn't need to go. – Borishim shart emas edi. ❕❕❕ ATTESTATION TIP! - Must have = strong deduction - Should have = regret / criticism - Might have = possibility - Could have = missed opportunity - Needn't have = action was done unnecessarily - Didn't need to = no necessity 📌 Eng muhim farq: NEEDN'T HAVE + V3 ≠ DIDN'T NEED TO + V1 Modal verb + have dan keyin V3, didn't need to dan keyin V1 ishlatiladi. 📚https://t.me/attestatsiyawithisroilova

Open in Telegram
Views1,140+45%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#5391Text
Views1,970+150%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#5388Text

📌 2026-YIL KUZGI ATTESTATSIYA: INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARI NIMALARGA TAYYORLANISHI KERAK? Ingliz tili bo‘yicha malaka sinovi spetsifikatsiyasiga ko‘ra, imtihonda 50 ta savol beriladi. Ularni ishlash uchun 105 daqiqa ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball, maksimal natija 100 ball. 📖 INGLIZ TILI — 35 TA SAVOL Reading — 15 ta savol. U uch qismdan iborat: 1️⃣ Ilmiy-ommabop matn — 6 ta savol. Asosiy g‘oya, muallif maqsadi va pozitsiyasi, muhim detallar, fakt va fikr farqi, yashirin ma’no hamda so‘zning kontekstdagi ma’nosini aniqlashni mashq qiling. 2️⃣ Voqeaband matn — 5 ta savol. Voqealar ketma-ketligi, ishtirokchilar tavsifi, matnda ochiq aytilgan va xulosa orqali topiladigan ma’lumotlarga e’tibor bering. 3️⃣ Matn yaxlitligi — 4 ta savol. Gaplar yoki xatboshilarni to‘g‘ri tartibga qo‘yish, kirish, asosiy qism va xulosa o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishni aniqlashni o‘rganing. Til sohalarining qo‘llanilishi — 20 ta savol: 😀 Grammatika — 7 ta: kontekstga mos grammatik shakl, xatoni aniqlash, gapni o‘zgartirish va o‘xshash shakllarning ma’no farqi. 😀 Leksika — 7 ta: kontekstdagi so‘z ma’nosi, sinonimlar farqi, so‘z yasalishi, collocation va vaziyatga mos so‘z tanlash. 😀 Pragmatika — 6 ta: suhbatga mos javob, so‘zlovchining nazarda tutgan ma’nosi, muloqot maqsadi va rasmiy yoki norasmiy vaziyatga mos ifoda. 👩‍🏫 KASBIY STANDART — 5 TA SAVOL Darsni rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchini baholash va qayta aloqa berish, xavfsiz ta’lim muhiti yaratish, kasbiy rivojlanish hamda ota-onalar va hamkasblar bilan hamkorlikni o‘rganing. Bu bilimlarni pedagogik vaziyatlarda qo‘llay olish muhim. PEDAGOGIK MAHORAT — 10 TA SAVOL 😀 Umumiy pedagogika — 5 ta: darsni rejalashtirish va sinfni boshqarish bo‘yicha vaziyatli savollar. 😀 Ingliz tilini o‘qitish metodikasi — 5 ta: PPP, TBLT, CLIL, Communicative Approach, Lexical Approach, Functional Approach, Structural Approach, Grammar-Translation, Guided Discovery va Content-Based Learning yondashuvlarining mazmuni hamda darsda qo‘llanishi. 📱 https://t.me/attestatsiyawithisroilova

Open in Telegram
Views1,960+149%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—