ANDIJON SHAHRIDA JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASI: SPORT SINOVLARIDA YUQORI NATIJA KO‘RSATGAN FUQAROLAR TAQDIRLANDI
✍️Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning jismoniy faolligini oshirish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” bo‘yicha sport sinovlari tashkil etildi.
Mazkur sport sinovlarida 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta bo‘lgan Andijon shahri aholisi hamda mahalla uyushmalari vakillari ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyon etdilar.
Sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining I, II va III darajali ko‘krak nishonlari, shuningdek, maxsus esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.
🏆 Ushbu tadbir fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va faol hayot tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook | web | Threads