Posts of 𝐀𝐍 𝐍𝐀𝐒𝐑 | 𝐙𝐀𝐊𝐎𝐕𝐀𝐓
"Biz oʻzimizni, ulugʻligimizni-da unutishga tayyor xalqmiz. Hatto qachonlardir ota-bobolarimiz ozod va hur davlatda yashaganliklarini ham bir ertak singari eslaymiz, bolalar bugun-erta buni ham unutishga miyasini hozir etar. Biz ertak toʻqishga va eshitishga ishqiboz xalq boʻlib qoldik! Ammo choʻpchaklarda ham qahramonlar bor, ular qullikka chiday olmaydilar va alaloqibat gʻalaba qozonadilar. Biz esa borgan sari mutelikka oʻrganmoqdamiz. Angrayib yigʻlaymiz, bilib-bilmaslikka olamiz va asta-sekin qullik shiorini yurakka joylab olamiz". "Qoʻrqma" Javlon Jovliyev @BoburVoxobov_Kutubxonasi
Open in Telegram#etimologiya “Tarix” soʻzi haqida Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘onning ta’kidlashicha, “tarix” so‘zi ibroniy tilidagi “yarex” so‘zidan olingan bo‘lib, “oy” ma’nosini anglatadi. Uning fikricha, yunon tilidan lotin tiliga o‘zlashgan “istoriya” so‘zi arab tiliga “astura” shaklida kirib kelgan va keyinchalik “asotir” so‘zining shakllanishiga ham asos bo‘lgan. Men darslarimda tarix so‘zining arab tilidagi “araxa” fe’lidan kelib chiqqanligi haqidagi qarashdan ko‘proq foydalanardim. Endi esa yuqoridagi etimologik talqinni ham darslarimda alohida ta’kidlab o‘tadigan bo‘ldim. Menga, ayniqsa, muallifning “istoriya” so‘zining mazmunida “tadqiqot” tushunchasi mujassam ekanligi haqidagi fikrni keng targ‘ib qilishi juda ma’qul bo‘ldi. Zero, men ham tarix (istoriya) fanining nomidayoq tadqiqot mazmuni mavjudligini, tarix shunchaki hikoyat yoki rivoyat aytib berishdan iborat emasligini, balki tarixiy voqealar va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi murakkab ilmiy soha ekanligini muntazam ta’kidlab kelaman. Xulosa qilib aytganda, tarix fanini yana bir bor rivoyatchilar va hikoyachilarning biryoqlama talqinlaridan himoya qilish zarurligini his qildim. Ⓜ️anba: https://t.me/professor_bahriddin @AnNasr_Zakovat
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 16 h | 70 |
| 32 h | 112 |
- After 24 hours112
- Total to date112
"Inson burgutdek qonotini keng, erkin ochsagina, ilmda parvoz qiladi, hammadan baland tura oladi". Qoʻrqma" Javlon Jovliyev @AnNasr_Zakovat
Open in Telegram#etimologiya TAVFIQ – bu arabça söz tavfiq(un) şakliga ega; özbek tiliga çöziq і unlisini qisqa unliga almaştirib qabul qilingan. Tavfiq → tavfiq; asli “mos keldi” ma’nosini anglatuvçi vafiqa fe’lining II bob masdari bölib, arab tilida “moslaşiş, kömaklaşiş”, “yutuqqa erişiş” kabi ma’nolarni ifodalaydi. Özbek tilida esa “dinga e’tiqod qiliş”, “nojuya xatti-harakatlardan tiyiliş” kabi ma’nolarni anglatadi. Bu sözdan özbek tilida tavfiqli, betavfiq sifatlari yasalgan. Ⓜ️anba: “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” II. @AnNasr_Zakovat
Open in TelegramForwarded from Yoş kitobxon akademiyasi || Nigora Obidova bilan
Oddiy maktablarga borsam, o'quvchilarni vaqtini isrof bo'layotganiga achinib ketaman🥹🥹🥹
Open in TelegramCHINGIZXON VAFOTI VA CHIG‘ATOY ULUSI | TARIX MAYDONI Mo‘g‘illar imperiyasining taqsimlanishi, Chig‘atoy ulusining shakllanish bosqichlari, boshqaruv tizimi hamda mintaqadagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar haqida teran muloqot! 📌 Ko‘rsatuvda: 📜 Ulusning tashkil topishi: 1224 yilda Chingizxon o‘g‘illariga bo‘lib bergan hududlar va Movarounnahrning tutgan o‘rni. 🏛 Madaniy uyg‘unlik va islomlashuv: Ko‘chmanchilar va o‘troq aholining o‘zaro ta’siri, tasavvuf ta’limoti hamda Tarmashrinxon davridagi o‘zgarishlar. ⚖️ Kebekxon islohotlari: Ma’muriy hududiy bo‘linishlar, tanga pul islohoti va davlat markazlashuvi. 📺 «TARIX MAYDONI» — Moziyimizning murakkab va qiziqarli sahifalarini birgalikda kashf etamiz! . Bizni kuzatib boring. 📲 YouTube orqali koʻrish:https://youtu.be/Mpb5mfNuWo4?si=Zhd7tq3VGRe77lY- Telegram I Instagram I Youtube I Facebook I Jonli efir @AnNasr_Zakovat
Open in Telegram"Choʻlpon – nafaqat mening, balki butun xalqning orzulari yoʻlida kurashuvchi qahramondir. Yurtimizda Choʻlpondek mashhur shoir boshqa yoʻq. U tirik ekan, millat mustamlaka zulmida uzoq qolmaydi. Elning bitta shoiri gohida butun boshli lashkar qilolmagan ishni amalga oshirishi mumkin. Choʻlpon katta kuchdir!" "Qoʻrqma" Javlon Jovliyev @BoburVoxobov_Kutubxonasi
Open in TelegramForwarded from Abduvosid
🧠 ZAKOVAT KANALINGIZDA BILIMLAR BELLASHUVINI TASHKIL ETING! 🏆 Obunachilaringiz kim eng bilimdon ekanini sinab ko‘rishsin! 🤖 @BilimdonKanallarbot orqali: 💪 Botni kanalingizda admin qilasiz. 📌 Savollarni kanalga avtomatik joylang. ⏳ Javob berish vaqtini belgilang. 🤫 Yashirin javoblar orqali adolatli bellashing. 🏆 G‘oliblar va reytingni avtomatik aniqlang. 🔥 Savol bering, bilimdonlarni sinang va kanalingizda haqiqiy Zakovat muhitini yarating! 👉 Boshlash: @BilimdonKanallarbot
Open in Telegram"Tarixchi kutubxonalarda oʻtiribgina, oʻtmish bilimdoni boʻlmaydi, kafedralarda bilimsiz, lekin oyoqlari chiroyli qizlarning choyini xoʻplab tarixchi boʻlmaydi, tarixchi oʻz oʻrganayotgan davrida yashasagina, bir nimalar qilishi mumkin. Oʻz tarixini hammadan chuqurroq anglasagina, tarixchi boʻladi. Men shunga, oʻz ichimdagi tarixni bilmoqqa urinardim. Hech boʻlmasa, oʻzimning tariximni tushunmoq uchun..." Qoʻrqma Javlon Jovliyev @AnNasr_Zakovat
Open in Telegram"Berlinda oʻqish uchun qoʻylarning puli yetmasdi, albatta! Shuning uchun “Koʻmak” ochildi. 1922-yilda. “Yorugʻ yuz bilan bolalarimizni Ovroʻpada oʻqitish va xalqni qora kunlardan nurli kelajak tomon yetaklashni maqsad qilgan “Koʻmak” tashkiloti ish boshlaganini maʼlum qilmoqchiman! Aziz millatdoshlar, ul xushxabar barchamizga qutlugʻ boʻlsin! Bugun elning chin bayrami. Biz sharafli, kutilgan kunga ham yetib keldik". "Qoʻrqma" Javlon Jovliyev @AnNasr_Zakovat
Open in Telegram"Hech kim esdan chiqarish uchun yod olmaydi. Hech kim qachondir yoʻqotish uchun topmaydi, yigit qizni kimgadir qoʻshqoʻllab tutish uchun sevmaydi. Hech kim oʻtish davrida tugʻilib, yashab, tishi toʻkilib, qarib, ezilib, koʻmilishni istamaydi bir nur singmay koʻziga. Ammo taqdir, oʻtish yillarinining oʻtishi choʻzildi. "Qoʻrqma" Javlon Jovliyev @AnNasr_Zakovat
Open in TelegramAmir Temur xazinasidan bir dirham tanga qoldi ! Sohibqiron Temurbek 35 yil davomida G’arb-u Sharqdagi o’nlab o’lkalarga yurish qilib, shunchalik ko’p mol-u dunyo to’plagan ediki, buning hisobini bizning davrda hech kim bilmaydi. Samarqandda saqlangan ushbu xazina afsuslar bo’lsinki, Temurbekning o’limidan so’ng qattiq talon-taroj qilindi. 1405-yilning boshidayoq taxtga chiqib olgan Sulton Xalil mirzo saxovat eshigini shunday lang ochib qo’ydiki, bobosining ulkan xazinasini 4 yil ichida shamolga sovurib yubordi. Minglab to’kilgan qonlar evaziga olingan boyliklardan bebahra qolganlar sanoqli edi. Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, 1409-yili Samarqandni egallagan Shohrux mirzo otasidan qolgan xazinaga kiradi va ship-shiydon bo’sh xonadan boshqa narsani topmaydi. To’satdan podshohning qo’lidagi asosi yerda yotgan bir dirhamga uriladi. Shohrux ana shu tangani olib cho’ntagiga soladi-da: “Biz, shu dirham haqqi, otamizdan qolgan merosdan bahramand bo’ldik” deya xazinaxonani tark etadi. @temuriylarshajarasi @AnNasr_Zakovat
Open in Telegram"Men yashamayapman. Men mudragancha kulyapman! Oʻlsam jismim qolib, qabrga gʻarib kulgim koʻmilar oʻralmay surpga, sarpoga!". Qaysi asardan parcha @AnNasr_Zakovat
Open in Telegram#tarix Temuriylar davri oziq-ovqat zaxiralarini saqlash texnologiyalari va harbiy ozuqalar Temuriylar dasturxoni uchun mahsulotlar sifatini uzoq muddat saqlash maqsadida poytaxt Samarqand va yirik shaharlarda, saroylar hamda harbiy qal’alar yaqinida yaxxonalar (yer osti muz omborlari) tashkil qilingan. Yaxxonalar gumbazsimon shaklda pishgan g‘ishtdan qurilib, yer ostiga qarab 10–15 metr chuqurlikda qazilgan. Qish faslida Zarafshon havzasidan keltirilgan muz bo‘laklari yordamida go‘sht, meva va qimiz kabi tez buziluvchi mahsulotlar yozning eng issiq oylarida ham o‘z sifatini saqlab qolgan. Amir Temur qo‘shinining yurishlardagi tezkorligi har bir askarning og‘ir yuk aravasini sudrab yurmasdan, yuqori kaloriyali va uzoq muddat buzilmaydigan oziq-ovqat zaxirasiga ega ekanligi bilan bog‘liq bo‘lgan: Qaqoch: Semiz qo‘y va ot go‘shtining suyaklari ajratilib, yupqa tasmalar holida tilingan va maxsus tuz, zira, murch bilan ishlov berilib, quruq shamolda yoki archa tutunida quritilgan. Vazni 3–4 barobarga kamaygan bu go‘shtni askarlar xurjunlarida olib yurib, qaynoq suvga tashlab bir necha daqiqada to‘yimli sho‘rva tayyorlashgan. Qurt: Oqsil, kalsiy va tuzlarga boy bo‘lib, issiq cho‘llarda chanqoqbosdi vosita vazifasini bajargan. Unga suv qo‘shib chalop tayyorlangan. Qovunqoqi: Qovunlar tilim-tilim qilinib, quyoshda quritilgan va uzoq vaqt saqlangan. Yangi qovunlarni esa ichiga qo‘rg‘oshin yoki shisha qatlam qoplangan, muz bilan to‘ldirilgan qutilarda choparlar orqali uzoq o‘lkalarga yetkazishgan. Gavak: Yangi uzilgan uzum shodalari qish bo‘yi buzilmasligi uchun loy va somon qorishmasidan tayyorlangan yopiq idish – gavak ichida yoki archa novdalariga osilib, qorong‘u omborlarda saqlangan. Ⓜ️anba: https://oyina.uz/uz/article/4981 @AnNasr_Zakovat
Open in Telegram#etimologiya HIMOLAY VA OLOY Himolay nomi sanskritcha hima – qor va ālaya – makon, maskan soʻzlaridan yasalgan, yaʼni qor makoni maʼnosida. Pomir-Oloy togʻ tizimidagi Oloy ham xuddi shu alayani eslatadi. Bu tovush oʻxshashligi tufayli baʼzi toponimik kitoblarda Oloy soʻzining kelib chiqishi sanskritcha soʻz bilan bogʻlangan. Ammo bu – shaklning aldovi. Oloy nomining izlari sanskritcha emas, turkiy manbalarda uchraydi. Mahmud Koshgʻariy “Devonu lugʻatit turk”da Ala – Fargʻona yaqinidagi bir yaylovni tilga oladi, olimlar buni Oloy bilan bogʻlaydi. Bu fikrda jon bor. Oloy tizmasi Fargʻona vodiysini janubdan oʻrab turadi, uning ortidagi Oloy vodiysi esa qadimdan mintaqaning eng yirik, chorvachilik uchun qulay baland togʻ yaylovi boʻlgan. Oloyning oʻzagi turkiy ala – ola, ola-bula soʻzidan boʻlishi ham mumkin. Yozda yashil oʻtloq bilan oppoq qorlar aralashib, almashinib turadigan yonbagʻirlarni shunday atash tabiiy. Ⓜ️anba: https://daryo.uz/2026/09/30/venetsiya-ona-slovakiya-egizak-oloy-begona-nomlarda-qanday-sirlar-yashirin @AnNasr_Zakovat
Open in TelegramUstoz @Muhammadali_Eshonqulov va "Savdogarlar ustozi" kitobi muallifi Ahadquli Xolmuhammadoʻgʻli bilan @Yuksalish_books kitoblar doʻkoni Uchtepa tumani filiali ochilish marosimida @BoburVoxobov_Kutubxonasi
Open in Telegram