Доктор Аллерголог
Аллергияни енгишда дори эмас, илм керак! 🩺 Аллерголог | Клиник иммунолог 👨⚕️ Болалар ва катталар шифокори 🏁 Локация: t.me/allergolog_allergiya/15935 Консультация бўйича: @allergolog Беморлар фикри (отзывы): https://bit.ly/42mm5yl
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 29, 2026 | 1,470 |
| Oct 30, 2026 | 2,060 |
| Nov 8, 2026 | 1,570 |
| Nov 9, 2026 | 1,240 |
| Nov 11, 2026 | 5,020 |
| Nov 17, 2026 | 1,240 |
| Nov 21, 2026 | 690 |
| Nov 22, 2026 | 844 |
| Nov 23, 2026 | 603 |
| Nov 24, 2026 | 651 |
| Nov 26, 2026 | 253 |
Most viewed this month
- 01Views5.02KForwards—Reactions2Comments—
- 02Views2.06KForwards—Reactions77Comments—
- 03Views1.78KForwards—Reactions15Comments—
- 04Views1.47KForwards—Reactions5Comments—
Latest posts
❗️Allergiya sababini aniqlash bo'yicha allergopanel usulini tahlil qilamiz! Quyidagi ro‘yxat Polycheck ekstrakt allergopanel tahlilida aniqlangan barcha allergenlar asosida tuzilgan. Mavsumlar O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan taxminiy changlanish davrlarini bildiradi. 1. Daraxt changlari (bahor) Кипарис — qish oxiri – bahor (fevral–aprel). Пыльца орешника — qish oxiri – bahor (fevral–aprel). Пыльца белого ясеня (Oq shumtol changi) — bahor (mart–may). Пыльца дуба (Eman changi) — bahor (aprel–may). Оливковое дерево (Zaytun daraxti) — bahor (aprel–iyun). Пыльца берёзы (Qayin changi) — bahor (mart–may). 2. Boshoqli va o‘tlar changi (bahor–yoz) Пыльца ржи (Javdar changi) — bahor oxiri – yoz boshi (may–iyun). Пыльца овса (Suli changi) — bahor oxiri – yoz boshi (may–iyun). Пыльца мятлика лугового (Yaylov qo‘ng‘irbosh o‘ti changi) — bahor oxiri – yoz (may–iyul). Луговая тимофеевка (Timofeyevka o‘ti changi) — yoz (iyun–iyul). Пыльца пшеницы (Bug‘doy changi) — bahor oxiri – yoz boshi (may–iyun). Пыльца ежи сборной (Yaylov tipchoqi changi) — bahor oxiri – yoz (may–iyul). Пыльца пальчатника (Barmoqsimon ajriq changi) — yoz (iyun–sentabr). 3. Begona o‘tlar changi (yoz–kuz) Пыльца подорожника (Zubturum changi) — bahor oxiri – yoz – kuz (may–sentabr). Пыльца лебеды (Olabuta changi) — yoz oxiri – kuz (iyul–sentabr). Постенница (Devor o‘ti changi) — bahor – kuz (aprel–oktabr). Амброзия (Ambroziya changi) — yoz oxiri – kuz (avgust–oktabr). Пыльца полыни (Shuvoq changi) — yoz oxiri – kuz (iyul–sentabr). 4. Hayvon epiteliysi (mavsumiy emas) Эпителия кошки (Mushuk epiteliysi) — yil davomida. Эпителия собаки (It epiteliysi) — yil davomida. Эпидермис коня (Ot epidermisi) — yil davomida. 5. Mog‘or zamburug‘lari (mavsumiy emas, ayrim davrlarda ko‘payishi mumkin) Грибок Alternaria alternata (Alternaria zamburug‘i) — asosan yoz–kuz, ayniqsa namlik va o‘simlik qoldiqlari ko‘p bo‘lgan davrda. Грибок Aspergillus fumigatus (Aspergillus fumigatus zamburug‘i) — yil davomida. Грибок Candida albicans (Candida albicans zamburug‘i) — mavsumga bog‘liq emas. 6. Uy changi kanalari (yil davomida) Клещ Blomia tropicalis (Blomia tropicalis kanasi) — yil davomida. Клещ Dermatophagoides pteronyssinus (Uy changi kanasi) — yil davomida. Клещ Dermatophagoides farinae (Uy changi kanasi) — yil davomida. 7. Boshqa allergenlar (yil davomida) Латекс (Lateks) — mavsumga bog‘liq emas. Таракан (Suvarak) — yil davomida. Ushbu tahlilga qarab bemorda qaysi mavsumda kasallik kuchliroq bezovta qilishini tahminan ayta olasizmi? @allergiya
Open in Telegram🤧 Nega allergiyaga moyil bolalarda shamollashdan keyin g‘ijillash yoki yo‘tal ko‘proq kuzatiladi? Bir xil virus ikki bolada turlicha oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda bolaning atopiyaga moyilligi va nafas yo‘llarining sezgirligi muhim rol o‘ynaydi. 🔬 2020-yilda o’tkazilgan sistematik review va meta-tahlilda virusli respirator infeksiya va persistent wheezing/astma o‘rtasidagi bog‘liqlik atopiya mavjud bolalarda kuchliroq bo‘lgan. Ammo tadqiqotlar soni cheklanganligi sababli bu natijalarni ehtiyotkorlik bilan talqin qilish kerak. Virusli infeksiya, ayniqsa RSV va rhinovirus, ayrim bolalarda bronxial giperreaktivlikni kuchaytirishi, g‘ijillash va bronxoobstruksiya epizodlarini qo‘zg‘atishi mumkin. ⚠️ Muhim: allergiyaga moyil bolaning har bir shamollashi og‘ir kechadi yoki albatta astmaga aylanadi, degan xulosa noto‘g‘ri. Shamollash vaqtida burun oqishi, yo‘tal va g‘ijillashni faqat virus bilan izohlab bo‘lmaydi. Allergik rinit, bronxial giperreaktivlik va bolaning atopik fenotipi ham baholanishi kerak. Allergiyaga moyil bolada respirator infeksiya paytida va undan keyin davom etayotgan simptomlarga e’tiborli bo‘lish kerak. Ayniqsa, takroriy g‘ijillash, nafas qisilishi va uzoq davom etuvchi yo‘tal bo‘lsa, bu holatni chuqurroq tekshirish lozim. @allergiya
Open in Telegram❗️NAMANGANGA BORAMIZ! Allergiya bezovta qilyaptimi? 29-noyabr kuni Toshkent shahri “Poytaxt med diagnostika” klinikasi shifokor allergolog va klinik immunologi Jasur Davlatov Namanganda navbatdagi bemorlar qabulini o‘tkazadi. 🩺 Quyidagi kasallik va holatlarda murojaat qilishingiz mumkin: 🤧 Allergik rinit va konyunktivit 😮💨 Bronxial astma, nafas qisishi, xirillash 😣 Urtikariya (eshak-yemi) va angioedema 🧴 Atopik dermatit va boshqa allergik teri kasalliklari 🍎 Oziq-ovqat allergiyasi 💊 Dori vositalariga allergiya 👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi. 📅 29-NOYABR | 09:00–16:00 Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi 📞 Qabulga yozilish: +99895-4010606
Open in Telegram🫁 Obstruktiv bronxit yoki bronxiolit? Farqi nimada? Bolalarda yo‘tal, nafas qisishi va hushtaksimon nafas (g‘ijillash) kuzatilganda ko‘pincha «obstruktiv bronxit» yoki «bronxiolit» tashxisi qo‘yiladi. Ammo bu ikki holat bir xil emas. 1. Obstruktiv bronxit nima? Bronxlar shilliq qavatining yallig‘lanishi, shishi, shilliq ajralishining ko‘payishi va ba’zan bronxospazm natijasida nafas yo‘llarining torayishi. Asosiy belgilari: - Yo‘tal; - Nafas chiqarishning uzayishi; - Hushtaksimon g‘ijillash (wheezing); - Ekspirator hansirash. Ko‘pincha virusli infeksiyalar fonida kuzatiladi. Amaliyotda ishlatiladigan bu atama xalqaro tasniflarda har doim ham mustaqil tashxis sifatida qo‘llanmaydi. 2. Bronxiolit nima? Bronxiolalar, ya’ni o‘pkadagi eng kichik nafas yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishi. Asosan 2 yoshgacha, ayniqsa hayotining birinchi yilidagi bolalarda uchraydi. Eng ko‘p uchraydigan sababchilardan biri — RSV (respirator-sinsitial virus). Asosiy belgilari: - Dastlab burun oqishi va bitishi; - Yo‘tal; - Tez-tez nafas olish (taxipnoe); - G‘ijillash (wheezing); - Mayda pufakchali xirillashlar (crackles); - Ko‘krak qafasining tortilishi. 3. Qachon qaysi tashxis haqida o‘ylash kerak? Bronxiolit: - Bola 2 yoshdan kichik; - Birinchi marta g‘ijillash kuzatilmoqda; - Burun oqishi va yo‘tal ortidan nafas qiyinlashgan; - Auskultatsiyada diffuz g‘ijillash va/yoki mayda pufakchali xirillashlar mavjud. Takroriy virus-induksiyalangan wheeze yoki erta yoshdagi astma: - G‘ijillash epizodlari qayta-qayta kuzatiladi; - Bolada yoki oilasida atopik kasalliklar mavjud; - Infeksiyalar orasida ham simptomlar saqlanishi mumkin. 4. Bu kasalliklar astmaga aylanadimi? Har doim ham emas! Bronxiolitdan keyin ayrim bolalarda takroriy g‘ijillash kuzatilishi mumkin. Ammo bu avtomatik ravishda astma degani emas. Astma ehtimolini oshiruvchi omillar: - Takroriy obstruksiya epizodlari; - Ota-onada astma mavjudligi; - Bolada ekzema yoki boshqa atopik kasalliklar; - Allergik sensibilizatsiya; - Virusli infeksiyasiz ham simptomlar kuzatilishi. ❌ Har bir g‘ijillash — bronxit emas, har bir obstruksiya — astma emas! @allergiya
Open in Telegram❗️NAMANGANGA BORAMIZ! Allergiya bezovta qilyaptimi? 29-noyabr kuni Toshkent shahri “Poytaxt med diagnostika” klinikasi shifokor allergolog va klinik immunologi Jasur Davlatov Namanganda navbatdagi bemorlar qabulini o‘tkazadi. 🩺 Quyidagi kasallik va holatlarda murojaat qilishingiz mumkin: 🤧 Allergik rinit va konyunktivit 😮💨 Bronxial astma, nafas qisishi, xirillash 😣 Urtikariya (eshak-yemi) va angioedema 🧴 Atopik dermatit va boshqa allergik teri kasalliklari 🍎 Oziq-ovqat allergiyasi 💊 Dori vositalariga allergiya 👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi. 📅 29-NOYABR | 09:00–16:00 Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi 📞 Qabulga yozilish: +99895-4010606
Open in Telegram– Dori allergiya bersa kim aybdor? – Agar proba qilinmasdan ukol qilsa va bemorda shok kuzatilsa hamshira aybdor bo’ladimi? – Muammo aslida kimda? Batafsil videoda tushuntirdim: https://www.instagram.com/reel/DfeW2AkgYfR/?rpxt=MWd6am5hMGZiam43ag==
Open in Telegram— Nega yoshligida atopik dermatit bo’lganlarda kelajakda allergik rinit va bronxial astma xavfi bor? Batafsil videoda tushuntirdim: https://www.instagram.com/reel/DfeABGtICMz/?vrfl=MXQwOGxhdGdvcmowYQ==
Open in TelegramConnections
Similar channels
Qamar tabobat do'koni@qamar_shopMedicine2.42K
Терапия бўлими|3.0(Духтир Махмудов mode: утта эсли )@medical_xpressMedicine2.31K
Табиий Маҳсулотлар@zmtxkMedicine2.54K
Dori-Darmon AK@doridarmon_akMedicine2.58K
Dentistry@tsdi_officialMedicine2.23K- Sizning Ginekolog🤰🏻@ginekologimMedicine2.07K
- MEDBOOK.UZ@mediccare_uzMedicine2.02K
Akmal Farm Medical@akmalfarmofficialMedicine2.95K